3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi
tijorat banklari faoliyati samaradorligini to‘xtovsiz
oshirib borish jarayonini
boshqarish
amaliyotini
takomillashtirish
borasida
bir
qator
dolzarb
muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining dunyo mamlakatlari tijorat banklarining daromad bazasiga kuchli
salbiy ta’siri yuzaga kelgan.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalar
banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat
banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i
oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil
qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari
kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi.
“Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini
ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami
kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014
yilda
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 10 foizga, tijorat
banklarining kreditlar bo’yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda
kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug’dirdi.”
1
Mobilizatsiyalashgan pul mablag‘larini banklar
mijozlarni kreditlash
uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun
foydalaniladi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi.
Bankning aktiv operatsiyalarida asosiy o‘rinni
ularning kredit yoki ssuda
operatsiyalari egallaydi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini
joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari
deyiladi.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi”. 2015 yil 17 yanvar.
4
Bankning aktiv operatsiyalarida asosiy o‘rinni ularning kredit yoki ssuda
operatsiyalari egallaydi. Ssudalar berilishining ta’minotidan
kelib chiqib
kreditlar moddiy boyliklar, tovarlar va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga
beriladi. O’zbekistonda moliya-bank tizimi faoliyati samadorligini ta’minlash,
banklarda aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish masalasida ijobiy
o’zgarishlarga erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib,
bitiruv-malakaviy
ishimizda bankning moliyaviy faoliyatini tashkil etish va boshqarish
masalalarini tadqiq etish, uni rivojlanishi bilan bog’liq
shart-sharoitlarni
o’rganish o’ta muhim bo’lib ushbu ishimizning dolzarbligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: