324
13.2- jadval
Turli mamlakatlarda ITTKIni moliyalashtirishda davlat va biznes
sektorlarini roli.
193
Mamalakat
ITTKIga
xarajatlar, mlrd.
AQSh doll.
ITTKIni moliyalashtirishda
sektorlarni ulushi, %
bisnes
davlat
boshqa
manbalar
AQSh
312 535
64
31
5
Yaponiya
118 026
75
18
7
Germaniya
61 712
67
30
3
Fransiya
40 363
52
38
10
Buyuk Britaniya
32 197
44
33
23
Xitoy
115 197
67
26
7
Kanada
22 702
47
34
19
Ispaniya
13 208
48
41
11
Rossiya
16 669
30
62
8
Polsha
2 895
30
61
9
Koreya
Respublikasi
31 632
75
23
2
Masalan, Yaponiya, Germaniya, Koreya, AQSh va Xitoy davlatlarida ITTKI
ni moliyalashtirish hajmining 60% dan ortig‘I biznes sektorga to‘g‘ri
keladi.Ushbu sohani moliyalashtirishda davlat ulushi yuqori bo‘lgan davlatlarga
esa Rossiya, Polsha, Fransiya kabi mamlakatlar kiradi.
AQShda moliyaviy resurslar davlatdan Federal va munitsipal byudjetlar
orqali (1998 yilda 49%) hamda xususiy firma va tashkilotlardan (1998 yilda
46,7%) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy nohukumat fondlarining
ITTKI ni moliyalashtirishdagi ulushi 5% dan kamroq. AQSh da innovatsiyalarni
davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash tizimi uchun so‘nggi yillarda dasturiy-
maqsadli yondashuv xos bo‘lib qolmoqda. Bunda moliyaviy resurslar ustuvor
texnologiya (biotexnologiyalar, energetika, elektronika, sog‘liqni saqlash) hamda
tarmoq yo‘nalishlari (aerokosmik, harbiy-sanoat va h.k. sohalar)da jamlanmoqda.
Chunonchi, aviakosmik sanoatda ITTKI ning taxminan to‘rtdan uch qismi
davlat assignatsiyalariga to‘g‘ri keladi.
193
Шадиева Д.Х. Роль государственно-частного партнѐрства в финансировании инновационной
деятельности// Бизнес-эксперт. - Ташкент, 2014.-№ 4. - С. 60
325
Yevropa mamlakatlarida xuddi shu tarzda yuqori fan sig‘imli ishlab
chiqarishning va yuksak texnologik mahsulotlarning ahamiyati oshib bormoqda.
ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni
bevosita hamda bilvosita qo‘llab-quvvatlash shakllari va samarali usullari (soliq
imtiyozlari, imtiyozli davlat krediti, amortizatsiya ajratmalarini hisobdan chiqarish)
uyg‘unlashtiriladi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bunday tipi Fransiya,
Avstriya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda faol qo‘llanilmoqda. Bunday
moliyalashtirish manbalarining aynan davlatning qo‘lida bo‘lishi innovatsion
faoliyatni rivojlantirishning qudratli rag‘batiga aylanadi.
13.6-rasm
.
Dostları ilə paylaş: