Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


 Favqulodda foyda va zararlar tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
11.10. Favqulodda foyda va zararlar tahlili 
Foydaning joriy ko‗rsatkichi uning o‗tgan yillarga tegishli qismi, kelgusidagi 
kutilishlarini prognoz, ya‘ni bashorat qilishda daromad va xarajatlarning alohida 
tarkibiy qismlarini baholash lozim. Ana shunday tarkibiy birliklardan biri bu 
favqulodda foyda va zararlar hisoblanadi.
 
Foyda va zararlarni bashoratlashda uning tarkibiy elementlarining 
takroriyligiga muhim ahamiyat qaratiladi. Lekin, favqulodda moddalar bunday 
xususiyatga ega emas.
 
Shu sababli‚ ushbu tarkibni o‗rganishda favqulodda foyda va zararlarning 
yuzaga chiqishiga muhim ahamiyat qaratish lozim.
 
Favqulodda daromad (zarar) – xo‗jalik yurituvchi subyektning odatdagi 
faoliyatidan aniq farq qiladigan, ya‘ni tez-tez yoki muntazam sodir bo‗lmaydigan 
voqealar yoki bitimlar natijasida yuz bergan daromadlar yoki xarajatlardir.
 
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u 
quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 
 
- korxonaning odatdagi xo‗jalik faoliyatiga xos emaslik;
 
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‗liq emaslik. 
 
Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kiritmaslik 
to‗g‗risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham 
hisobga olish lozim. 
 
Foyda va zararlarning ushbu qatori favqulodda holatlar ya‘ni taraflarning 
xohish irodasi va harakatlariga bog‗liq bo‗lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, 
ko‗chkilar, bo‗ron, qurg‗oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‗zlab 


401 
importni hamda eksportni ta‘qiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan 
sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‗lmaydigan va kutilmagan holatlar 
bo‗yicha majburiyatlari tufayli yuzaga chiqadi

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin