Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

4.13-jadval
Moliyaviy hisobotlarda muammoli moddalarni guruhlash
va tavsiflash
62
 
Muammoli 
ko’rsatkichl
ar guruhi
Manba
Buxgalteriya 
hisobotidagi 
moddalar
Qisqacha tavsifi (baholash)
Indikator 
-
ko’rsatkichla

Buxgalteri
ya balansi 
Qoplanmagan 
zarar 
To’planib qolgan qoplanmagan zararning 
mavjudligi va vaqt o’tishi bilan uning 
o’sishi 
dinamikasi 
sof 
aktivlarning 
qisqarishi 
va 
boshqaruvning 
samarasizligidan dalolat beradi, bu esa 
biznesning tugatilishiga olib keladi. 
Moliyaviy
hisobotga 
izohlar 
Muddati o’tkazib 
yuborilgan 
kreditorlik 
qarzlari, kreditlar 
va qarzlar 
Sub’ektning 
to’lov 
layoqatiga 
ega 
emasligidan dalolat beradi, 3 oydan ortiq 
muddatda 
to’lanmaganda - bankrotlik 
ehtimoli yuqori bo’ladi 
Nazorat 
ko’rsatkichla
ri 
Moliyaviy 
hisobotga 
izohlar 
Muddati o’tkazib 
yuborilgan 
debitorlik 
qarzlari 
Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik 
qarzlari moliyaviy barqarorlikka salbiy 
ta’sir qiladi va kelgusi davrlarda hamkor 
tashkilotlar va boshqa debitorlar tomonidan 
uzoq muddat davomida to’lovlar amalga 
oshirilmasa, foydaning pasayishiga olib 
kelishi mumkin. 
Shunday qilib, moliyaviy hisobotning muammoli moddalarida ko’rsatilgan 
62
Muallif tomonidan tayyorlandi 


122 
indikator-ko’rsatkichlar sub’ektning moliyaviy holati beqarorligini, to’lov 
qobiliyatining pastligini, bankrotlik va biznesni tugatish uchun ehtimoli 
yuqoriligini anglatadi. Nazorat ko’rsatkichlari sub’ektda joriy davrda o’ta jiddiy 
bo’lmagan, ammo moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatadigan va kelgusi 
davrlarda foydaning pasayishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, ya’ni kelajakdagi 
ehtimoliy muammolar haqida ogohlantiradigan muammolar mavjudligini 
ko’rsatadi. 
Auditor uchun foydali bo’lgan ma’lumotlar balansning izohlarida mavjud, 
chunki birinchidan, yozuvlarning mazmuni normativ hujjatlar bilan emas, balki 
yillik hisobotni tayyorlashda ma’lum bir sub’ektda shakllangan an’analar bilan 
belgilanadi. Ikkinchidan, tahliliy ko’rsatkichlar izohlarga kiritilishi mumkin, ular 
doim ham ommaviy hisobot ma’lumotlariga ko’ra hisoblab chiqilmaydi. Bu 
jarayonda sub’ekt faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlarini tahlil 
qilish (sotuv hajmi, tushum, foyda, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda va 
boshqalar) 
tavsiya 
etiladi. 
To’liqroq ma’lumot olish uchun asosiy 
ko’rsatkichlarning olingan qiymatlarini tarmoq o’rtacha ko’rsatkichlari bilan 
taqqoslash kerak. 
Uchinchi bosqich - faoliyatni baholashning eng muhim bosqichi, u biznesning 
holati to’g’risida asosli xulosa chiqarishga imkon beradigan eng muhim 
ko’rsatkichlarni hisoblashdan iborat. Bundan tashqari, har bir auditor o’z tajribasi, 
professionalligi va tahlil qilinadigan sub’ektning tarmoq xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda tahliliy ko’rsatkichlar to’plamini shakllantiradi. 
Ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan keyingi omil - tahlil qilinayotgan sub’ektning 
tarmoqqa mansubligi. Xususan, xatolardan biri ko’rsatkichlarning normativ 
qiymatlaridan tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda foydalanish, deb 
atash mumkin, bu noto’g’ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga olib keladi. 
Tadqiqot natijalarini umumlashtirib, tahliliy amallar, shubhasiz, nazorat va hisob-
kitob operatsiyalarini rasmiylashtirish va bir xillashtirish tufayli vaqt va 
xarajatlarni minimallashtirish, iqtisodiy faoliyatni baholash sifatini oshirishga 
imkon beradigan amallar to’plamidir, degan xulosaga kelishimiz mumkin. 


123 
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, buxgalteriya balansi auditi jarayonid 
auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining sifati 
va samaradorligi tahliliy amallarning nechog’lik keng qo’llanilishiga bevosita 
bog’liqdir. Tahliliy amallar auditorlik dalillarini olishda eng samarali usul 
hisoblanib, jahonnning etakchi auditorlik tashkilotlari tomonidan keng qo’llaniladi. 
Shu boisdan ham, tahliliy amallarni respublikamiz auditorlik tashkilotlari 
faoliyatida keng joriy etish maqsadga muvofiq. 
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida ko’pincha oddiy miqdoriy tahliliy 
amallar keng qo’llaniladi. Mazkur amallarni qo’llash oson bo’lsada, ammo uning 
natijalari etarli darajada ishonchli bo’lmaydi. Bugungi kunda tahliliy amallarni 
bajarishda ekonometrik modellarni qo’llash bo’yicha dasturiy vositalarning 
ko’plab turlari mavjud. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari keng 
rivojlanayotgan hozirgi sharoitda ko’proq ekonometrik modellarga asoslangan 
murakkab 
ifodalangan 
tahliliy 
amallarni 
qo’llash zarurdir. Auditorlik 
tekshiruvlaridan maqsad buxgalteriya balansining ishonchliligi yuzasidan xolis 
fikrni shakllantirish ekan, auditorlik tashkilotlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy holatini ob’ektiv baholashi zarurdir. Fikrimizcha, tahliliy amallar 
moliyaviy 
barqarorlik, 
moliyaviy 
mustaqillik, 
to’lovga 
layoqatlilik 
ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlashda eng samarali vosita hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin