Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
 
11.13. Soliq to„lovlari dinamikasi, ularning natijaviy ko„rsatkichlar 
bilan qiyosiy tahlili 
 
Zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimini yaratish iqtisodiyotni 
jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, 
investitsiya muhitini yaxshilash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
ko‗lamini kengaytirishning asosiy shartlaridan biridir.
Jumladan, bu yo‗nalishda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirish maqsadida, eng 
avvalo, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‗ini 
kamaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, soliq yukini kamaytirish 
natijasida korxonalarda o‗z ixtiyorida qoladigan mablag‗lardan ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiya 
faoliyatini kengaytirish hamda xodimlar mehnatini yanada rag‗batlantirish imkoni 
paydo bo‗lmoqda. 
Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan 
tarkibiy o‗zgartirishlar va islohotlarning mantiqiy davomi sifatida, jumladan, 2017-
2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish tizimini 
izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq 
yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. 
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma‘muriyatchiligining 
zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 


409 
yig‗iluvchanligini 
oshirish 
maqsadida 
joriy 
2018-yilning 
18-iyulida 
Prezidentimizning ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul qilindi. 
Mazkur Farmon bilan soliq tizimini takomillashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanlik darajasini oshirish maqsadida davlat soliq 
xizmati organlari tizimini isloh qilishning muhim yo‗nalishlari belgilab berildi. 
Jumladan, soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini 
keng joriy etish, soliq to‗lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqotsiz elektron xizmat ko‗rsatishga to‗liq o‗tish vazifasi 
belgilandi. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad, bir tomondan soliq to‗lovchilarning 
behuda qog‗oz, yo‗l va boshqa sarf-xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchi tomondan 
ta‘magirlik kabi korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‗lovchilarga har 
tomonlama ko‗maklashish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va soliqqa oid 
huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish 
hamda soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish kabi 
vazifalar yuqorida aytib o‗tilgan ezgu maqsadlarni ko‗zda tutadi. 
Makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini 
tizimli tahlil etish orqali soliq solish obektlarini to‗liq qamrab olishni ta‘minlash va 
soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‗yicha samarali chora-tadbirlarni amalga 
oshirish vazifasi esa mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirib, ularning 
mustaqilligini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasida ―sog‗lom raqobat‖ni ta‘minlash va 
―xufyona biznes‖ yuritish tartiblarini oldini olish yuzasidan ham qator yangi 
tartiblar belgilanmoqda. 
O‗tgan davr mobaynida xo‗jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlarni va 
ularning faoliyatiga asossiz aralashishlarni qisqartirish natijasida qator ijobiy 
natijalarga erishildi va bu jarayonlar davom ettirilmoqda.


410 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari va muqobil 
tekshirishlarning bekor qilinganligi, hisobotlarning shakli va topshirish muddatlari 
soddalashtirilganligi, yangidan imtiyozlar preferensiyalarning joriy etilishi bilan 
korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‗lar hajmi va ularning samaradorligi 
hisobiga, byudjetga to‗lovlar va tushumlarning salmog‗idan o‗sish tendensiyalari 
tobora yaqqolroq ko‗rinmoqda. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning byudjetga to‗lovlari haqidagi axborotlari 
moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotga ma‘lumotnomada hisob-kitob qilingan 
va haqiqatda to‗langan qiymati bo‗yicha aks ettiriladi. 
11.21- jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin