98
Federatsiya
davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi.
Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a’zosi
(subyektlari) bo‘lgan davlat tuzilmalari(shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki
avtonom respublikalar va b.)dan tarkib topadi. Ularning har biri o‘z ma’muriy-
hududiy bo‘linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida
o‘z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat
ko‘rsatadi. Federatsiya a’zolari (subyektlari) o‘zining sud organlari va boshqa
adliya organlariga ham ega bo‘ladi, o‘z konstitutsiyasi va qonunlarini qabul
qiladi.
31
FederativdavlatlargaRossiyaFederatsiyasi,
GermaniyaFederativRespublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya,
Shveytsariyakabidavlatlarkiradi.
Konfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir.
Konfederatsiya
davlatlar
birlashmasi yoki ittifoqi bo‘lib,
uni tashkil etuvchi davlatlar o‘z
mustaqilligini to‘la saqlab qoladi,
o‘zining hokimiyat, boshqaruv va
adliya organlariga ega bo‘ladi.
Konfederatsiyaga a’zo davlatlar
o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish
uchun qo‘shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat’iy belgilangan sohalarda
faoliyat ko‘rsatadi va qat’iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.)
maqsadlarni ko‘zlaydi. Konfederatsiyaga ba’zan davlatlarning federatsiyaga
birlashish sari tutgan yo‘lidagi oraliq bo‘g‘in deb ham qaraladi. Konfederatsiya
alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da ham mavjud.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‘g‘inlari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini,
31
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas’ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev –
T.:“O‘zbekiston” nashriyoti, 2006-yil. – 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary.
Dostları ilə paylaş: