Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


III BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA AKTIV VA



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

III BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA AKTIV VA 
PASSIVLARNI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
3.1.
 
 Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida «Asaka» DAT bankining 
ishtiroki 
Iqtisodiyotimizga xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilish, bugungi 
kunda, shubhasiz yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida o’ziga 
xos mablag’ manbai bo’lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, mamlakatimiz 
hukumati tomonidan ushbu masalaga keng miqyosda e'tibor qaratilib, bu borada 
bir qator qaror va farmonlarning hayotga tadbiq qilinayotganligi, xorijiy va 
mahalliy sarmoyalarni jalb qilishga ijobiy ta'sir ko’rsatmoqda. 
Yurtimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning kapitallashuv 
darajasi muhim ahamiyatga ega. Bu esa tijorat banklarining korxonalarni 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdagi 
investitsiya jarayonlarida keng ishtirok etishi, shu asosda raqobatbardosh, 
eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi 
bandligini oshirishni ta'minlash bilan bog’liq bo’lgan yirik investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirishda qo’l keladi. 
Shuningdek, tijorat banki kapitalining doimiy o’sishi orqali xorijiy 
banklarning ishonchini qozonishga erishiladi. Bu esa, o’z navbatida, 
mamlakatimizga yanada qo’proq xorijiy banklarning mablag’larini jalb qilishga 
zamin yaratadi. 
“Asaka” DATB mamlakatimizning yetakchi banklaridan biri sifatida yirik 
investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyatiga ega. 2014 yilda bank 
faoliyatida investitsion loyihalarni tanlash, tahlil qilish, ularni milliy va xorijiy 
valyutada kreditlash ishlari yanada rivojlandi. Bunda asosiy e'tibor korxona va 
tashkilotlarning ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va iqtisodiyotning boshqa 
real sektorlari yo’nalishidagi zamonaviy texnologiyalarni respublikamizga 
kiritish hamda yangi ishchi o’rinlarini yaratishga yo’naltirilgan loyihalarni 
moliyalashtirishga qaratilmoqda. 
Investitsiya dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini 


47 
qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy ko’magi katta 
bo’lmoqda. Bank ham bu borada yetarlicha sarmoya yo’naltirib, ishlab chiqarish 
jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga qo’shayotgan 
hissasi yil sayin ortmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi “Davlat 
investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ–2069-sonli qaroriga muvofiq bank 
zimmasiga Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasining “Sanoat 
korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” bo’yicha 5,0 mln. AQSH 
dollari miqdorida va XSRIK (IKRCHS) 13,0 mln AQSH dollari miqdorida 
kredit liniyalarining jalb etilishi rejalashtirilgan. Joriy yilda “Asaka” bank 
tomonidan Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasining 7,2 mln. AQSH 
dollari miqdoridagi va XSRIKning 29,0 mln. AQSH dollari miqdorida 
mablag’lari 
jalb 
qilingan. 
Jahon 
banki 
Xalqaro 
Rivojlanish 
Assotsiatsiyasining 7,21 
mln. 
AQSH 
dollari 
miqdoridagi mablag’lari 
o’zlashtirildi. 
Lizing amaliyotlari bo’yicha.
 
2014 yilda 152 ta xo’jalik sub’ektlariga 
ko’rsatilgan lizing xizmatlari natijasida 625 tadan ortiq yangi ish o’rinlari 
yaratildi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash uchun 
mablag’lar ajratildi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 128,3 
foizga ko’paydi. 
Ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 
ajratilgan mikrokreditlar hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 132,9 foizni 
tashkil etdi. Ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashga ajratilgan kredit 
mablag’lari o’tgan yilning mos davriga nisbatan 134,1 foizni tashkil etdi. 
O’zR Prezidentining PQ-308-sonli va PQ-842-sonli qarorlarga asosan 
qoramol sotib olishga ajratilgan mikrokreditlar hajmi o’tgan yilning shu davriga 
nisbatan 130,1 foizni tashkil etdi; 


48 
O’zR Prezidentining PQ-1047-sonli qaroriga asosan oziq ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar o’tgan yilning shu davriga 
nisbatan 128,8 foizni tashkil etdi; 
O’zR Prezidentining PQ-1050-sonli qaroriga asosan nooziq ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar o’tgan yilning shu davriga 
nisbatan 142,6 foizni tashkil etdi; 
Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 
kreditlar hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko’rsatkich 134,0 foizni 
tashkil etdi, shuningdek, Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kreditlar ajratildi. 
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2014 yil davomida “Asaka” bank 
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan 
kreditlar va moliyalashtirilgan loyihalar hisobiga 9 023 ta yangi ish o’rinlari 
yaratildi. 
Bank depozitlari bo’yicha. 
2014 yil davomida bankning jami depozit bazasi (talab qilinguncha, 
jamg’arma, muddatli, depozit va jamg’arma depozit sertifikatlar va 
obligatsiyalar) miqdori ortib bordi. Aholi omonatlari qoldiqlari o’tgan yilga 
nisbatan 123% ko’paydi, shundan muddatli omonatlar o’tgan yilga nisbatan 
133%ga ortdi. 
Bank bo’yicha jami 93 ta omonat turi mavjud bo’lib, shundan 63 tasi milliy 
valyutadagi va 30 tasi xorijiy valyutadagi omonatlar. 
2014 yil davomida bank filiallari kassalariga kirim qilingan naqd pul 
mablag’lari o’tgan yil bilan taqqoslaganda 111%ga ortgan. 
Savdo va pullik xizmat orqali nakd puldagi tushum o’tgan yilga nisbatan 
104% ga ortgan. 
Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlardan 
tushgan tushum 134% ga ortgan. 
Boshqa tushumlar (kommunal xizmatlar, soliqlar, omonat, o’qish pullari) 
o’tgan yilning mos davriga nisbatan 113%ga ortgan. 


49 
Plastik kartochkalar biznesini rivojlantirish bo’yicha. 
Bank tomonidan 1mln. 323ming dona plastik kartochkalar muomalaga 
chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 151 ming donaga ko’paygan. 
2015 yilning 1 yanvar holatiga bank tomonidan 9951 ta terminal 
o’rnatilgan, shundan savdo terminallari 9277 donani tashkil qiladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin