Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlil va uni o„rganish obyektlari



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Iqtisodiy tahlil va uni o„rganish obyektlari 
(moliyaviy hisobot shakllarini tuzilishi bo‗yicha)* 
Moliyaviy tahlil 
Buxgalteriya 
balansini tahlili 
Moliyaviy 
natijalar tahlili 
Pul mabalag‗larini 
tahlili 
Xususiy kapitalni 
tahlili 
O„rganiladigan masalalar 
Korxonaning 
mulkini tuzilishi va 
dinamikasi tahlili 
Zararsizlik tahlili 
Operatsion 
faoliyatdan pul 
oqimini tahlili 
Xususiy 
kapitalning 
tarkibiy tuzilishi 
tahlili 
Korxona mulkini 
manbalash tarkibi 
va dinamikasini 
tahlili 
Marjinal foyda 
tahlili 
Investitsion 
faoliyatdan pul 
oqimini tahlili 
Xususiy kapital 
o‗zgarishi tahlili 
To‗lov layoqati 
tahlili 
Mahsulot 
sotishdan foyda 
tahlili 
Likvidlik 
tahlili 
Asosiy faoliyatdan 
moliyaviy natijalar 
tahlili 
Soliqqa tortishdan 
pul oqimini tahlili 
Moliyaviy 
barqarorlik tahlili 
Moliyaviy 
faoliyatdan 
natijalar tahlili 
Moliyaviy 
faoliyatdan pul 
oqimini tahlili 
Debitorlik va 
kreditorlik 
majburiyatlari 
tahlili 
Favqulodda 
daromadlar tahlili 
Valyuta 
mablag‗larini 
tahlili 
Xususiy kapital 
samarasi va 
daromadligi 
tahlili 
Kreditga qodirlilik 
tahlili 
Sof foyda va 
uning taqsimlanish 
tahlili 
Pul oqimini 
diskontlash 
Ish aktivligi tahlili 
Moliyaviy 
natijalarni omilli 
tahlili 
Pul oqimini 
bashoratlash 
Bozor aktivligi 
tahlili 
Rentabellik tahlili 
Xususiy kapital 
rentabelligi tahlili 
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili 
Moliyaviy holat reytingi 
Iqtisodiy salohiyat tahlili 
Moliyaviy salohiyat tahlili 


87 
*-shuningdek, investitsion loyihalar tahlili, moliyaviy rejalar tahlili, byudjet 
tahlili alohida tahlil obyekti sifatida olinishi mumkin 
Iqtisodiy tahlil asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy ahvolidan, 
moliyaviy ahvoldagi o‗zgarishlardan voqif bo‗linadi.
Tahlil natijalaridan nafaqat ichki balki, tashqi foydalanuvchilar ham 
foydalanishlari mumkin. Negaki moliyaviy hisobot va moliyaviy tahlil natijalarida 
sir saqlanadigan, ya‘ni birovning zarari hisobiga boshqa birovning naf ko‗rishi 
mumkin bo‗lgan axborotlar kuzatilmaydi. Shu sababli, moliyaviy tahlilning 
ko‗plab subyektlarini tarkiblash mumkin. 
3.2-jadval 
Ichi va tashqi tahlil 
Farqlash belgisi 
Ichki tahlili 
Tashqi tahlil 



1.Obyekti bo‗yicha 
Firma va kompaniyaning 
moliyaviy 
natijasi, 
moliyaviy 
holati, 
pul 
mablag‗larini 
keng 
qamrovli tahlili 
Firma 
va 
kompaniyaning 
moliyaviy natijasi, moliyaviy 
holati, 
investitsion 
jozibadorlik, 
iqtisodiy 
nochorlik, reyting baholash, 
kreditga qodirlik
2.Subyekti bo‗yicha 
Firma va kompaniyaning 
o‗z xodimlari 
Firma 
va 
kompaniyalar 
faoliyati 
bilan 
qiziquvchilarning 
keng 
doirasi
3.Tartibga solinishi 
Umumiy, 
firma 
va 
kompaniyalar ichki nizomi, 
qoidalari asosida 
Umumiy Nizom, qoidalar 
asosida tartibga solinadi 
4.Maqsadi 
Firma va kompaniyaning 
moliyaviy 
natijasi, 
moliyaviy 
ahvoli, 
pul 
mablag‗larini 
optimallashtirish, 
biznes 
samaradorligini 
o‗stirish 
yuzasidan 
ichki 
imkoniyatlarni aniqlash va 
yo‗lga qo‗yish 
Firma 
va 
kompaniyaning 
moliyaviy natijasi, moliyaviy 
holati, 
investitsion 
jozibadorligi, 
iqtisodiy 
nochorligi, reyting bahosini 
aniqlash 
tashqi 
subyektlarning qiziqishlarini, 
manfaatlarini boshqarish
5.Ma‘lumot 
iste‘molchilari 
Faqat, 
shu 
firma, 
kompaniya 
boshqaruvi 
xodimlari, menejerlar 
Tashqi tahlil subyektlari 
6.Usullari bo‗yicha 
Tahlilni 
ananaviy, 
matematik, maxsus usullari 
Moliyaviy tahlilni maxsus 
usullari 


88 
7.Ma‘lumotlarni olish 
ko‗lami 
Ma‘lumotlarni 
olish 
imkoniyatlari keng 
Ma‘lumotlarni 
olish 
imkoniyatlari 
cheklangan 
(faqat 
rasmiy 
moliyaviy 
hisobotlar orqaligina tahlil 
o‗tkaziladi) 
8.Tahlil 
natijalarini 
manfaatligi 
Ko‗proq o‗zi uchun 
manfaatli
Firma va kompaniyalarning 
o‗zi 
hamda 
tashqi 
qiziquvchilar guruhi uchun 
manfaatli 
10. Vazifalarni hal 
etilishi 
Vazifalarni hal etilishi faqat 
shu 
korxona 
boshqaruv 
xodimlari 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Vazifalarni hal etilishi ham 
ichki, 
ham 
tashqi 
tahlil 
subyektlari uchun xizmat 
qiladi 
11.Tahlilni 
tashkil 
etilishi
Ko‗proq 
firma 
va 
kompaniyalar 
uchun 
maqbul 
shaklda 
tashkil 
etiladi 
Tashqi 
tahlil 
subyektlari 
uchun 
maqbul 
shaklda 
tashkil etiladi 
3.2. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me‟yoriy asoslari 
Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslari me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab 
chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‗lga qo‗yish va 
yuritishda rioya etiladigan barcha me‘yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, 
yo‗riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu 
bilan birgalikda tahlilning o‗zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular 
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda 
ijro etiladi va amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me‘yoriy asoslariga muhim 
e‘tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me‘yoriy hujjatlar 
asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar
menejerlar o‗z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va 
yuritadilar. 
Rasmiy me‘yoriy asoslarga xo‗jalik yurituvchi subyektning moliya xo‗jalik 
faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin: 


89 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‗rsatkichlarini 
baholash; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash; 
Norasmiy asoslarda o‗rganiladigan masalalar ko‗lami juda keng doirada 
amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili; 
- moliyaviy barqarorlik tahlili; 
- to‗lov layoqati va likvidlik tahlili; 
- ish va bozor aktivligi tahlili; 
- pul oqimlarining tahlili; 
- xususiy kapital tahlili; 
- foyda va zararlar tahlili; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; 
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili; 
- investitsion faoliyat tahlili; 
- soliq to‗lovlari va majburiyatlar tahlili; 
- logistik tahlil va h.k. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator 
analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida 
buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma‘lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning 
kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy 
va tarmoq ko‗rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir 
qatorda xo‗jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng 
muhim dastagi sifatida qaraladi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan 
foydalanish albatta: xo‗jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini 
tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy 
nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini 


90 
restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog‗lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni 
tartibga solishda qo‗l keladi. 
Iqtisodiy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar 
yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‗z amaliy tajribasidan, xo‗jalik 
yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot 
manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan 
foydalanadilar.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‗jalik faoliyatini tahlil etishda 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi: 
tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda 
foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini 
shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‗tkazish va olingan 
natijalarni umumlashtirish. 
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‗pincha huquqiy manbalarga 
tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy 
tahlil etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS); 
―Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini 
o‗tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‗mitasi qarori; 
―Davlat ulushi bo‗lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish 
to‗g‗risida‖ Vazirlar Mahkamasi qarori; 
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS). 
―Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos‖ deb 
nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon 
etilgan. ―Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‗jalik subyektining moliyaviy ahvoli, 
faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishdan 
iborat...‖.


91 
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya 
qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‗jalik yurituvchi 
subyektning bo‗lg‗usi pul oqimiga baho berish; xo‗jalik yurituvchi subyektga 
ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga 
baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish. 
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‗jalik yurituvchi 
subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, 
likvidligi, to‗lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‗zgarishlariga munosabat bildira 
olishi, subyektning kelgusida pul mablag‗larini va ularning ekvivalentini 
ko‗paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash, 
xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‗rsatkichlari, uning rentabelligini 
aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o‗zgarishlarni baholash zarurligi qayd 
etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‗zida turli davrlar bo‗yicha 
axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta‘minlash uchun qilingan zaruriy 
talabdir.
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor 
korxonalar ishlari Qo‗mitasining ―Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli 
monitoringi va tahlilini o‗tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‗g‗risidagi 
qarori‖ga muvofiq xo‗jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini 
baholashda quyidagi ko‗rsatkichlar tizimini o‗rganish tavsiya etiladi: to‗lov 
layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti; o‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanish 
koeffitsiyenti; korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani 
chiqarish yuzasidan quyidagi qo‗shimcha ko‗rsatkichlar o‗rganiladi: o‗z 
mablag‗lari va qisqa muddatli qarz mablag‗lari nisbati koeffitsiyenti; ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish 
koeffitsiyenti. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Davlat ulushi bo‗lgan 
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyati 


92 
samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‗g‗risida‖gi qarorida quyidagi 
ko‗rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‗rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va 
amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning 
o‗zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; 
investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik 
koeffitsiyenti; moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari 
aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‗lovga 
qobillik) koeffitsiyenti; dividend to‗lash koeffitsiyenti; debitorlik majburiyatining 
kamayish koeffitsiyenti.
2. Samaradorlikning qo‗shimcha ko‗rsatkichlari: asosiy vositalarning 
eskirish koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsiyenti; mehnat 
unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
koeffitsiyenti; energiya samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati 
ulushi); sotilgan mahsulot tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion 
faoliyatga xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‗i; xodimlarni o‗qitish 
xarajatlari 
salmog‗i; 
kadrlar 
qo‗nimsizligi 
koeffitsiyenti; 
rejalashtirilgan 
investitsiya 
dasturining 
bajarilish 
darajasi; 
quvvatlarni 
ishga 
tushirish 
koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash, xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e‘lon qilish va ularni 
tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‗ruvchi organlar tomonidan qat‘iy 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O‗zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari 
Qo‗mitasi ega.
13
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga 
amal qilishlari lozim: 
- mavjud mablag‗larini to‗g‗ri joylashtirish va boshqarish; 
13
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиѐт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар 
ишлари Қўмитасининг ―Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини 
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори‖ 2005 йил 14-апрель, 1469 сон


93 
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish; 
- debitor qarzlarni ko‗paytirmaslik yo‗llarini topish, mavjud debitor qarzlarni 
muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‗rish; 
- kreditor qarz majburiyatlarini to‗lov muddati bo‗yicha nazoratini olib 
borish. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi 
ko‗rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim: 
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarni to‗lov layoqati, qoplash koeffitsiyentini 
o‗rganishi; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik 
darajasini o‗rganishi; 
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‗rganish; 
- o‗z va qarz mablag‗lari orasidagi nisbatni o‗rganish; 
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‗rganish; 
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‗rganish; 
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‗rganish; 
- muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‗rganish. 
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‗yicha kreditorlar talablarini qondirishga 
yoki majburiy to‗lovlar bo‗yicha o‗z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar 
tegishli majburiyatlar yoki to‗lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e‘tiboran 
uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‗lsa, uning bankrotlik 
alomatlari deb e‘tirof etiladi. 
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‗tkazish 
mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati 
bo‗yicha quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
- iqtisodiy barqaror; 
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli); 
- iqtisodiy nobarqaror*-**: 
*
to„lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo„lgan korxonalar; 
**
to„lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo„lmagan korxonalar.


94 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini baholash yuzasidan 
quyidagi ko‗rsatkichlar tizimini o‗rganish tavsiya etiladi.
14
- To‗lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti (K
tl
): 
- O‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanish koeffitsiyenti (K
at

- Korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (R
a
, R
x

Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‗shimcha ko‗rsatkichlar 
o‗rganiladi: 
- O‗z mablag‗lari va qisqa muddatli qarz mablag‗lari nisbati koeffitsiyenti 
(K
o‗q

- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti(K
quv

- Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti (K
esk

Xo‗jalik yurituvchi subyektlar kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy 
holat tahlilida qo‗shimcha tarzda quyidagi mavzularni o‗rganish tavsiya etiladi; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarining rentabellik darajasi; 
- aylanma mablag‗larning holati; 
- o‗z mablag‗larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki; 
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‗sish darajalari;
- to‗lov muddati kelgan va o‗tib ketgan debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlarining holati; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarning pul va qimmatli qog‗ozlarining 
mavjudligi va boshqa jihatlari. 
Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy 
tahlilda o‗rganiladigan ko‗rsatkichlar tizimiga 5 ta tarkib guruh ko‗rsatkichlarni 
kiritish lozim. Bu ko‗rsatkichlar quyidagilardan iborat:
15
1. To‗lov layoqati va likvidlilik koeffitsiyentlari; 
2. Ish aktivligi koeffitsiyentlari; 
14
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиѐт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар 
ишлари Қўмитасининг ―Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини 
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори‖ 2005 йил 14-апрель, 1469 сон 
15
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б.


95 
3. Moliyaviy leveridj koeffitsiyentlari 
4. Rentabellik koeffitsiyentlari 
5. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsiyentlar 
Rivojlangan davlatlarda kreditga qodirlikni baholashda eng muhim qoida 
sifatida shartli ―S-1-5‖ qoidasiga amal etiladi. Bu qoida quyidagilarni 
xarakterlaydi.
16
S1-charakter – qarz beruvchining bozordagi obro‗si, uning holatini aniqlash; 
C2-capacity – qarz oluvchining faoliyatni yakuniga yetkaza olishi, tegishli 
daromadga ega bo‗lishi hamda olingan kreditlarni qaytarib bera olish qobiliyati; 
C3-capital – qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi; 
C4-conditions – biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar; 
C5-collateral – garov. 
Bu qoidalarga bizning kredit amaliyotimizda ham to‗liq amal etiladi, faqat 
uning rasmiy jihatlari bu tartib belgilanmagan. 
Kreditga qodirlilik tahlilidagi uslubiy jihatlardagi farqlanishlar albatta‚ 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni yuritishda milliy standart 
normalariga tayanilishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning 
farqlanishi bilan izohlash mumkin.

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin