Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


ta‟sir qiluvchi omillar va ularni hisoblash yo„llari



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

ta‟sir qiluvchi omillar va ularni hisoblash yo„llari 
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash moliyaviy hisobotlarning muhim 
tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda albatta 
ularning tuzilishi va tabiatini bilish talab etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari 
―Xarajatlar tarkibi‖ to‗g‗risidagi Nizomga muvofiq quyidagi xarajat elementlari 
bo‗yicha tarkiblanadi: 


389 
- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; 
- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari 
va ajratmalari; 
- ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashayotgan asosiy va 
nomoddiy aktivlarni eskirish xarajatlari; 
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. 
Ularni baholanishi tarkib bo‗yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan; 
mehnat haqini baholanishi hisoblangan mehnat haqi va ajratmalar summasidan 
yoki mehnat haqi va ajratmalar yuzasidan tan olingan majburiyatlar summasidan 
kelib chiqib baholanadi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya, eskirish qiymatlari 
belgilangan, qat‘iy, normalar asosida hisob-kitob qilingan qiymat bilan 
baholanadi
46

Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar ularning to‗liq boshlang‗ich qiymati 
bo‗yicha hisobga olinadi. Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan 
chiqarish ularning qiymati to‗liq to‗langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga 
qadar bo‗lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan 
boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. 
Moliyaviy qo‗yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga 
olinadi. 
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pulda o‗lchov bilan aks 
ettiriladi. 
Sud qarori bo‗yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks 
ettiriladi. 
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‗yicha aks ettiriladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlarni 
baholanishi asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni eskirishi, mehnat haqi va 
ajratmalar baholanishidan keskin farq qiladi.
46
Бухгалтерия ҳисоби тўғрисидаги қонун 12-моддаси. Активлар ва мажбуриятларни баҳолаш
 


390 
Aylanma aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‗yicha 
balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‗yicha (sotib olish narxi yoki 
ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‗yicha (sof sotish qiymati) amalga 
oshiriladi. 
Moddiy resurslar tarkibiga kiruvchi va ishlab chiqarish xarajatlarida asosiy 
element hisoblangan zaxiralarni baholanishini buxgalteriya hisobini milliy 
standartlari bo‗yicha quyidagi turlari tarkiblanadi: 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin