Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə144/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Marketing strategiyasi
-
bu mo‘ljaldagi bozor ehtiyojlarini qondirish orqali
tashkilot maqsadlariga erishishda marketing miksni rivojlantirishga qaratilgan
uzoq muddatli rejadir.
Marketing xizmati
-
bu maxsus tarkibiy bo‘linmalardir, ularning asosiy
vazifasi bo‘lib marketing maqsadlari va funkstiyalarini bajarish hisoblanadi.


315
13-BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH 

13.1.Innovatsion moliyalashtirishning manbalari va shakllari.
13.2.Xorijda innovatsion faoliyatda moliyalashtirish usullari.
13.3.Innovatsion faoliyatni loyihali moliyalashtirish.
13.4.Innovatsion menejment strategiyasi va taktikasini belgilash.

13.1.Innovatsiyalarni moliyalashtirishning manbalari va shakllari 

Innovatsion loyihalarning barcha yashash bosqichlarida moliyaviy resurslar


bilan ta‘minlanganligi innovatsiyaning bozordan ajratish taxlikasini pasaytirishga
ko‘maklashadi va uning samaradorligini oshiradi. Yangi ilmiy ishlamalar va
texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo‘lganlari sari
rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash va riaojlantirishning turli
tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning
turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
tadbirlarning rang barangligi kengayadi.Rivojlangan mamlakatlar innovatsion
faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham davlatning va ham hususiy manbalardan
to‘playdilar. Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamental
tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, hamda patentlar va
litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan
belgilanadi.
Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat
rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat
kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion bines, investitsion va
innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k.
moliyalashtirish subyektlari bo‘ladilar. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta
ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida
bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari
moliyalashtirishning manbalarining ko‘pligi, tizimning alohida elementlarining
egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion



316
faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‘sishini ta‘minlovchi tijoratlashtirilishi bilan


samarali tatbiq etilishi kerak.
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarar: davlatning innovatsion,
ilmiy – texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion
rivojlanishga o‘tishga tayyorligi.
Innovatsion
faoliyatni
moliyalashtirish
tizimi
mulkchilik
turi,
markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish
shakllari bilan farqlanuvchi shakllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan
iboratdir (13.1-rasm).

13.1-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin