3-BOB. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI, TAHLIL ISHLARINI
TASHKIL QILISH VA MANBALAR BILAN TA‟MINLASH
3.1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi.
3.2. Moliyaviy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me‟yoriy asoslari.
3.3. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakllari.
3.4. Iqtisodiy tahlilning asosiy bo„limlari: moliyaviy hisobot tahlili,
investitsion tahlil, qimmatli qog„ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy
hisobotni bashoratlash.
3.5. Iqtisodiy tahlil bosqichlari.
3.6. Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi
ma‟lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi.
3.7. Moliyaviy hisobot shakllari va ularning tavsifi. Jamlangan
moliyaviy hisobotlar va ularni tahlil etish.
3.8. Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning
moliyaviy hisobot mazmuniga ta‟siri.
3.9. Iqtisodiy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik,
turli korxonalar o„rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari).
3.10. Auditor xulosalarini ko„rib chiqish. Auditdan o„tkazilmagan
hisobotlar.
3.11. Iqtisodiy tahlilda qo„llaniladigan boshqa axborotlar.
82
3.12. Iqtisodiy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy
ta‟minotlardan foydalanish.
3.1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi.
Moliyaviy tahlil yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni
tashkil etishda an‘anaviy yo‗nalishlardan foydalanish mumkin.
Odatda, buxgalteriya hisobini yoki auditni (ichki, tashqi) tashkil etishda
rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar ushbu jarayonni tashkil
etishda asos bo‗lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi ―Buxgalteriya hisobi‖ to‗g‗risidagi qonunning
―Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish‖ to‗g‗risidagi 11-moddasi
buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga
oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday
huquqdarga ega ekanligi tarkiblanadi
11
. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini
yuritish bo‗yicha xizmat ko‗rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma
asosida yuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita,
iqtisodiy tahlilga nisbatan ham to‗la mos deyish mumkin.
Tahlilni tashkil etishda ichki tahlilni tashkil etilishi va tashqi tahlilni tashkil
etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot
shakllari asosida xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini o‗rganishni
xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish
imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega
11
Узбекистон республикасининг «Бухгалтерия хисоби тугрисида»ги конуни 2016 йил 13-апрель
83
bo‗lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontirgentlar tomonidan, mulk
egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‗pligi;
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli-tumanligi;
-hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy
jihatlarini belgilanganligi;
-tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar
bazasiga tayangan holda o‗tkazilishi;
-qo‗yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
-axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil
natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
Tashqi tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma‘lumotlari asosida
korxona aktivlari, o‗z sarmoyasi va majburiyatlarining o‗zgarishiga, to‗lov layoqati
va likvidlilik darajasiga, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligiga,
moliyaviy va iqtisodiy salohiyatiga, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligiga,
foyda va rentabellik darajasiga, pul oqimi va xususiy kapitalning o‗zgarishlariga,
korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.
Ichki tahlil-korxonaning ichki bo‗limlari, xodimlari tomonidan o‗tkazilib
o‗rganiladigan masalalarning ko‗lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq qiladi.
Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‗rganiladigan masalalarning
ko‗lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar
bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlarnigina emas‚ balki moliyaviy
hisobning barcha manbalaridan va hisobdan tashqari manbalarini ham kiritish
mumkin. O‗rganiladigan masalalar ko‗lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning
qiziqishlari doirasidani kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‗ziga
xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Ichki tahlilning o‗ziga xos jihatlari:
-tahlil subyektlarining tor guruhi;
84
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan
yo‗naltirilganligi;
-teran tahlilni o‗tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish
imkoniyatini yuqoriligi;
-tahlilni o‗tkazish bo‗yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq
reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullaridan foydalanish imkoniyatlari;
-aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni
o‗tkazishning imkoniyatligi;
-boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil
etilishi.
Iqtisodiy tahlil mazmuni bo‗yicha to‗liq tahlil va tematik tahlil turlariga
tarkiblanadi
To‗liq tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks
o‗rganishni xarakterlaydi. Tematik tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida
jihatlarini va akspektlarini o‗rganishni xarakterlaydi. Tematik tahlil predmetiga:
aktivlardan
samarali
foydalanish,
aktivlarni
moliyalashtirishda
alohida
manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‗lov layoqati va moliyaviy barqarorlik
holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi
masalalarni kiritish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning to‗liq (bir butunlikdagi) tahlili, alohida bo‗limlar va birliklarning
tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‗yicha), hamda alohida moliyaviy
jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin
12
.
12
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., ЕфимоваО.В. [идр.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с., K. R. SubramanyamFINANCIALSTATEMENTANALYSIS, Рахимов М.Ю.
Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б.,
ЕфимоваО.В. [идр.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с., K.
R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by
McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
,
Карлин Т.Р.
Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. —
ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика.
2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика
2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили,
дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б.,
Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск:
85
O‗tkazish davri bo‗yicha iqtisodiy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil
turlariga tarkiblanadi.
Oldingi tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida
olingan moliyaviy jarayonlar bo‗yicha shart- sharoitlarini bilish bilan bog‗lanadi
(masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning
to‗lov layoqatini baholash).
Joriy (operativ) tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya
operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta‘sir
etish yuzasidan o‗tkaziladigan tahlil turidir.
Istiqbolli tahlil – amaldagi holatni o‗rganish asosida moliyaviy holat va
uning alohida birliklari bo‗yicha kelajakdagi o‗zgarishlarning kutilishlarini
baholab beruvchi tahlil turidir.
Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlarini quyidagi ketma- ketlikda
o‗tkazish maqsadga muvofiq deb o‗ylaymiz:
Iqtisodiy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;
Iqtisodiy tahlil yuzasidan ma‘lumotlar bazasini to‗plash;
Iqtisodiy tahlilni bevosita o‗tkazish bosqichi;
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;
Qarorlar tayyorlash bosqichi;
Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.
Iqtisodiy tahlil - moliyaviy hisobot ma‘lumotlari asosida firma va
kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‗yishni tavsiflaydi.
Iqtisodiy tahlilda firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarining
holatiga, faoliyat natijaviyligiga, asosiy va aylanma kapital holatiga va
samaradorligiga, pul mablag‗lari va xususiy mablag‗larning holatiga baho beriladi.
РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф.Молиявий ва бошкарув
тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной
деятельности
предприятия.М.:
финансы
и
статистика,
2008,
415
с.ELEVENTHEDITIONPublishedbyMcGraw-HillEducation, 2 PennPlaza, NewYork, NY 10121.
Copyright © 2014 by
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.:
ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов
М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый
отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр
86
Iqtisodiy tahlilda o‗rganiladigan masalalarni quyidagi 3.1-jadvalda ko‗rib
chiqish mumkin.
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |