56
6.
Tojikiston
mavjud emas
7.
Turkmaniston
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
8.
Ukraina
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan
9.
Qozog‘iston
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan
10. Qirg‘iziston
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
11. O‘zbekiston
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘zgartirishlar va yangiliklar ilg‘or
xalqaro
tajribani o‘rganish asosida joriy etilgan bo‘lib, ularda mamlakatimiz byudjet
tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
5.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar,
tadbirkorlar va
ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish
borasidagi yengilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar
soliq mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq
kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
2007-yilgacha amalda bo‘lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‘lib,
soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga ko‘pgina yo‘riqnoma,
nizom
va tartiblar ham qo‘llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‘zgartirishlar
kiritilishi va soliq normalarining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga
solinishi muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin
qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‘lovchilarning haqli e’tiroz-
lariga sabab bo‘lardi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq
siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma’qullanib,
Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran
57
kuchga kirdi. Kodeksda ko‘zda tutilgan me’yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va
soliq munosabatlarini
unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga
qaratilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining
amal qilishi va
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‘lgan hollarda
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini
takomillashtirish bo‘yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi.
Ular asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘-
mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‘jalik yurituvchi
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar
tomonidan berilgan takliflar bo‘lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq
kodeksining 79 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va
samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha
belgilangan
muddatning ikkinchi yilida, ya’ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan
takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
O‘zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul
qilingan mazkur qonunlar
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma’qullandi hamda Prezident tomonidan
imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq etila boshlandi
6
.
Dostları ilə paylaş: