3-jadval
O'zbekistonda mehnat haqining minimal darajasining o'zgarish dinamikasi
(1991-2015 yillar oralig’ida)
16
Davriyligi
MIH darajasi
01.01.1991yildan - 01.11.1993 yilgacha
350 rubldan - 16200 rublga qadar o’tarilgan
01.12.1993 yildan - 01.06.1994 yilgacha
24300 sum o’pondan - 70000 sum o’ponga qadar
o’tarilgan
01.07.1994 yildan - 1.12.2015yilgacha
70 sumdan- 118400 sumgacha o’tarildi
Manba:Ish haqi bo’yicha ilmiy maqoladan
Nazariy va amaliy kuzatishlar shuni ko'ratadiki mehnat haqining quyi
darajasi ishsizlikni keltirib chiqaruvchi bosh omil hisoblanadi. Oladigan mehnat
haqi istemol savatchasidan quyi darajada ishchi va hizmatchilar ishlagandan
ko'ra uyda o'tirishni afzal ko'rishadi. Natijada, mehnatga layoqatli aholining
katta qismi yuqoridagi va boshqa sabablar tufayli norasmiy ko'rinishga ega
bo'lgan ishlar (shahsiy tamorqa, mayda chayqovchilik, mardikorlik ishlari) bilan
shug’ullanishiga moyilligi yuqori bo'ladi. Shu sababli mulk egasining
qiziqishlari ustunligida muayyan ish narhini faqat bir tomonning istagi bilan hal
etilishini cheklovchi, qonun bilan qat'iy belgilangan tartiblarni ham joriy etmoq
lozim. Tug’ri, ish haqi ishlab chiqarish harajatlarida asosiy element va mahsulot
tannarhini o'stiruvchi omil shuningdek, narx siyosatiga ta'sir etuvchi birlik
sifatida qaraladi. Lekin bu degani ish haqini istagancha kam ko'rsatish, sarflash
orqali mahsulot tannarhini kamaytirish va foydani o'stirish lozim degani emas.
Foyda abstrakt tushuncha va uning realligini ta'minlash aktivlarda
ko'rinadi,mehnat haqining hisob-kitoblarida emas. Shu sababli tartibga solib
turiladigan bozor iqtisodiyotini muhim qoidalariga qarama-qarshi turmagan
holda inson
16
Mehnat haqi to’lash hisobidagi muammoli jihatlar,
Matnazar Yu.R. Ilmiy maqola, 6-b
uchun fiziologik jihatdan va hayotiy zarur hisoblangan mahsulotlar qiymatini
eng kam taminlagan oilada ham bitta, ikkita farzandni boqib katta qilishga
imkon beruvchi ish haqi normalariga o'tib borish lozim.
Misol. Muhandis yanvar oyida 16 kun ishlagan. Oyda ish kunlari soni 20
kun. Oylik lavozim maoshi - 617,1 ming so'm. Yanvar uchun mukofot foizi75%.
Lavozim maoshi bo'yicha haq 493680 so'm (617100 : 20 x 16). Mukofot 370260
so'mga teng (493680 x 75 : 100). Umumiy ish haqi 863940 so'mni tashkil etadi
(493680 + 370260).
Misol. Korxona kassasiga hisob-kitob schyotidan hodimlarga ish haqi
to'lashga mo'ljallangan 100000 ming so'm miqdoridagi summa kelib tushdi. Ish
haqini kassir to'lov qaydnomasiga ko'ra 3 kun berish muddati bilan to'laydi. Bu
muddat o'tgach, 20000 ming so'm miqdoridagi olinmagan summa
deponentlandi.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |