18
1.2. Tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari huquqiy asoslari
Har qanday xo‘jalik sub’yektlari kabi tijorat banklarining faoliyatini
pirovard maqsadi daromad topishdan iboratdir. Xalqaro amaliyotda tijorat
banklarining o‘zlik va jalb etilgan mablag‘lardan ma’lum daromad topish uchun
olib boradigan faoliyati aktiv operatsiyalar deb nomlanadi. O‘z mohiyatiga
asosan tijorat banklarining o‘zlik va yuridik hamda jismoniy shaxslarning
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etilgan mablag‘laridan o‘z
nomidan ma’lum daromad topish uchun olib boradigan faoliyati aktiv
operatsiyalar hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda tijorat banklarining olib
boradigan aktiv operatsiyalari juda turli tumandir, lekin iqtisodiy adabiyotlarda
aktiv operatsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi asosiy guruxlarga ajratiladi:
- yuridik va jismoniy shaxslarga turli muddatlarga, turli maqsadlarga ham
turli shartlar asosida kreditlar berish;
- bank mijozlariga turli vositachlik xizmatlarini ko‘rsatish;
-lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalarini amalga oshirish;
- investitsiya loyixalarini amalga oshirish;
- davlat va boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlariga o‘z nomidan
va o‘z hisobidan investitsiyalar qilish;
- bank mijozlariga kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
- mijozlarga boshqa turdagi an’anaviy va noan’anaviy bank xizmatlarini
ko‘rsatish.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida amaldagi
qonunchilik tomonidn belgilangan me’yorlarga amal qilishlari lozim.
Tijorat banklari o‘zlarining faoliyati uchun o‘rnatilgan likvidlik darajasini
saqlab turishlari hamda aktiv operatsiyalarni turlari bo‘yicha yuzaga chiqishi
mumkin bo‘lgan qaltisliklarni (risklarni) oqilona taqsimlashlari shart.
Amaliyotda daromad keltirish darajasiga asosan tijorat banklarining aktivlari
asosan ikki guruhga, ya’ni daromad keltirmaydigan va daromad keltiradigan
aktivlarga ajratadilar. Albatta ushbu guruhlash aktivlari ikki asosiy guruhga
ajratiladi.
19
Lekin bizning fikrimizcha, ushbu guruhlashda ayrim omillar inobatga
olinmagan. Masalan kassadagi pul aktivlari bank likvidligini ta’min-laydigan
lekin daromad keltirmaydigan aktivga kiritilgan. Bizning fikrimizcha, tijorat
banklari aktivlarini quyidagi uch guruxga ajratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
1.
Daromad keltirmaydigan, lekin bank faoliyatini ta’minlaydigan
aktivlar. Ushbu aktivlar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
hisobraqamidagi majburiy zahiralar summasi, asosiy vositalar va kam baholi tez
eskiruvchan buyumlar hamda boshqa aktivlar.
2.
Kam daromad keltiradigan, lekin bank likvidligini ta’minlaydigan
aktivlar. Ushbu aktivlar tarkibiga kassadagi pul mablag‘lari va unga
tenglashtirilgan hujjatlar, davlat o‘rta muddatli hazina majburiyatlari, davlat
qisqa muddatli obligatsiyalari kiradi.
3.
Yuqori daromad keltiradigan, lekin yuqori qaltislik darajasiga ega
aktivlar. Ushbu aktivlar tarkibiga kreditlar, lizing, faktoring, forfey-ting,
korporativ qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar, xorijiy valyutalar va boshqa
aktivlarning kiritish mumkin. Tijorat banklarining aktivlarini yuqoridagi tartibda
guruxlash, bizning fikrimizcha aktivlarni mohiyatini to‘laroq ochib beradi deb
hisoblaymiz.
Bank aktivlari quyidagi asosiy pozitsiyalardan tashkil topgan:
Naqd aktivlar. Bank moliyaviy hisobotining birinchi aktivi odatda naqd pul
va “Nostro” tipidagi depozitlar hisoblanadi. Ushbu moddani, ya’ni bank
kassalaridagi naqd pullar, boshqa banklarda joylashtirilgan barcha depozitlar,
inkassatsiya qilish jarayonidagi mablag‘lar hamda Markaziy bankdagi majburiy
zahira fondidagi mablag‘larni ko‘p holatlarda «birlamchi zahiralar» deb
atashadi. Chunki ko‘zda tutilmagan holatlarning yuzaga kelishi va majburiyatlar
tezlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan paytda ushbu aktivlar bankning «birinchi
himoya chizig‘i» bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, bank bu moddani imkon qadar
past darajada ushlab turishga harakat qiladi, negaki naqd pul mablag‘lari deyarli
daromad keltirmaydi.
20
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar. Bu modda bankning “ikkinchi
himoya chizig‘i” bo‘lib, likvidli qimmatli qog‘ozlarga moliyaviy qo‘yilmalardir.
Bu pozitsiyani ko‘p hollarda “ikkilamchi zahiralar’ deb atashadi. Unga
odatda davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar
kiradi. Shuningdek, bu pozitsiyada pul bozorining qimmatli qog‘ozlar, boshqa
banklardagi muddatli foizli depozitlar hamda tijorat qimmatli qog‘ozlari aks
ettirilishi mumkin. “Ikkilamchi zahiralar” naqd pul va kreditlar o‘rtasidagi
pozitsiyani egallab, ma’lum miqdordagi daromad olishni ta’minlaydi va
likvidlikni ta’minlashning ikkilamchi manbasidir.
Kreditlar. Hech bir shubhasiz banklarning eng yirik aktivlari bo‘lib
kreditlar hisoblanadi va aksariyat hollarda jami aktivlar hajmining diyarli
uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Balansda kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar
bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirishda ikkita raqam ishlatiladi. Birinchisi, kredit-
brutto bo‘lib, unda bank tomonidan berilgan jami kreditlar miqdori (jumladan,
prolongatsiya qilinganlari) ko‘rsatiladi. Ushbu summadan kreditlar bo‘yicha
joriy va ehtimoliy zararlar zahirasi summasini chegirib tashlasak sof kredit,
ya’ni kredit-netto aniqlanadi.
Bank hisobida yuritiladigagn kreditlar kategoriyasidan biri harakatsiz yoki
muddati o‘tgan va kamaymaydigan kreditlardir (“o‘stirmaslik” maqomi berilgan
aktivlar). Mavjud normativ hujjatlarga ko‘ra, o‘rnatilgan to‘lov grafigiga
nisbatan 180 kun davomida to‘lanmagan kreditlar shu kategoriyaga kiritiladi.
Kredit harakatsiz (umidsiz) deb topilganidanoq, hisoblangan, ammo bank
tomonidan kirim qilinmagan foizlar daromaddan chegiriladi yoki balans
hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Kelgusida kredit bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar, foizlarni
hisoblash va hisobga olish to‘xtatiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, to‘lovlar
birinchi navbatda hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyingi
navbatda esa kreditning asosiy qarzini to‘lashga yo‘naltiriladi (O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining “Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomi,
21
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 24 yanvarda 1304 son
bilan ro‘yxatga olingan).
Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari. U odatda, yirik banklar o‘z
mijozlari uchun akseptni moliyalashtirish ko‘rinishidagi kredit berilishi
mumkinligini ko‘zda tutadilar. Bu maqsadda ishlatiladigan mablag‘lar aktivlar
bo‘limida akseptlar bo‘yicha to‘lanmagan majburiyatlar nomi bilan hisobga
olinadi. Bu moddaning summasi bank mijozni kreditlash yuzasidan (odatda,
xorijdan tovarlarni import qilishda yordam berish uchun) qo‘llashga rozilik
bergan paytida ko‘payadi. Bu holatda bank aksept (ya’ni akkreditiv) berish yo‘li
bilan uchinchi shaxsga (masalan, xorijiy tovar eksporterini) kelgusida, aksept
bergan bank ma’lum summani to‘lashi zarurligi ko‘rsatilgan aylanma vekselni
yozish huquqini o‘tkazadi. Belgilangan muddat yoki u kelgunga qadar bankning
aksept olgan mijozi ko‘rsatilgan summani to‘liq to‘lashi kerak. O‘z navbatida,
bank – emitent o‘rnatilgan muddatda aylanma vekselning yuza tomonida
ko‘rsatilgan summani ushbu moliviy instrument egasiga to‘lashi zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda bank akseptlari xalqaro savdoni moliyalashtirishda keng
qo‘llaniladi.
Ikkinchi darajali aktivlar. Bank aktivlari jumlasiga bino va inshootlarning
sof qiymati (amortizatsiya ajratmasi hisobga olingan holda), shu’ba
korxonalarga investitsiyalar va boshqa uncha ahamiyatli bo‘lmagan
pozitsiyalarni kiritishimiz mumkin. Moddiy mablag‘larning qiymati, ya’ni bino
va uskunalarga sarflangan fiksatsiyalangan aktivlar odatda aktivlar hajmida kam
salmoqni tashkil qiladi.
Bank xizmatlarining ulgurji iste’molchilariga turli xo‘jalik yurituvchi
xo‘jalik sub’ektlari sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va
qishloq xo‘jalik korxonalari tashkil etadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Banklar tomonidan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim
etilgan kreditlar bir yilda 36 foizga, tadbirkorlar va xususiy shahslarga berilgan
22
mikrokreditlar miqdori esa 70,0 foizga ko‘payadi. Ma’lumki kichik biznes
tarkibida asosiy ulushni fermer va dehqon xo‘jaliklari egallaydi. Hozirda
respublikamizda 200,0 mingdan ortiq fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda va ularda 1,5 million kishi mehnat qilmoqda.
4
Xuddi ushbu
omil esa banklarning kredit faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning asosiy
sababi kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga amaldagi qonunchilikka asosan
imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan. Imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz
stavkasi nisbatan past belgilangan.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini tahlili.
Tijorat bankini boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi tashkilot va
muassasalaridan farqi hamda faqatgina o‘ziga xos xususiyatiga ega muassasa
deb nomlash mumkin. Tijorat banki davlatning, yuridik shaxslarning hamda
aholining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qaytarib berishlik, to‘lovlilik va
muddatlilik shartlari asosida jamlab ulardan o‘z nomidan ma’lum daromad olish
maqsadida joylashtirish faoliyatini amalga oshiradigan muassasadir. Tijorat
banklarining o‘z faoliyatini olib borish uchun pul resurslarining asosiy qismini,
ayrim hollarda 90 foizgacha aynan jalb etilgan mablag‘lar tashkil etadi va bu
ularni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan ajratib turadi. Tijorat
banklarining asosiy faoliyati bu vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini kreditorlar va
qarzdorlar o‘rtasida hamda sotuvchilar va haridorlar o‘rtasida yurishishini
vositachisi sifatida olib borish hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki,
iqtisodiyotda pul mablag‘larini joylashtirish yuzasidan faoliyati ixtisoslashgan
moliya-kredit institutlari, ya’ni investitsiya fondlari, kredit uyushmalari va
sug‘urta kompaniyalari ham olib boradilar. Lekin tijorat banklarining mamlakat
moliya bozorida faqatgina o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan
iborat:
- birinchidan, tijorat banklari faoliyati uchun qarz majburiyatlari yuzasidan
ikki tomonlama tasnif mavjud. Ular birinchi tomondan yuridik va jismoniy
shaxslar uchun muomalaga o‘zlarining qarz majburiyatlarini, ya’ni aksiyalar,
4
www.stat.uz
rasmiy sayti ma’lumotlari.
23
depozit sertifikatlari, depozit-jamg‘arma sertifikatlari, obligatsiyalar va veksellar
chiqaradilar. Ikkinchi tomondan esa tijorat banklari o‘z faoliyatida qo‘shimcha
daromad olish maqsadida boshqa elementlarning, shu jumladan davlatning
muomalaga chiqargan qarz majburiyatlarini (aksiyalar, obligatsiyalar, hazina
majburiyatlari) sotib oladilar;
- ikkinchidan, tijorat banklari o‘z nomidan muomalaga chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, depozit va depozit jamg‘arma sertifikatlari,
veksellar) bo‘yicha qat’iy belgilangan foizlar bo‘yicha sarmoyalarga daromad
to‘lanishi majburiyatini oladilar. Investitsiya fondlari esa daromad to‘lanishi
yuzasidan barcha qaltisliklarni sarmoyadorlar zimmasiga yuklaydilar.
Tijorat banklarining resurs bazasi ikkita manbadan tashkil topadi:
- o‘z mablag‘lari (aksiyadorlik kapitali) va unga tenglashtirilgan resurslar
(qo‘shimcha kapital, taqsimlangan foyda, zahira fondlari);
- jalb qilingan mablag‘lar.
Biz ilmiy izlanishimizning quyidagi chizmasida tijorat banklarining resurs
bazasini tarkibini keltiramiz. (1- rasm)
Dostları ilə paylaş: |