Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari 
Buxgalteriya 
balansi 
elementlari 
Tavsifi 
Tarkibiy tuzilishi 
Aktivlar 
Subyekt 
nazorat 
qiladigan, 
kelgusida ulardan daromad olish 
maqsadida 
avvalgi 
faoliyat 
natijasida 
olingan 
iqtisodiy 
resurslardir 
Uzoq muddatli aktivlar: 
-Asosiy vositalar: 
-Nomoddiy aktivlar 
-Uzoq 
muddatli 
investitsiyalar 
-O‗rnatiladigan 
asbob-
uskunalar 
-Kapital qo‗yilmalar 
Joriy aktivlar: 
-Tovar moddiy zaxiralar 
-Debitorlar 
-Pul mablag‗lari 
-Qisqa 
muddatli 
investitsiyalar
Xususiy 
kapital 
(sarmoya) 
Subyektning 
majburiyatlarini 
chegirib 
tashlagandan 
keyingi 
O‘z mablag‘lari manbasi: 
-Ustav kapitali 


121 
aktivlaridir 
-Qo‗shilgan kapital 
-Zaxira kapitali 
-Taqsimlanmagan foyda 
-Maqsadli tushumlar 
-Kelgusi davr to‗lovlar 
zaxirasi 
Majburiyatlar 
Shaxsning (qarzdorning) boshqa 
shaxs (kreditor) foydasiga muayyan 
ishni amalga oshirish, masalan mol-
mulkni topshirish, ishni bajarish, 
pul 
to‗lash 
va 
boshqa 
majburiyatlaridir yoxud muayyan 
xatti-harakatdan 
tiyilib 
turish 
majburiyatidir, 
kreditor 
esa 
qarzdordan o‗z majburiyatlarini 
bajarishini talab qilishga haqlidir 
Uzoq 
muddatli 
majburiyatlar 
Joriy majburiyatlar 
Korxona aktivlarlari va majburiyatlarini baholash. 
Baholash 
– aktivlar va majburiyatlar e‘tirof etiladigan va moliyaviy 
hisobotlarda qayd etiladigan pul o‗lchovining usulidir. 
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Boshlang„ich qiymat.
Aktivlar sotib olish vaqtida erishilgan tomonlarning 
o‗zaro kelishuviga ko‗ra belgilangan joriy qiymati bo‗yicha aks ettiriladi. 
Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‗lanadigan pul mablag‗lari 
summasi bo‗yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‗lar summasida aks 
ettiriladi. 
Joriy qiymat.
Aktivlar ana shu yoki shunga o‗xshash aktiv endigina sotib 
olingan bo‗lgandagi holatda to‗lanishi kerak bo‗lgan pul mablag‗lari summasi 
bo‗yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‗lash uchun talab 
etiladigan pul mablag‗larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. 
Sotish qiymati.
Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‗lgan pul mablag‗lari 
summasi bo‗yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‗lash qiymati bo‗yicha aks 
ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‗lash uchun talab etiladigan pul 
mablag‗larining diskontlanmagan summasidir. 


122 
Diskontlangan qiymat.
Aktivlar xo‗jalik yurituvchi subyektning normal 
faoliyati davomida aktivlarni ko‗paytirishi lozim bo‗lgan bo‗lg‗usi pul mablag‗lari 
tushumining diskontlangan qiymati bo‗lgan joriy qiymat bo‗yicha aks ettiriladi. 
Majburiyatlar kelgusida o‗tkaziladigan pul mablag‗larining diskontlangan 
qiymatidan iborat bo‗lgan, xo‗jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati 
davomida majburiyatlarni to‗lash uchun foydalanilishi mumkin bo‗lgan joriy 
qiymat bo‗yicha aks ettiriladi. 
Balans qiymati
. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va 
majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 
boshlang‗ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda 
baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin