32
Strategik rejani ishlab chiqish jarayonida kiritilishi mumkin bo’lgan
korrektivalar (o’zgatirishlar).
Bunday o’zgartirishlar makro va mikro muhitning joriy omillariga bank
strategiyasining moslashuvchanligini ta’minlashga yo’naltiriladi. Strategik
boshqaruv samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi
xavflardan biri dogmatizm,
ya’ni xo’jalik sub’ekti faoliyati sharoitlarining haqiqiy holatini inobatga
olinmasligidir. Strategik rejani korrektirovkalash zarurati ikki omil ta’siri ostida
yuzaga kelishi mumkin:
-
strategik rejani ishlab chiqish jarayonida kredit muassasasi faoliyati
sharoitining o’zgarishi;
Misol: bunday vaziyatni aniqlashtiradigan tashqi omil tariqasida
harakatdagi qonunchilik normalarining o’zgarishi,
ichki omil sifatida - yangi
strategik hamkorning paydo bo’lishi va bankning bozor pozitsiyalarining
yaxshilanishi bo’lishi mumkin.
-
strategik rejani ishlab chiqilishida yo’l qo’yilgan kamchiliklarning
operativ rejalashtirish jarayonida aniqlanishi.
Misol: bankning operativ moliyaviy rejasi bo’lgan byudjetni ishlab
chiqishda defitsitning mavjudligi aniqlanadi, mutaxassislarning fikricha buning
sababi moliyaviy strategiyada (ya’ni, strategik rejaning bir qismida)
juda katta
maqsadlarning nazarda tutilishidir.
Strategik rejani ishlab chiqishning yakuniy bosqichida, strategik reja
muvaffaqiyatli bajarilishi hisobiga, olinishi mo’ljallanayotgan
moliyaviy
paramentlar (nazorat ko’rsatkichlari) hisob - kitob qilinadi. U derektiv emas,
balki bashorat xarakteriga ega bo’ladi. Xorijiy banklar bunda zamonaviy
informatsion texnologiyalar asosida matematik modellashtirish usullaridan
foydalanadi.
Rejalashtirish natijalari rejalashtirilayotgan davr
davomida barcha tegishli
parametrlar dinamikasini aks ettirishi va bankning asosiy muassislari bilan
kelishilgan bo’lishi shart.