8
KIRISH
Mamlakatimizdagi ijobiy o‗zgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga
bo‗lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga
o‗tmoqdamiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tomonidan 2018 yilga yurtimizda ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va
texnologiyalarni qo‗llab - quvvatlash yili‖ deb nom berish taklif etildi.1 Bu bejiz
emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda
kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‗oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo‗lsak, uni aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv
asosida boshlashimiz kerak. Ma‘lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz
Prezidenti Shavkat Mizriyoev ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmonga imzo chekdi.
2
Mazkur
Farmon bilan tasdiqlangan ―Harakatlar strategiyasi‖ da mamlakatimizni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi
nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning
hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim.
Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning
samaradorligini xalqaro standartlar darajasida baholashning zamonaviy usullarini
ishlab chiqish, ushbu faoliyatni qo‘llab - quvvatlash mexanizmini yanada
takomillashtirish zarurati, iqtisodiy o‘sish innovatsiyaga bog‘liq ekan, bunda yangi
ilmiy bilimlarni yaratishning tadqiqiy jarayoni modellari va yangi intellektual
mahsulotlarning paydo bo‘lishi mustahkam o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan
innovatsion menejment institutsional ahamiyat kasb etadi va uning tushunchasiga
ham innovatsion sohaning tuzilmaviy rasmiylashtirishni, ham ixtisoslashgan
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017.
2
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
9
boshqaruv organlaridan iborat bo‘lgan innovatsiyalarni boshqarish tizimini
kiritishni va qarorlar qabul qilish vakolatlari berilgan hamda innovatsion
faoliyat natijalari uchun javobgar bo‘ladigan maxsus menejerlar instituti bo‘lishini
nazarda tutadi. Bu maqsadlarga erishish uchun innovatsion jarayonlarni boshqarish
bo‘yicha malakali xodimlar tayyorlash va zamonaviy
darsliklarni
yaratishni hozirgi
davrda dolzarbdir.
Ushbu
darslik
jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida innovatsiyalar roli,
sanoatda innovatsion menejmentni o‘rganishning asosiy masalalari, innovatsion
faoliyatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatlarining o‘zaro
aloqalari, yangi
mahsulotni ishlab chiqarish va bozorga chiqarishda marketing yondashuvi, yirik
kompaniyalarning
innovatsion
faoliyatini
boshqarishda
hozirgi
zamon
paradigmasi, ilmiy-texnik loyihalarni moliyaviy baholash,
ITTKI strategiyasi,
yangi tovarni ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqishga bo‘lgan marketing
yondashuvi, iqtisodiy - investitsiyaviy loyihalarga iqtisodiy baho berish,
innovatsion ishbilarmonlik, innovatsion - investitsion loyihalarni iqtisodiy
boshqarish,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
innovatsiya
jarayonlaridagi roli, innovatsion loyihalarning ekologik
tahlili kabi tamoyillarni
o‘z ichiga olgan bo‘lib, bakalavriatura talabalarida ushbu fan bo‘yicha chuqur
bilim olish imkoniyatini yaratadi.
Darslikda qamrab olingan mavzularning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
fanni o‘rganayotgan talabalar va ushbu soha mutaxasislari ko‘pgina aniq
vaziyatlar haqida ma‘lumotlar oladilar, zamonaviy biznes muammolarini
muhokama qiladilar, davr suhbatlarida mulohazalarni faol almashish, aqliy hujum
shaklida kompaniya muammolarini muhokama qilish va
bartaraf etishda ishtirok
etadilar. O‘quv jarayonida shakllangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar
asosida talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida korxonalar
raqobatbardoshligini oshirishda hamda iqtisodiy tanglik sharoitida korxonani
innovatsion rivojlantirish doirasida uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqish,
belgilash va amalga oshirishda ilmiy xulosalar ishlab chiqishda qo‘llanilishi
mumkin.