2.3. “Asaka” Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining aktiv va passiv
operatsiyalari tahlili
Dunyoning asosan yirik banklarida ochilgan korrespondent hisob raqamlari
orqali turli amaliyotlarni o’tkazish imkoniyatini yaratuvchi keng korrespondent
tarmog’iga egalik qilib, “Asaka” DATB yirik banklar o’rtasida yetakchi o’rinni
egallab turibdi.
Bankning ustav kapitali miqdori 315 600 000 000 (uch yuz o’n besh
milliard olti yuz million) so’mni tashkil qiladi va har birining nominal qiymati
52 600 (ellik ikki ming olti yuz) so’m bo’lgan 6 000 000 (olti million) dona
egasining nomi yozilgan oddiy aktsiyalarga taqsimlangan.
Ustav kapitalini oshirish maqsadida Bank chiqarishi mumkin bo’lgan e’lon
qilingan aktsiyalari 1 714 000 (bir million etti yuz o’n to’rt ming) dona
egasining nomi yozilgan oddiy aktsiyalardan iborat.
Bank aktsiyalarining nominal qiymati 52 600 (ellik ikki ming olti yuz) so’m.
Hozirgi kunda “Asaka” bankning korrespondent banklari (hisob raqamini
ochish bilan va rasmiy tarzda) 310tani tashkil etishadi. 33 tasi bilan hisob
raqamlari ochilgan: 19 ta nostro va 14 ta vostro hisob raqamlari.
Hozirgi kunda korrespondent banklarning soni “Asaka” banki tomonidan
mijoz buyurtmasiga asosan bajarilayotgan barcha banklararo amaliyotlarni
qamrab olishga imkoniyat beryapti. Zaruriyat tug’ilganda “Asaka” bank yangi
banklar bilan korrespondent munosabatlarini o’rnatishga qaratilgan ishlarni
tezkor bajarishga tayyor.
Yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, mehnat faoliyatlari
endigina boshlanganda va mustaqil hayotga ilk qadamlar qo’yishayotganda
zarur yordam ko’rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va yosh
oilalarnung turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Asaka”
bank DATB quyidagi shartlarda uy-joy sotib olish uchun kredit ajratadi.
Uy-joy sotib olish uchun kredit (quyida Ipoteka krediti deb ataladi)
O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning yashash joylaridagi “Asaka”
bankning (quyida bank deb ataladi) hududiy filiallari tomonidan beriladi.
41
Kredit olish huquqidan ehtimolli qarz-oluvchi (quyida qarz-oluvchi deb
ataladi) quyidagi talablarga javob bersa foydalanishi mumkin:
a) O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi kerak;
b) turar joyi bo’yicha doimiy ro’yxatdan o’tgan;
v) yosh – 18 yoshdan 53 yoshgacha (ayollar), 59 yoshgacha (erkaklar).
Bunda kredit taqdim etishning umumiy muddati qarz-oluvchi pensiya yoshiga
etguncha (ya’ni 53 yoshda ayollar, 60 yoshda erkaklar) qaytarishi lozimligi
shartidan kelib chiqib belgilanadi;
g) sotib olinayotgan uy-joy narxining 70 va undan ortiq foizi miqdorida
mablag’ kiritilsa, foiz stavkasi yiliga 10% miqdorida belgilanadi;
d) bir joyda ish staji kamida 6 oy va umumiy ish staji kamida 1 yil bo’lishi
shart;
e) bank va boshqa moliya institutlari oldida qarzdorligi bo’lmasligi shart;
j) narkologik yoki ruhiy-asab dispanserida hisobda turmagan.
“Asaka” DATB tomonidan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar
hisobidan beriladigan Ipoteka krediti miqdori sotib olinayotgan uy-joy narxi
miqdori bilan cheklanadi, ammo:
Shaxsiy uy-joy sotib olish uchun qonunchilik bilan belgilangan eng kam
ish haqining 3000 miqdoridan ko’p emas (istisno tariqasida Toshkent va
Samarqand shaharlari uchun ushbu miqdor qonunchilik bilan belgilangan eng
kam ish haqining 5000 miqdoridan ko’p emas deb belgilangan, bunda
ko’rsatilgan istisno yosh oilalarga beriladigan kreditlarga taalluqli emas).
Ko’p xonadonli uyda xonadon sotib olish uchun - qonunchilik bilan
belgilangan eng kam ish haqining 2500 miqdoridan ko’p emas (istisno tariqasida
Toshkent va Samarqand shaharlari uchun ushbu miqdor qonunchilik bilan
belgilangan eng kam ish haqining 4000 miqdoridan ko’p emas deb belgilangan,
bunda ko’rsatilgan istisno yosh oilalarga beriladigan kreditlarga taalluqli emas).
Ipoteka kreditidan foydalanish uchun hisoblanadigan foizlar stavkasi.
Ipoteka kreditidan foydalanish uchun hisoblanadigan foizlar stavkasi yiliga
15%dan 18%gacha belgilanadi. Ipoteka kreditidan foydalanish uchun
42
hisoblanadigan foizlar stavkasi qarz oluvchi depozit hisob raqamiga kiritgan o’z
mablag’lari miqdoriga bog’liq holda belgilanadi:
a) Berilayotgan kredit miqdorining 30 % gacha pul mablag’lari kiritilganda
- foizlar stavkasi yiliga 18 % miqdorida belgilanadi.
b) Berilayotgan kredit miqdorining 30 % dan 40 % gacha pul mablag’lari
kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 17 % miqdorida belgilanadi.
v) Berilayotgan kredit miqdorining 40 % dan 50 % gacha pul mablag’lari
kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 16 % miqdorida belgilanadi.
g) Berilayotgan kredit miqdorining 50 % va undan ortiq miqdorda pul
mablag’lari kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 15 % miqdorida belgilanadi.
Yosh oilalarga berilayotgan kredit miqdorining 25 % dan kam bo’lmagan
miqdorda depozit hisob raqamiga pul mablag’lari kiritilganda - ipoteka
kreditidan foydalanish uchun foizlar stavkasi yiliga 14 % miqdorida belgilanadi.
Bunda qonunchilikka muvofiq yosh oila toifasiga birinchi marotaba oila qurgan
va yosh er-xotinning har birining yoshi 30 yoshdan oshmaganlar kiradi.
Yosh oilaga beriladigan ipoteka krediti bo’yicha uch yillik asosiy qarzni
to’lash imtiyozli davr beriladi, imtiyozli davr tugagan sananing keyingi kunidan
kreditni qoplash bo’yicha to’lov boshlanadi.
“Asaka” DATB tomonidan pulli-shartnomaviy asosda oliy o’quv
yurtlarining kunduzgi bo’limlariga o’qishga kirgan talaba – O’zbekiston
Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalariga `yoki vasiylariga (quyida
matnda “qarz oluvchi” deb ataladi) ta’lim kreditlarini taqdim etadi.
Bakalarvriatga o’qishga kirgan shaxslarga ta’lim krediti 10 yil muddatga,
magistraturaga o’qishga kirgan shaxslarga ta’lim krediti 5 yil muddatga beriladi,
bunda ushbu muddat ichiga oliy o’quv yurtida o’qish davri kiritiladi.
Muddatli harbiy xizmatini o’tash davri ushbu muddat ichiga kiritilmaydi.
Mazkur Yo’riqnomaga muvofiq “Asaka” Davlat Aksiadorlik Tijorat banki
tomonidan taqdim etilgan ta’lim kreditlari bo’yicha quyidagi miqdorlarda foiz
stavkalari belgilangan:
43
Yetim, “Mehribonlik” bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga, bolalikdan I va II
guruh nogironlariga foiz stavkasi nolga teng (foizsiz kredit).
Talabalarning qolgan toifalariga – O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan, o’zgaruvchan
foiz stavkasi bo’yicha.
“Asaka” DATB tomonidan ta’lim kreditlari bo’yicha hisoblanadigan foiz
stavkalari va foiz to’lovlari miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi o’zgarishiga bog’liq holda
o’zgarishi mumkin va kredit shartnomasida ushbu holat ko’rsatilgan bo’lishi
kerak.
Kam ta’minlangan oila a’zosi – talaba uchun kreditga hisoblangan
foizlarning 50% Bandlikka ko’maklashish Davlat Jamg’armasi mablag’lari
hisobiga (quyida matnda “jamg’arma” deb ataladi) tuman Bandlikka
ko’maklashish markazlari tomnidan amalga oshiriladi. (08.05.2007 yildagi O’zR
VMning 95-sonli Qarorining xatboshi).
Iste’mol ehtiyojlariga kredit O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga
ularning yashash joylaridagi “Asaka” bankning hududiy filiallari tomonidan
quyidagi shartlarda beriladi:
-
Muddati – uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha;
-
Miqdori – 10 mln. so’mgacha;
-
Kreditni to’lash tartibi – har oyda bir miqdorda pul mablag’larini kiritish
yo’li bilan;
-
Foiz stavkasi – yiliga 14%, kredit bo’yicha foizlar har oyda to’lanadi;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat banklari tomonidan
yosh oilalarga imtiyozli asosda kredit berish to’g’risida”gi Nizomiga
(18.07.2007 yil, 1697-sonli) muvofiq, yosh oila toifasiga kiruvchi qarz
oluvchilarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
-
Kredit olingandan so’ng 6 oylik imtiyozli davr. Imtiyozli davr tugagandan
so’ng keyingi oydan boshlab asosiy qarz bo’yicha har oyda bir xil miqdorda
to’lov amalga oshiriladi;
44
-
Foiz stavkasi – yiliga 12%, kredit bo’yicha foizlar har oyda to’lanadi;
-
Imtiyozli davrda foizlar hisoblanmaydi va undirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |