Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Zaxiralarni baholash usullarining ustunlik va kamchiliklari



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Zaxiralarni baholash usullarining ustunlik va kamchiliklari
 
№ 
Usullar
Ustunligi
Kamchiligi
1. 
FIFO 
TMZlarni 
real 
baholash 
imkonini beradi 
Xarajatlarning eskirishiga olib keladi; 
foydani potensial tarzda oshiradi; 
zaxiralar hisobini qiyinlashtiradi 
2. 
LIFO 
Ishlab chiqarish xarajatlarini 
real bo‗lishini va foydaning 
asosligini ta‘minlaydi 
Zaxiralarni past bahoda baholashga 
olib 
keladi; 
zaxiralar 
hisobini 
qiyinlashtiradi 
3. AVECO 
Foydalanish 
oson, 
hisob- 
kitoblar kam 
Haqiqatdan farq qiluvchi zaxiralar va 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini 
baholashga olib keladi 
4. 
NIFO 
Zaxiralar va ishlab chiqarish 
xarajatlarini real baholash 
imkonini beradi 
Har safar xarajat paytida TMZlar 
bahosini aniqlash bo‗yicha ko‗p 
harakat qilish talab qilinadi 
5. 
Normativ 
qiymat 
usuli 
Zaxiralar 
hisobini 
yengillashtiradi, chunki ularni 
qiymati 
bo‗yicha 
qayd 
qilishning hojati yo‗q 
Normativ qiymat joriy qiymatni aks 
ettirmasligi 
va 
shuning 
uchun 
zaxiralar qiymatini buzib ko‗rsatishi 
mumkin 
Amaliyotda xo‗jalik yurituvchi subyektlarda mahsulotga talabning 
mavsumiyligi, bozor konyunkturasining o‗zgarishi natijasida ishlab chiqarish 
faoliyati vaqtinchalik to‗xtatilish holatlari yuz berishi mumkin. Ushbu vaziyatda 
ishlab chiqarish bilan bog‗liq ayrim xarajatlar, xususan, ushbu ishlab chiqarish 
bilan bog‗liq ish haqi, asosiy vositalarga amortizatsiya xarajatlari to‗xtatilmaydi. 
Chunki ishlab chiqarish jarayoni to‗xtagani bilan ishlab chiqarish bilan bog‗liq 
barcha ishchi xodimlar ishdan bo‗shatilmaydi va bu ishchilarga ularni saqlab turish 
uchun hech bo‗lmaganda minimal daraja bo‗lsa ham, ish haqi hisoblanadi, 
shuningdek, ushbu ishlab chiqarish bilan bog‗liq amortizatsiya xarajatlari ham 
amalga oshiriladi. 
Xarajatlar o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin. 
Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar: 
moddiy sarflar me‘yorining o‗zgarishi; moddiy sarflar birligi bahosining 
o‗zgarishi. 


396 
Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlarining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi 
omillar: ishchilar sonining o‗zgarishi; bir ishchiga to‗g‗ri keladigan mehnat 
haqining o‗zgarishi. 
Ish haqidan ajratmalarning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar: ajratmalar 
bazasining o‗zgarishi, ajratmalar stavkasining o‗zgarishi. 
Amortizatsiya xarajatlarining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar: 
amortizatsiyalanadigan 
qiymat 
o‗zgarishi; 
amortizatsiya 
normalarining, 
tartiblarining o‗zgarishi. 
Boshqa xarajatlar sarfiga ta‘sir etuvchi birliklar yuqoridagi tarkibga 
kirmaydigan va alohida tarkiblanadigan xarajatlarning turiga qarab o‗zgaradi. 
Davr xarajatlari o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi birliklar sotish, ma‘muriy, boshqa 
operatsion xarajatlar tarkibidan kelib chiqib o‗rganiladi. 
Moliyaviy xarajatlar o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi birliklar ularning shakllanish 
tarkibidan kelib chiqib baholanadi. 
Favqulodda xarajatlar oldindan rejalashtirilmaydi, ularning yuzaga chiqishi 
oldindan ko‗zda tutilmaydi va tasodifiy tasnifga ega. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin