11
yangiligi esa ikkincha darajali rol o‘ynaydi. Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi
yangi mahsulot yoki xizmatga, ularni ishlab chiqarish usuliga, tashkiliy, moliyaviy,
ilmiy tadqiqot va boshqa sohalardagi yangiliklar, xarajatlarning tejalishi yoki
shunday tejash uchun sharoit yaratuvchi har
qanday takomillashtirishga
taalluqlidir. Innovatsiya ishlab chiqarish faoliyati jarayonini, ilm-fan, madaniyat,
ta‘lim sohasida, jamiyat faoliyatining
boshqa jabhalaridagi iqtisodiy, huquqiy va
ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy - tadqiqot natijalari va
ishlanmalardan foydalanish natijasida vujudga keladi.
Mazkur atama har xil kontekstlarda turlicha ma‘no kasb etishi mumkin, ular
o‘lchash va tahlilning aniq maqsadlaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Innovatsiya - bu innovatsion faoliyatning bozorda sotilayotgan
yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon ko‘rinishida ro‘yobga chiqarilgan pirovard
natijasidir.
Shunday qilib innovatsiyaning pirovard natijasi tijoriy muvaffaqiyat
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarni tizimli tavsiflash
uslubiyati xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lib, ular bo‘yicha tavsiyalar 1992 yil
Oslo shahrida qabul qilingan. ―Oslo qo‘llanmasi‖ nomi shundan olingan.
Ular texnologik innovatsiyalarga nisbatan qo‘llash
uchun ishlab chiqilgan
bo‘lib, yangi mahsulot hamda jarayonlarni, shuningdek ulardagi ahamiyatli
texnologik o‘zgarishlarni qamrab oladi. Innovatsiya bozorda yoki ishlab chiqarish
jarayonida joriy etilgan bo‘lsagina amalga oshgan hisoblanadi.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: