Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə101/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

ITTKIni boshqarish
137

Yuqorida ko‘rsatilgan ma‘lumotdan kelib chiqgan holda ITTKIning asosiy


vazifalarini belgilab olishimiz mumkin:
ITTKIning asosiy vazifalari:
138
-Inson va jamiyat doirasida yangi bilimlarni shakllantirish va ularni yangi
sohalarda qo‘llash.
-Ishlab chiqarish sohasida tashkilotning tovarlarini raqobatbardoshligi
borasida tayyorlangan normativlarni amaliyotda amalga oshirilish imkoniyatlarini
nazariy va ekperemental jihatdan tekshirish.
-Yangilik va innovasiyalarni amaliy amalga oshirish.
137
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015.-C.213.
138
Innovation Management Institute for Innovation and Technology, Slovenia, 1
st
edition, 2013.- p.122.



229
ITTKIlarnig bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


-fundamental tadqiqotlar. ( nazariy va qidirish)
-amaliy tadqiqotlar;
-tajriba-konstruktorlik ishlar;
-yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarning har birida olib borilishi mumkin
tajribali va ekperemental ishlar;
Innovatsiyalarni yaratish.
139
Turli xil qidiruv hamda fundamental ishlarni
bajarish natijasida yangi bilimlar shakllanadi. Amaliy va tajribali tadqiqitlar yangi
maxulot ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun zarur yangi texnologiyalarni
qo‘llash borasida imkoniyatlarni belgilab beradi. Tajriba-konstruktorlik ishlar
ilmiy tadqiqotlarning tugallanish bosqichini aks etdirib, ular yangi maxsulot
yaratish hamda yangi texnologiyalarni kiritish borasida amaliy tadqiqotlarning
natajalarini qo‘llaydilar. Oddiy tashkilot ichidagi innovatsion jarayon bu
yangilikning tashkilot ichida yaratilishi va uning o‗zida qo‗llanilishi.Ishlab
chiqarishni texnologik tayyorlashning asosida sifatning texnik sharoitlari orqali
mahsulot ishlab chiqarishni korxonada ta‘minlovchi o‗zaro bog‗langan ilmiy
texnik jarayonlar majmuidir. Yangi texnologik jarayonlarni tatbiq qilish, yangi
jihozlarni o‗rnatish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish kadrlarning o‗z
malakasini oshirishga va qayta tayyorlashga olib keladi.
O‘z vaqtidagi aniq
axborotlar avvalo loyihani samarali boshqarish uchun zarur. ITTKI loyihasini
boshqarishning axborot bazasi sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
-loyihalarni baholash mezonlari;
-loyihani tanlashda qabul qilingan qaror uchun asos bo‘lgan baholar va yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlar;
-loyihani aniqlash;
-loyihani bajarish rejasi.
Loyihani boshqarish tizimi uning hajmiga, murakkabligiga, noaniqlik darajasiga,
ITTKI ning loyihalar portfelida tutgan o‘rniga mos bo‘lishi kerak. U quyidagilarni
ta‘minlashi lozim:
139
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015-C.200.



230
-har bir vazifani, xarajatlar va ishlarning davomiyligini hal qilishdagi


rivojlanishni baholash:
-bajarilishi ishlar jadvalidan tushib ishlarni amalga oshirishdan iborat;
-rejalashtirilgan xarajatlar va nihoyasiga yetkazish sanasi borasida butun
loyihaning rivojlanishini o‘zgartirish.
ITTKI ni boshqarishdagi qiyinchiliklardan biri resurslarni samarali
taqsimlashdir. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
-ITTKI sohasidagi resurlarning umumiy miqdori vaqt jihatidan nisbatan
barqaror bo‘lishi zarur;
-resurslar foydalanilishi yoki foydalanilmasligiga bog‘liq bo‘lmagan holda
qat‘iy qiymatga ega bo‘lgan uskunalarga yoki xodimlarning mehnatiga haq
to‘lashga investitsiyalanadi;
-unisi ham, bunisi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan va o‘zaro bir-
birining o‘rnini bosa olmaydigan resurslar hisoblanadi;
-har bir loyiha ushbu resurslarning har xil usulda kombinatsiyalanilishini
taqozo etadi, bunda loyihalardagi noaniqliklar tufayli resurslarni oldindan aniq
taqsimlash imkoni mavjud emas.
Loyihani amaliy ITIdan TKI tomon olg‘a surib borishda u o‘zgarishlarga,
jumladan boshqaruv uslublaridagi o‘zgarishlarni ham boshdan kechiradi.
Boshqaruv san‘ati belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishdan
iborat. ITTKI sohasida bu loyiha ―komandasi‖ ga kiruvchi kishilarga boshqa
sohalardagiga nisbatan ko‘proq darajada bog‘liq bo‘ladi. Ijod va tadbirkorlikni
rejalashtirib bo‘lmaydi, ammo ular samarali holda ochilishi mumkin bo‘lgan shart-
sharoitlar boshqaruv qarorlariga qattiq bog‘liq. Rejaning amalga oshirilishi
faqatgina uning bajarilishi uchun javobgar bo‘lganlar tomonidan real hodisa
sifatida qabul qilingandagina samarali bo‘lishi mumkin. Shu boisdan oliy
menejmentda rahbarlikning xususiyatlari va uslubi loyiha muvaffaqiyatining
hayotiy muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Loyihaning moliyaviy tomonini yetarli
darajada aniq belgilashmumkin emas. Shunga qaramasdan, uning amaldagi shakli
ko‘p hollarda ITTKI rahbariyatining qarorlari bilan belgilanadi.



231
Bu borada quyidagi haqiqatlarni sanab o‘tishimiz mumkin:


-mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash sanasi ahamiyatli darajada
loyihaning dastlabki bosqichlarida asos qilib olingan tamoyillarga muvofiq
bo‘lgan boshqaruv funksiyasidir;
-tovar yashash davrining davomiyligi deyarli faqat uning bozorga chiqarilgan
sanasiga bog‘liq. Shu sababli ITTKI rahbariyati avvalo diqqat e‘tiborni ITTKIning
muddatlarini qisqartirishga yo‘naltirishi lozim.
-vaqtni ―xarid qilish‖ uchun eng qulay shart-sharoit vaqtning narxi past
bo‘lgan paytdir. Shuning uchun dasturning dastlabki bosqichlaridayoq qattiq vaqt
intizomi joriy etilishi kerak. Loyiha rivojlanib borgani sari yo‘qotilgan vaqtning
o‘rnini to‘ldirish va buzilgan ish jadvalini tuzatish tobora qimmatlashib boradi.
9.2-rasm. 


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin