Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Soliqlarga quyidagilar kiradi: 
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i; 
3) qo‗shilgan qiymat solig‗i; 
4) aksiz solig‗i; 
5) yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig‗i; 
8) yer solig‗i; 
10) benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. 
Boshqa majburiy to„lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy to‗lovlar: 
- yagona ijtimoiy to‗lov; 
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga fuqarolarning sug‗urta badallari; 
49
Солиқ кодекси, 12-модда 
50
Солиқ кодекси, 12-модда 


406 
- davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalar; 
Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar; 
2) davlat boji; 
3) bojxona to‗lovlari; 
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im. 
Soddalashtirilgan tartibida to‗lanadigan soliqlarga: 
- yagona soliq to‗lovi; 
- yagona yer solig‗i; 
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq. 
Shuningdek, davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli 
jamg‗armalar tashkil etilishi mumkin bo‗lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda majburiy to‗lovlar belgilanadi. 
Soliq va majburiy to‗lovlar bo‗yicha korxonalarning majburiyatlariga 
quyidagilar kiradi: 
- o‗z soliq majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq hajmda bajarishi; 
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va 
soliq hisobotini tuzishi; 
- davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar 
olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; 
- soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish, to‗lash bilan bog‗liq 
hujjatlar hamda ma‘lumotlarni taqdim etishi; 
- davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda 
ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek‚ mazkur 
organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‗sqinlik 
qilmasligi shart. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning tahlili quyidagi bosqichda amalga 
oshiriladi: 


407 
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha ishonchli va to‗liq axborot 
manbaini shakllantirish; 
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha korxona va soliq organidagi 
ma‘lumotlarni taqqoslash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning o‗zgarish dinamikasini aniqlash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar o‗zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillarni 
aniqlash va ularning ta‘sirini hisoblash; 
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar tahlili yuzasidan yakuniy xulosalarni 
shakllantirish; 
- ichki va tashqi imkoniyatlardan natijaviy omilga ta‘sir etishini boshqarish 
yuzasidan qarorlarni tayyorlash va realizatsiya qilish. 
11.20-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin