Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

-
ilgari tasniflangan missiyani amalga oshirishga 
yo’naltirilgan, nizom faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha bankning keng 
ko’lamli masalalari. 
Strategik maqsadlarni aniqlashda hisobga olinadigan omillar: 
-
bankning ichki resurslari (birinchi navbatda moliyaviy, informatsion va 
mehnat) - ustuvor omil sifatida; 
-
muassislar tomonidan qo’yilgan talablar (bank rentabelligining reja 
darajasi, ixtisoslashish yo’nalishi va x.k.); 
-
ichki va tashqi muhitning chegaralovchi va qo’llab - quvvatlovchi 
omillari (qonunchilik, raqobatchilar, mijozlar, personal, texnoolgiyalar va x.k.); 
-
bankning korporativ madaniyati. 
Belgilangan maqsadlarga qo’yilgan metodologik talablar: 
-
reallik, ya’ni ularga amaliy jihatdan erishishning mumkinligi (birinchi 
navbatda bankda mavjud bo’lgan resurslar bilan aniqdanadi) - bosh talab 
sifatida; 
-
aniqlik, ya’ni bevosita bajaruvchilar tomonidan bir xilga tushunilishi va 
talqin qilinishi; 
-
o’lchovlilik, ya’ni ularni miqdoriy tasniflash mumkinligi; 
-
vaqt davomidagi yo’naltirilganlik, ya’ni qo’yilgan maqsadlarni vaqt 
nuqtai - nazaridan differentsiyalanishi - uzoq muddatli, o’rta muddatli va joriy 
va ularga erishishning aniq muddalarini belgilash; 
-
bir xillilik, ya’ni bank faoliyatining turli yo’nalishlari bo’yicha maqsadlar 
qarama - qarshiligining mumkin emasligi. 
“Maqsadlar daraxti” - ierarxik ketma - ketlikda bir - biridan kelib chikuvchi 
bank strategik maqsadlari jamlanmasi bo’lib, quyidagi strukturaviy 
elementlardan iborat: 
“Ildizlar” - nizom faoliyatini olib borishda ishlatiladigan resurslarning 
kelib tushishining quyidagi manbalari jamlanmasi: 


29 
-
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash manbalari (banklarimiz uchun 
ustuvor); 
-
informatsion resurslar bilan ta’minlash manbalari (xorij banklari uchun 
ustuvor); 
-
mehnat resurslari bilan ta’minlash manbalari (bankning mintakaviy 
joylashuviga ustuvor bog’liq); 
-
texnologik resurslar bilan ta’minlash manbalari; 
-
moddiy - texnik resurslar bilan ta’minlash manbalari. 
Izoh:qo’yilgan strategik maqsadlar masshtabi resurs ta’minoti sifatiga 
bevosita bogliq. Shuning uchun bank rahbariyati bozordagi faoliyati davomida 
resurs bazasini yaxshilash uchun doimiy ravishda barcha imkoniyatlardan 
foydalanishi zarur. 
“Daraxt tanasi”
 -
bank missiyasi va undan kelib chiqadigan bozor faoliyati 
strategiyasi (strategik rejani ishlab chiqishning 6 - bosqichi). 
“Daraxt tanasidan o’sib chiqqan asosiy shoxlar”
-
bank nizom faoliyati 
yo’nalishlari bo’yicha strategiyalar: 
-
moliyaviy strategiya; 
-
marketing strategiyasi; 
-
xodimlar strategiyasi; 
-
o’z xavfsizligi ta’minlash strategiyasi; 
-
risklarni boshqarish strategiyasi. 
“Boshqa shoxlar”
-
yuqoridan ko’rsatilgan strategiyalar doirasidagi 
siyosatlar: 
Marketing strategiyasi doirasida: 
-
assortiment siyosati (xizmatlar assortimentini boshqarish soxasida 
ustuvor yo’nalishlar); 
-
bozorning yangi segmentlarini egallash siyosati (bozorning yangi 
segmentiga kirib borish yoki chiqish usullari soxasidagi ustuvor yo’nalishlar); 
-
baho siyosati (narxni shakllantirga strategik yondashuvlar); 


30 
-
reklama siyosati (reklama faoliyatini tashkil qilish soxasidagi ustuvor 
yo’nalishlar). 
-
Moliyaviy strategiya doirasida. 
-
joriy likvidlilikni ta’minlash siyosati (mablag’larni jalb qilish va 
joylashtirish muddatlarini muvofiqlashtirishga strategik yondashuvlar); 
-
foiz siyosati (jalb qilinadigan va joylashtiriladigan moliyaviy resurslar 
bo’yicha foiz stavkalari diapazonini boshqarishga strategik yondashuvlar); 
-
emission siyosat (mablag’larni jalb qilish uchun qimmatli qog’ozlar 
bozoridagi faoliyatning strategik ustuvor yo’nalishlari); 
-
depozit siyosati (jismoniy va yuridik shaxslar depozitlari bozorida 
faoliyatni tashkil qilishning strategik ustuvor yo’nalishlari); 
-
kredit siyosati (bank ssuda portfelini boshqarishda strategik ustuvor 
yo’nalishlar); 
-
fond siyosati (qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarishdagi strategik 
ustuvor yo’nalishlar); 
-
dividend siyosati (dividendlarni hisoblash va to’lashning umumiy 
tartibini aniqlashga strategik yondashuvlar). 
Xodimlar strategiyasi doirasida: 
-
xodimlar sonini tartibga solish siyosati; 
-
xodimlarni rivojlantirsh siyosati; 
-
xodimlar motivatsiyasi siyosati; 
-
ijtimoiy siyosat. 
Xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi doirasida: 
-
tijorat risklarini boshqarish siyosati; 
-
moliyaviy risklarni boshqarish siyosati; 
-
xodimlar riskini boshqarish siyosati; 
-
texnologik risklarni boshqarish siyosati; 
-
boshqaruv risklarini boshqarish siyosati. 
“Barglar” - yuqorida ko’rsatilgan siyosatlar doirasidagi aniq strategik 
maqsadlar. 


31 
“Mevalar”
 
- yuqorida tasniflangan maqsadlar ta’minlab beradigan bank 
faoliyatining moliyaviy va boshqa natijalari hamda rejalashtirilayotgan bozor 
pozitsiyasi. 

Bankning bozor faoliyati strategiyasi. 


Bu bosqich strategik rejalashtirish texnologiyasining eng muhim 
elementlaridan biri hisoblanadi. Uning maqsadi - strategik modelni tanlashdir. 
Ushbu model asosida raqobatchilar, mijozlar va boshqa biznes xamkorlar bilan 
munosabatlar shakllantiriladi. Bozor faoliyatining ularga adekvat bo’lgan 
variantini to’g’ri tanlash kredit muassasasiga uzoq muddatli tijorat va moliyaviy 
muvaffaqiyat keltiradi. Xatoliklar o’z navbatida katta yo’qotishlarga olib keladi. 
Optimal variantni tanlashga qo’yilgan talablar shuningdek, ulardan istalgani 
bank faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha kompleks strategik tadbirlarni 
amalga oshirilishini taqozo qilishi bilan kuchayadi. Buni quyidagi sxemada 
ko’rish mumkin. (2-rasm) 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin