Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Meyoriy xarajatlar 
– bular maqsadli xarajatlar bo‗lib, hisobot davri 
boshida rejalashtiriladi va samarali ish olib borishda ularning kelgusi qiymati 
qancha bo‗lishini ko‗rsatadi. Bu usul asosan «
standart-kost
» deb nom olgan 
xarajatlarni hisobga olish tizimida ishlatiladi, va bu usul bir xil turdagi mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‗l keladi. Bu usulda ishlab chiqarishga sarf 
qilingan materiallar normativ qiymatda baholanadi. Haqiqiy baho bilan normativ 
qiymat o‗rtasidagi farq hisobot davri oxirida aniqlanib, ularga tegishli tartibda 
tuzatishlar kiritiladi. 
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta 
moliyalashtirish bilan shug‗ullanadi. Foydani ko‗paytirishga yo‗naltirilgan 
aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan 
harakatlanadi.
 
Leveridj 
bu – tom ma‘noda og‗ir narsalarni o‗zgartira oladigan ma‘lum bir 
kuch (yelka) bo‗lib, uning yordamida nisbatan og‗ir yuklarni joyidan ko‗chirish 
imkoni tug‗iladi. Iqtisodiyotga tatbiq qilinganda, unga uncha katta bo‗lmagan 
o‗zgarish ham natijaviy ko‗rsatkichning sezilarli darajada o‗zgarishiga olib 
keluvchi omil sifatida qaraladi. Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot 
moddalarini qayta kopanovka qilish va detallashtirish yo‗li bilan aniqlanishi 
mumkin bo‗lgan leveridjni uchta turi mavjud.
Daromad va leveridjni o‗zaro bog‗liqligi.
 
Bu guruhlashtirishning ma‘nosi 
shuki, sof daromad ishlab chiqarish va moliyaviy xarakterdagi foyda va xarajatlar 
o‗rtasidagi farq bilan bog‗liqdir. Ular bir-birlarini to‗ldirmaydilar, biroq har bir 
harakatni boshqarish mumkindir. Bularning hammasi korxonaning bozor 


391 
iqtisodiyoti sharoitida bozorning ma‘lum qismini egallab, korxona erkin 
moliyalashtirishiga xizmat qiladi. 
Sof daromadning qiymati ko‗p omillarga bog‗liqdir. Korxona faoliyatini 
moliyaviy boshqaruvi yuzasidan quyidagi ta‘sir birliklarini kiritish mumkin: 
- moliyaviy resuslarning qanchalik darajada oqilona ishlatilganligi;
- mablag‗lar manbasi tuzilmasini. 
Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu doimiy va o‗zgaruvchan 
xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‗lishi mumkin. Bu farq 
korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‗liqdir. Mahsulot 
tannarxining o‗zgarishi umumiy sof daromadni o‗zgartirishga olib keladi. Asosiy 
vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‗sishiga va o‗zgaruvchan 
xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o‗zgaruvchanlik to‗g‗ri chiziq 
orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarning 
optimal nuqtasini topish oson ish emas. Ana shu o‗zaro bog‗lanish ishlab chiqarish 
leveridjini tashkil etadi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish leveridji – bu mahsulot tannarxi va ishlab 
chiqarish hajmini tuzilmalarini o‗zgarishi natijasida yalpi foydaga ta‘sir 
ko‗rsatishning potensial imkoniyatidir. 
Moliyaviy leveridjda, korxona o‗zining mablag‗lari va qarzga olgan 
mablag‗larini moliyalashtirish manbasi sifatida aks ettiriladi. Qarzga olingan 
mablag‗larni ishlatish korxona uchun ma‘lum ushlanishlar bilan bog‗liqdir. 
Korxonaning o‗zini mablag‗lari bilan uzoq muddatga olingan qarzlar o‗rtasida 
qanday farq (ularning hajmi) bo‗lishi, ularning daromadga ta‘siri moliyaviy 
leveridjda o‗rganiladi. 
Shunday qilib, moliyaviy leveridj – bu korxona passividagi uzoq muddatli 
qarzlarning hajmi va tuzilmasining o‗zgarishi orqali foydaga potensial 
imkoniyatlarning ta‘sir qilishidir. 
Umumiy leveridj – bu o‗z ichiga uchta narsani ya‘ni, tushum, moliyaviy va 
ishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlar va sof daromadni oladi. 


392 
Bu umumiy leveridjni tahlil qilish uchun iqtisodiyotda ma‘lum bo‗lgan, 
―o‗lik nuqta‖sidan foydalaniladi. 
―O‗lik nuqta‖ usuli. Har bir korxona ishlab chiqarish jarayonida turli xildagi 
xarajatlarga duch keladi. Yangi hisobotlar rejasiga binoan, mahsulot ishlab 
chiqarish va uni sotish bo‗yicha ikkita xarajat hisobi varianti bor. Birinchi, sobiq 
iqtisodiyotga xos bo‗lgan, xarajatlarni egri va to‗g‗ri xarajatlarga bo‗lish orqali 
mahsulot tannarxini aniqlash. Ikkinchi variant, bu iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda ko‗p qo‗llaniladigan sir bo‗lib, bunda korxona xarajatlari 
o‗zgaruvchan (ishlab chiqarish) va doimiy xarajatlarga ajratiladi. O‗zgaruvchan 
xarajatlar sotish hajmiga to‗g‗ri proporsionaldir. Doimiy xarajatlar esa sotishga 
bog‗liq emasdir. Agar biz doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarni doimiy
o‗zgaruvchan va yarim o‗zgaruvchan xarajatlarga bo‗lsak maqsadga muvofiq 
bo‗ladi.
 
O‗rtacha tannarx usuli zaxiralarni o‗rtacha bahosida ishlab chiqarish 
tannarxiga olib borishni, Fifo usuli dastlabki kirimni dastlab chiqarishni, Lifo usuli 
so‗nggi kirimni dastlab hisobdan chiqarishni xarakterlaydi. 
Bu usullarni farqlashni ahamiyati shundaki, ularning natijaviy ko‗rsatkichga 
ta‘siri turlicha bo‗ladi. Masalan; o‗rtacha tannarx bo‗yicha alohida ishlab chiqarish 
tannarxiga, Fifo usulida alohida, Lifo usulida alohida ishlab chiqarish tannarxi 
ko‗rsatkichlariga ega bo‗linadi. Buning ta‘sirida natijaviy ko‗rsatkich ham turlicha 
bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda boshqa xarajat elementlarini 
baholanishi xarajatlarning tarkibi bo‗yicha farqlanadi. Masalan; xizmatlar shaklida 
olingan ishlar hajmi ularning haqiqiy qiymati yoki majburiyatlarning tan olingan 
qiymati bo‗yicha baholanadi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin