Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


Bitiruv malakviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

Bitiruv malakviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati.
Tijorat 
banklarining aktiv va passiv operatsiyalari bilan bog’liq muammolar bo’yicha 
o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik olimlari qatoriga V.Afanasev, 
V.A.Rube, L.S.Blyaxman, Yu.Kochevrin, V.Ramzes, L.I.Razumnova, A.Shulus, 
V.S.Puchkov, S.Ablyaev, F.Xayek, R.S.Bekov, Z.I.Blagova, A.A.Irbasheva va 
boshqalarni alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu muammolar bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasida bank moliya-kredit masalalarini o’rganishda 
Respublikaning bir qator iqtisodchi olimlari Yo.A.Abdullaev, Sh.Z.Abdullaeva, 
T.S.Malikov, 
O.O.Olimjonov, 
X.R.Sobirov, 
A.G’.Xusanboyev, 
M.Sh.Sharifxo’jaev, 
A.O’.O’lmasov, 
A.Q.Qodirov, 
S.S.G’ulomov, 
D.G’.G’ozibekovlarni ko’rsatish mumkin. Iqtisodchi olimlar tomonidan olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, tijorat banklarining aktiv 
va passiv operatsiyalarini samarali boshqarish masalalari amaldagi huquqiy-
me’yoriy hujjatlarda va ushbu sohadagi iqtisodiy adabiyotlarda hamda 
olimlarning ilmiy asarlarida to’liq o’z ifodasini topmagan. Demak, bu sohada 
jiddiy, ilmiy izlanishlar olib borish kerakligini taqozo etadi. 
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
BMI tarkibiy 
jihatdan kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



I BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA AKTIV VA PASSIV 
OPERATSIYALARNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Tijorat banklarida aktiv va passiv operatsiyalari va uning o’ziga 
xos xususiyatlari 
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 
banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat 
banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i 
oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil 
qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari 
kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi. 
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud: 
1.
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li 
bilan resurslar yig‘ish; 
2.
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar 
summasini oshirish; 
3.
Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish; 
4.
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish. 
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan va 
emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi 
shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va kolgan oxirgi ikki 
shaklida kredit resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. 
Banklarning o‘z mablag‘lariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, 
maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan 
fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 
foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. 
Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali 
egallaydi. Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan 
kapitalning bir qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan 
rezerv fond, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning o‘z kapitali bank 



kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank faoliyatining barqarorligini 
ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. 
Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini 
boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning 
shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank 
aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki 
fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning 
ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning 
barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab 
beriladi. 
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav 
fondi summasining oshirilishi bank aksionerlari tomonidan umumiy majlisda hal 
qilinadi. 
Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi 
bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning ustav kapitalini 
tashkil qilish mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul 
mablag‘larini jalb qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav 
kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. 
Bank faoliyatining boshlang‘ich bosqichlarida bankning o‘z mablag‘lari 
hisobidan birinchi navbatdagi bank harajatlari (yer, bino, asbob-uskuna, ish 
haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga 
qo‘yilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. 
Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari 
bilan chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab beradi. 
O‘zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida o‘rnatilgan. 
Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi 
mumukin. Bular:
a) o‘z aksioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va 
sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda hisobidan yuzaga keladi;



b) har xil ko‘zda tutilmagan harajatlarni va to‘lanmagan qarzlarni qoplash 
uchun tashkil qilingan rezervlar;
v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va 
obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. 
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga 
hosil bo‘ladi va ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog‘ozlar 
kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. 
Taqsimlanmagan foyda - rezerv fondiga ajratmalar va devidendlar 
to‘langanidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir. 
Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda 
banklarning sinishiga olib keladi. 
AQShda kattaligi bo‘yicha yigirmanchi o‘rinda turuvchi «Franklin neyshnl 
bank»ni sinishining sabablaridan biri, bu bankning o‘z kapitali hissasining bank 
balansida keskin qisqarishi bo‘ldi. Xuddi shu sabab, 1979 yil aktivida 250 mln. 
dollar va 44 ming omonatchisiga ega bo‘lgan AQShdagi “Dnuverz neshnl benk 
of Chikago” bankining sinishining asosi hisoblanadi.
2
Iqtisodiy yoki bank inqirozlari davrida passivlar va ularni joylashtirish 
sohasida etarli darajada o‘ylab chiqilmagan siyosat banklarning sinishiga olib 
keladi. 
1980 yillarning ikkinchi yarimida AQShda banklarning bankrotlik soni 
o‘sdi. 1984 yilda AQShda birinchi o‘nlikda turuvchi yirik banklardan biri 
bo‘lgan “Kontinental Illinoys” bankining sinish holatining, hukumatning maxsus 
dasturi orqali oldi olindi. 
Federal rezerv sistema bo‘lgan AQSH Markaziy banki o‘z ixtiyoriga olgan 
bir necha milliard AQSH dollarini muvofiqlashtiribgina qolmay, balki 
depozitlarni sug‘urtalash Federal uyushmasi va AQSH moliya ministrligi bilan 
birga bank to‘lash qobiliyatini mustahkamlash sohasida kafili sifatida chiqdi. 
Tijorat banklari sinishlarining eng ko‘pi 1988 yilga to‘g‘ri kelgan. 
2
 
www.ereport.ru
 rasmiy sayti 



Iqtisodiy ko‘tarilish tufayli AQShda tijorat banklari sinishining soni 
o‘zining avvalgi holiga tushgan. Shu tufayli 1994 yilda faqatgina 13 ta tijorat 
banklari singan. 
Shu bilan birga, muammoli, ya’ni moliyaviy holati beqaror bo‘lgan banklar 
soni yuqoriligicha qolmoqda. 
Bankning emitentlashgan mablag‘lari. Banklar mijozlar mablag‘laridan 
yetarli darajada uzoqroq foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordirlar. 
Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni 
chiqarish yo‘li bilan o‘z resurslarini miqdorini ko‘paytirib boradilar. 
Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko‘rinishida emitentlashadi. Hozirgi 
davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu 
obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga ko‘ra milliy 
valyuta yoki AQSH dollarida yoki boshqa chet el valyutasida to‘lanishi 
mumkin. 
Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilda ikki marta ularni to‘lash 
majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. Buning uchun mijoz ko‘rsatilgan 
muddatdan bir hafta oldin mablag‘larni olishi to‘g‘risida bankka xabar berishi 
shart. Bank passivlarida 90-yillar davomida bankning o‘z mablag‘lari 
miqdorining qisqarishi davom etdi va xorijiy mamlakatlar kabi bizning 
banklarimizda ham jalb qilingan resurslar salmog‘i oshdi. Yangi resurslarni 
jalbqilishda yirik va mayda banklar foydasiga, nomutanosibliklar ko‘paydi. Jalb 
qilingan mablag‘larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta sotib 
olish to‘g‘risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. 
Mobilizatsiyalashgan pul mablag‘larini banklar mijozlarni kreditlash uchun 
va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 
foydalaniladi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. 
Bankning aktiv operatsiyalarida asosiy o‘rinni ularning kredit yoki ssuda 
operatsiyalari egallaydi. 


10 
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar moddiy boyliklar, 
tovarlar va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga beriladi. 
Banklarning mijozlarga beradigan ssudalari yoki kreditlarning muddatidan 
kelib chiqib, ular muddatli va onkol kreditlar (inglizchadan on call –talab 
bo‘yicha)ga bo‘linadi. 
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar moddiy boyliklar, 
tovarlar, veksellar, fondlar (qimmatli qog‘ozlar) va boshqalar bilan ta’minlangan 
kreditlarga bo‘linadi. Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish 
bo‘yicha operatsiyalar va veksellar bo‘yicha ssudalar berish operatsiyalariga 
bo‘linadi. Veksellarni qayd qilish deganda bank tomonidan ularni to‘lash 
muddati tugagunga qadar veksellarni sotib olishni tushuniladi. O‘z navbatida 
bank, agarda mablag‘lar bilan ta’minlanganlikda qiyinchilik sezayotgan bo‘lsa, 
Markaziy bankning hududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta 
hisobdan o‘tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib, bank uning vaqtinchalik 
egasi bo‘ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim 
qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul to‘laydi. Bu operatsiya uchun bank 
mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb ataluvchi ma’lum foiz undiradi. 
Diskont - bu vekselda ko‘rsatilgan summa bilan veksel egasiga 
to‘lanadigan summa o‘rtasidagi farqdir. Ba’zi davlatlarda banklar o‘zlarida 
alohida mijozlarning kreditlash qobiliyatini o‘rganuvchi ayrim korxona va 
shaxslar veksel hisobi limitini o‘rnatuvchi hisob bo‘yicha qo‘mitalarni tashkil 
etadilar. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tijorat, moliyaviy va “do‘stona” (bronza) 
veksellarini farqlash kerak. 
Tijorat veksellari tovar munosabatlari asosida vujudga keladi. Ular boshqa 
veksellarga nisbatan ishonchlidir. Ko‘pgina veksellar moliyaviy harakterga ega, 
ya’ni ular broker yoki makler tomonidan hisob foizini olish uchun muomalaga 
chiqariladi. Bular faqat bankdan mablag‘lar olish uchun mo‘ljallangan 
“shishirilgan veksellardir”. 


11 
“Do‘stona veksellar” - bu ikki shaxsning har qanday tovar harakatisiz 
bankdan mablag‘ olish uchun bir-birlariga beradigan veksellardir. Tadbirkorlar 
tomonidan chiqarilgan veksellarni «bronza» veksellari deb ham atashadi. 
Bankning aktiv veksel operatsiyalariga aksept va avval operatsiyalar kiradi. 
Akseptli operatsiyada bank o‘zi akseptlashtirayotgan vekselni ishonchli mijozga 
chiqarish huquqini beradi. Ya’ni berilgan veksel bo‘yicha o‘z hisobidan 
to‘lovini kafolatlaydi. Shunday aksept kreditdan foydalanayotgan mijoz veksel 
haqini to‘lash uchun tegishli summani bankka to‘lash majburiyatini oladi. 
Xalqaro miqyosda veksellar bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalar 
1930 yilda qabul qilingan Jenevada tuzilgan konvensiya bilan qat’iy belgilanadi. 
Veksel bo‘yicha beriladigan kreditdan foydalanishning muhim shakli avval 
hisoblanadi. Bunda veksel bo‘yicha haq to‘lash bevosita veksel beruvchi bilan 
amalga oshirilladi. Avval esa haq to‘lashni kafolatlaydi. Aksept – avval 
operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham 
aktiv, ham passiv operatsiyalarga tegishli bo‘ladi. Bank avval veksel 
munosabatlarini 
hamda 
ularning 
boshqa 
banklardagi 
hisob-kitobini 
engillashtiradi. Chunki yirik avvalda hisob va qayta hisoblashda mutlaq tartibda 
amalga oshiriladi. Bir bank tomonidan avvallashgan veksellar boshqa bank 
tomonidan ham hisobga olinadi. 
“Veksel bo‘yicha ssuda” operatsiyasida veksel egasi bo‘lib, avvalgi veksel 
oluvchi qoladi, bank esa uning ta’minoti ostida mijozga veksel qiymatining 50-
70% miqdorida ssuda beradi. Banklar aktiv operatsiyalarining muhim turi 
tovarlar bo‘yicha ssudalar, ya’ni tovarlarni garovga qo‘yib ssuda olish 
hisoblanadi. Hujjatlar, variantlar (tovarlarni omborda saqlash javobgarligi bilan 
qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma), temir yo‘l hujjatlari, konosamentlar 
(yukni 
kemaga 
qabul 
qilinganligi to‘g‘risidagi paroxod jamiyatlari 
guvohnomasi), yuklarni tashishi to‘g‘risidagp hujjat bo‘yicha ssudalar olish 
hisoblanadi. Tovarlar bo‘yicha ssudalar bank tomonidan tovarning to‘liq bozor 
qiymatida emas balki uning bir qismi (odatda, 50-60% dan yuqori bo‘lmaydi) 
beriladi.


12 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo bu tovarlar realizatsiyasi, 
chunki ishlab chiqarilgan va jo‘natilgan tovar o‘z haridorini topmasligi ham 
mumkin. Bozor sharoitida kredit munosabatlarining ma’muriy buyruqbozlik 
tizimidan farqi ham shudir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar mo‘l-ko‘lchiligida oddiy talab emas, 
balki to‘lovga qobiliyatli talab zarurdir. Bozor sharoitida tovar ta’minoti 
bo‘yicha ssuda berayotgan kredit muassasalari risk qiladilar. Agar ssuda o‘z 
muddatida qaytarilmasa, bank tovarlarni xat qilib o‘z ixtiyoriga oladi, ularni 
sotishdan tushgan tushum hisobidan mijozning qarzini qoplaydi. Tovarlar 
bo‘yicha ssudalar ko‘pincha chayqovchilik maqsadlarida ishlatiladi.
3
Ko‘tarilish davrida, tovarlarga bo‘lgan talab o‘sganda, tadbirkorlar - 
baholarning o‘sishini hisobga olib tovarlar realizatsiyasini ataylab to‘xtatib, 
tovar zahiralarini to‘playdilar. Bu xususan, xom ashyo tovarlariga ham 
tegishlidir. Bu holatda ssuda tovarlarnipg haqiqiy realizatsiyasini tezlatmasdan, 
balki sekinlashtiradi hamda chayqovchilik va tovarlarni ortiqcha ishlab 
chiqarilishining rivojlanishiga olib keladi. 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalarining yana bir turi fond 
operatsiyalaridir. 
Turli qimmatli qog‘ozlar uning ob’yekti bo‘lib xizmat qiladi. Banklarning 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarining 2 turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bular 
qimmatli qog‘ozlarni kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilish yo‘li bilan 
ssudalar berish va ularni bank tomonidan o‘z hisobiga sotib olish yo‘li bilan 
operatsiyalar o‘tkazish. 
Qimmatli qog‘ozlar ta’minoti bo‘yicha ssudalar ularning to‘liq bozor kursi 
qiymati bo‘yicha emas, balki ularning ma’lum bir qismi (60-80%) bo‘yicha 
beriladi. Qimmatli qog‘ozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo‘yicha ssudalar 
haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan bog‘langan jarayonga xizmat qiladi. 
Undan tashqari qimmatli qog‘ozlardagi bank investitsiyalari ham mavjud 
bo‘lib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi, bank 
3
Z.D.Niyozov. Pul kredit va banklar. Samarqand 2012 y. 


13 
qimmatli qog‘ozlar portfeli vujudga keladi. Bank tomonidan qimmatli 
qog‘ozlarning harid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik 
qayta sotish yoki kapitalning uzoq muddatga qo‘yilishi yo‘li bilan foyda 
olishdan iborat. Ohirgi yillarda respublikaning ko‘pgina tijorat banklari yuqori 
foyda olish maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini ko‘p miqdorda sotib 
olishdi. 
Chunki qimmatli qog‘ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad 
keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning 
ta’minoti sifatida ko‘chmas mulk, boshqa bank yoki sug‘urta tashkilotining 
sug‘urta kafolati ham qabul qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv 
operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi 
asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
-
kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko‘rib chiqish; 
-
qarz oluvchining to‘lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan 
-
o‘rganib chiqilishi; 
-
kredit qo‘mitasining qarori; 
-
kredit bitimini rasmiylashtirish; 
-
kredit berilishi; 
-
ssuda va u bo‘yicha foiz to‘lashni bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit va uni to‘lash jarayoni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, 
kredit va qarz oluvchi o‘rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. 
Unda kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni 
to‘lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va 
boshqalar ko‘rsatiladi. Ssudani to‘lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini 
muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi 
aniqlanadi. 
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit 
portfelida o‘z ifodasini topadi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining 
mintaqaviy o‘rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini 
tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib 


14 
boradilar va ba’zi hollarda qayta moliyalashtirish va o‘z mablag‘lari hisobidan 
beriladigan kreditlar, masalan, Milliy bank va shunga o‘xshash banklarda qattiq 
valyutada ham ifodalanishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar davlatning qarorlariga asosan 
ustivor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi qayta 
moliyalashtirish va bankning o‘z mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar 
mijoz kreditga layoqatli bo‘lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat 
valyutasida berilishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi, lekin ularning 
faoliyatiga ko‘proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir qiladi. 
Tijorat banklar faoliyatining asosii qismi kreditlar berish va shu asosda foyda 
olishga yo‘naltirilgan bo‘lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog‘i 
ham yuqori bo‘ladi. Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez 
sotiladigan aktivlar va yuqori likvid mablag‘larning mavjudligi bilan 
belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda 
tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan 
yo‘qotishlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan 
foydalanish qoidasi"ga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar 
yuqorida keltirilgan mezonlar bo‘yicha "yaxshi", "standart", "substandart", 
"shuxbali", "umidsiz" yoki "ishonchsiz" kreditlarga tasniflanadi. 
Yaxshi kreditlar. Kreditning bunday sifatda baholanishi, mijozning 
aktivlari, ularning holati bo‘yicha hech qanday gumon yo‘qligidan dalolat 
beradi. Moliyaviy jihatdan barqaror, xo‘jalik oboroti yuqori darajada o‘z kapitali 
bilan ta’minlangan, yuqori rentabellik ko‘rsatkichlariga ega, debitor va kreditor 
qarzlarning aylanish muddati qisqa bo‘lishi lozim. Bu kredit egalari moliyaviy 
barqaror xo‘jalik sub’yekti bo‘lib, u yuqori darajada ta’minotga ega bo‘ladi. 
Bunda asosiy e’tiborni qarz oluvchining avvalgi faoliyatidagi majburiyatlariga 
munosabatiga, oson realizatsiya qilinuvchi aktivlar va yuqori likvidli 
mablag‘lardan tashkil topgan ishonchli kredit ta’minotiga qaratish kerak. Ushbu 


15 
toifadagi kreditlarda qaytarmaslik belgilari mavjud emas, banklar uchun zarar 
ko‘rish imkoniyatlari minimal darajada bo‘ladi, kreditning ta’minlanganligining 
(garov, kafolat va boshqalar) sifati, ta’minlanganlikka olingan mol-mulk, garov 
va boshqalarning tarkibida tez pulga aylanadigan aktivlar va yuqori likvid 
mablag‘lar salmog‘ining ko‘pligi e’tiborga olinadi. Kredit bo‘yicha olingan 
ta’minlanganlik (garov, molmulk va boshqalar) kredit summasi va u bo‘yicha 
foiz stavkalarini to‘lashga yetarli bo‘lgandagina kredit ta’minlangan deb 
baholanishi mumkin. 
Kredit bo‘yicha barcha hujjatlar qonun bo‘yicha rasmiylashtirilishi va bank 
zarur bo‘lganda kreditni undirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur 
(kreditning qaytarilmaslik ehtimoli cheklangan bo‘lsada) kreditning bu guruhida 
mijozning faoliyatidagi ikki asosiy omilga alohida e’tibor berish zarur.
Bular: 
- mijozning oldingi faoliyatidagi o‘z majburiyatlariga bo‘lgan munosabati, 
- kredit bo‘yicha aniq ta’minganlikning (garov, kafolat, mulk va boshqalar) 
bo‘lishi va uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi. 
Standart kreditlar. Bunday kreditlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan kreditni o‘z 
vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan 
muddatda to‘lay olmaslik bo‘yicha uning to‘lov muddatining uzaytirilishi bir 
martagina bo‘lishi va kreditni va u bo‘yicha foizlarni to‘lay olmaslik davri 30 
kundan 60 kungacha, to‘liq ta’minlanmagan kreditlar uchun 30 kun bo‘lgan 
muddatdan oshmasligi lozim. Olgan krediti standart kredit deb topilgan 
mijozlarning moliyaviy ahvoli odatda barqaror bo‘ladi, lekin ma’lum 
vaqtinchalik sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy holat yuzaga 
kelgan bo‘lishi mumkin. Bunday kreditlar qatoriga yaxshi rasmiylashtirilmagan 
kreditlar, garov, ta’minlanganligi bo‘yicha to‘g‘ri hujjatlashtirilmagan yoki 
hujjatlar etarli bo‘lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar bo‘yicha 
10 foiz atrofida rezerv tashkil qilinishi zarur. 
Substandart kreditlar. Bu guruhga kiruvchi kreditlar ularning sifati yetarli 
darajada emasligini bildiruvchi aniq belgilarga ega bo‘ladi. Bu asosan 


16 
kreditlarning bankka qaytib to‘lanishida ma’lum kamchiliklar mavjudligi va 
kreditning ta’minlanganligi sifatida qabul qilingan boshlang‘ich manbalar 
kreditni to‘lash uchun etarli bo‘lmasligi natijasida qarzni to‘lash uchun 
qo‘shimcha manbalarni topish zarurligini ko‘rsatadi. Substandart kreditlar qarz 
oluvchining ishonchli moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyatining yuqori darajasi 
bilan himoyalanmagan. Bu kredit kreditning ta’minlanganligini tashkil qiluvchi 
manbalar ma’lum risklar bilan bog‘liqligini, kreditning joriy holati bo‘yicha 
etarli axborotning mavjud emasligi, garov hujjatlarida ma’lum kamchiliklar 
mavjudligi bilan harakterlanadi. Bu kredit bo‘yicha 60 kundan 30 kungacha 
to‘lanmagan qarzlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu kreditlar moliyaviy ahvoli 
barqaror bo‘lmagan, korxonaning to‘lovga layoqatliligida kamchiliklar bo‘lgan 
hollarda yuzaga keladi. Substandart kreditlar bo‘yicha 25 foiz kreditlar 
to‘lanmasligi mumkin deb xulosa qilinishi va bu kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan 
qarzlarni qoplash uchun 25 foiz rezerv tashkil qilinishi mumkin. 
Shubhali kreditlar. Bu kreditlar yuqorida keltirilgan guruhlardagi 
kreditlarning barcha salbiy tomonlarini o‘zida ifoda qilishi bilan birgalikda 
to‘liq ta’minlanganlikka ega bo‘lmagan, to‘lanish ehtimoli kam bo‘lgan kreditlar 
kiradi. 
Bu kreditlar bo‘yicha olingan kredit yaxshi ta’minlanganlikka ega 
bo‘lganida asosiy qarz bo‘yicha foizlarni to‘lash muddati 180 kundan ortiq 
muddatga kechiktirilgan bo‘lsa, zarar ko‘rish imkoniyati yuqori, biroq ushbu 
kreditlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan omillar mavjudligi 
sababli ularni yo‘qotilgan deb tasniflanishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu guruhga 
kiruvchi kreditlar bo‘yicha 50 foizgacha rezerv tashkil qilinishi lozim. 
Ishonchsiz kreditlar. Bu kreditlar bo‘yicha qarzlarning to‘lanish ehtimoli 
deyarli yo‘q. Agar kredit to‘liq ta’minlamagan bo‘lsa, eng kamida bitta 
muammoli tavsifga ega bo‘lsa, to‘lov muddati 360 kundan oshgan bo‘lsa hamda 
kreditni "shubhali" deb tasniflab bo‘lmasa bunday aktivlar "ishonchsiz" deb 
hisoblanadi Bu aktivlar juda past qiymatga ega bo‘lib, ularni aktivlar sifatida 
hisobga olib borish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun banklar bu 


17 
kreditlarni o‘z balanslarida zarar sifatida hisobga olishlari mumkin. Ishonchsiz 
kreditlar foyda hisobiga buning uchun foyda etmagan hollarda esa bank 
sarmoyasi hisobiga balansdan chiqarilishi mumkin. Bank uchun bu kreditlar 
zarar sifatida tasniflanishi mumkin. 
Bir yil va undan ortiq muddatda harakatsiz bo‘lgan aktivlar, muddati o‘tgan 
va foizlar bo‘yicha qarzlar zarar sifatida tavsiflanishi mumkin. Shu sababli bu 
guruhga kiruvchi kreditlar bo‘yicha 100 foiz rezerv tashkil qilish lozim bo‘ladi. 
Tijorat banklarining kredit portfelini berilgan ssudalarning ta’minlanganlik 
darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
- birinchi darajada ta’minlangan; 
- boshqa ta’minotga ega bo‘lgan; 
- to‘liq ta’minlanmagan; 
- ta’minlanmagan ssudalarga bo‘linadi. 
Birinchi darajada ta’minlangan kreditlar guruhiga to‘liq ta’minlangan 
kreditlar kiradi. Ular quyidagilar bilan ta’minlanadi: 
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolati; 
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati; 
- O‘zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari 
kafolati; 
- erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov; 
- O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari ko‘rinishidagi 
garov; 
- standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo‘yilmalari ko‘rinishidagi 
garov Boshqa ta’minotga ega bo‘lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan 
ta’minlangan kreditlar kiradi: 
- mol-mulk garovi; 
- qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov; 
- boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin