Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


Auditorlik guruhining rahbari Alimov M



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
Auditorlik guruhining rahbari Alimov M. 
Agar ichki nazorat tizimi korxona rahbarini noto’g’ri axborotlar mavjudligi 
77
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan. 
“O’zbekiston temiryo’llari” AJ 
2019 yil 14-20 mart kunlari (5 kun) 
Alimov M. 
7 kishi 
5% 


198 
to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri axborotni aniqlasa, 
uning ish faoliyatini ijobiy deb baholash mumkin.
Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti 
auditorlik isbot-dalillarini etarli miqdorini to’plashi shart. Agar auditorlik 
tashkilotipul oqimlari to’g’risida hisobotning ishonchliligi to’g’risida etarli 
darajada ishonchhosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi 
tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi auditorlik ishlari hajmini 
muvofiqlashtirishi zarur bo’ladi. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditi rejasi va 
dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb 
hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va auditorlik xatarini maqbul darajasini 
belgilashi kerak. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditi xatarini rejalashtirishda 
auditorlik tashkiloti, korxona faoliyai xususiyatlarini hisobga olgan holda bu 
hisobotga xos bo’lgan moliyaviy hisobotning ajralmas va nazorat xatarini 
belgilashi lozim.
Belgilangan xatarlar va muhimlik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti 
audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini 
rejalashtiradi. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditini rejalashtirish paytida 
belgilangan auditorlik xatari va muhimlik darajasining o’zgarishiga ta’sir 
ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditi rejasi va dasturini tuzishda auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov 
berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik 
rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi.
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini audit 
umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki 
mazkur natijalar pul mablag’lari auditini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va 
butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risida 
hisobot
 
auditi jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini 
qayta ko’rish uchun asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan 
o’zgartirishlarni, 
shuningdek, 
o’zgartirish 
sabablarini 
auditor 
batafsil 
hujjatlashtirishi lozim. 


199 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin