Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxini baholash.
4-son BHMSda
TMZlarning mahsulot, ishlar va xizmatlar singari turlari tannarxini aniqlash uchun
quyidagi usullar taklif etiladi:
Oddiy usuli – bir turdagi mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqaradigan
va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega bo‗lmagan
393
tashkilotlarda qo‗llaniladi. Mahsulot (ish va xizmat)lar birligining tannarxi ishlab
chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ish va xizmat)lar
birliklarining umumiy miqdoriga bo‗lish yo‗li bilan hisoblab chiqariladi.
Me‘yoriy usuli – xomashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish
quvvatidan foydalanishning belgilangan me‘yorlari bo‗yicha xarajatlarni hisobga
olishga asoslangan, u amaliyotda ko‗proq qo‗llaniladi.
Buyurtma usuli – yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega
bo‗lgan tashkilotlarda qo‗llanadi. Barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga
qadar to‗laligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi. Agar ushbu
buyurtma bir xildagi mahsulot (ish va xizmat)lar turkumidan iborat bo‗lsa,
mahsulot (ish va xizmat)lar birligining tannarxi mazkur buyurtma bo‗yicha
xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga bo‗lish orqali aniqlanadi.
Bosqichli usul – boshlang‗ich xomashyo va materiallar ishlab chiqarish
jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‗onalardan o‗tadigan ishlab chiqarishda
qo‗llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ish va xizmat)larning tannarxi,
so‗ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi. Bunda bosqichli usul tashkilotning
tarmoqqa mansubligiga bog‗liq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin:
yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Xarajatlarni inventar baholash usuli (savdoda). Usul tanlovi TMZlar
nomenklaturasiga va ularning turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi,
tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish jarayonining qancha
davom etishiga bog‗liq bo‗ladi. Hisob siyosatida tanlangan usul ochiq ko‗rsatiladi.
TMZlarni qayta baholash.
Korxona hisob siyosatida TMZlar qiymatini
aniqlashtirish davriyligi ham ochiq ko‗rsatiladi, bu aniqlashtirish TMZlarni joriy
qiymatiga sotishning sof qiymatiga muvofiqlashtirish (agar sotishning sof qiymati
tannarxdan past bo‗lsa, qiymatni arzonlashtirish) maqsadida amalga oshiriladi.
TMZlarni hisobdan chiqarishda baholash.
Korxona ishlab chiqarishga
hisobdan chiqariladigan tovar-moddiy zaxiralarni baholash usulini mustaqil
ravishda belgilaydi:
394
Xarid qilingan materiallar birligi tannarxi bo‗yicha. Bu usul maxsus
loyihalar uchun mo‗ljallangan buyumlarga, ular sotib olingan yoki ishlab
chiqilganligidan qat‘iy nazar qo‗llaniladi.
O‗rtacha tortilgan qiymat bo‗yicha (AVECO). Tovar-moddiy zaxiralar har
bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning o‗rtacha tortilgan
qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil
birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. TMZlar har bir birligi qiymatini
AVECO usuli bo‗yicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar
qoldig‗ining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil
birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‗lish yo‗li bilan
amalga oshiriladi. O‗rtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab
davriy yoki TMZlarning har bir yangi turkumi kelib tushishiga ko‗ra hisoblab
chiqarilishi mumkin.
Vaqt bo‗yicha birinchi xaridlar paytida TMZlar tannarxi bo‗yicha (FIFO).
TMZlarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid
qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-
moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi bo‗lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan
zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) bo‗yicha hisobot davri
mobaynida qiymatni aniqlashning bittagina usuli qo‗llaniladi. Qo‗llanadigan usul
hisob siyosatida ham aks ettirilishi lozim.
395
11.16-jadval
Dostları ilə paylaş: |