Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


Shuningdek, biz  aktivlarning daromadliligi ko’rsatkichini (ROA) alohida tarkibiy qismlarga  bo’lishimiz mumkin:  4-jadval



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

 
Shuningdek, biz 
aktivlarning daromadliligi ko’rsatkichini (ROA) alohida tarkibiy qismlarga 
bo’lishimiz mumkin: 
4-jadval. 
Bank aktivlari daromadliligini aniqlash
12
 
Mobilizatsiyalashgan pul mablag‘larini banklar mijozlarni kreditlash uchun 
va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 
foydalaniladi. Bankning aktiv operatsiyalarida asosiy o‘rinni ularning kredit 
yoki ssuda operatsiyalari egallaydi. 
Akseptli operatsiyada bank o‘zi akseptlashtirayotgan vekselni ishonchli 
mijozga chiqarish huquqini beradi. Ya’ni berilgan veksel bo‘yicha o‘z hisobidan 
12
Jarkovskaya E.P. Bankovskoe delo. Uchebnik.- M.,OMEGA-L, 2013.-440 s
Bank aktivlari daromadliligini aniqlash (ROA) 
Tenglamaning tarkibiy qismlari 
Tarkibiy qismning mohiyati 
Jami foizli daromad / 
aktivlarning o’rtacha miqdori 
Aktivlardan olingan daromad 
foizli xarajatlar / 
aktivlarning o’rtacha miqdori 
Aktivlarga yo’naltirilgan aktivlar qiymati 


55 
to‘lovini kafolatlaydi. Shunday aksept kreditdan foydalanayotgan mijoz veksel 
haqini to‘lash uchun tegishli summani bankka to‘lash majburiyatini oladi. 
3.3.
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston bank tizimida aktiv va 
passsiv operatsiyalarning rivojlanishi 
 
O’zbekistonni mustaqil davlat maqomida rivojlanishi sharoitida tub 
iqtisodiy iclohotlapning ko’lami yildan-yilga kengayib respublikada yangi milliy 
iqtisodiyot asoslari yaratildi va rivojlantirildi. Totalitarizm va xarajatli 
boshqarish o’rniga mamlakatda bozor munosabatlari tizimi samarali faoliyat 
ko’rsatmoqda, ko’p tarmoqli xo’jalik rivojlanmokda, iqtisodiyotning ijtimoiy 
yo’naltirilishi kuchaymoqda, uning infratuzilmalari tarkibida katta o’zgarishlar 
sodir bo’lmoqda va bular natijasida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
jarayonlari takomillashib bormoqda. 
Ushbu muvaffaqiyatlar davlatimizning faol islohotchilik roli bilan 
belgilangan, u iclohotlapning dastlabki bosqichlarida bosh islohotchi bo’lib, 
tarkibiy o’zgarishlarga va iqtisodiyot real sektorining rivojlanishiga 
yo’naltirilgan ustuvorliklarni izchil amalga oshirdi.
Bunda asosiy e’tibor eksportga yo’naltirilgan va bazaviy tarmoqlarda, 
kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishga qaratildi. Bu jarayonda bank-moliya tizimidagi aktiv va passiv 
operatsiyalari alohida ahamiyatga ega bo’lib, u katta hajmdagi kreditlarni 
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari - neftgaz, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, 
qishloq xo’jaligi, transport va boshqalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish 
yo’li bilan mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirishda faol ishtirok etdi. 
Bank sektori aktiv va passivlarini boshqarishga nisbatan bunday 
yondashuv tufayli ko’plab eksportga yo’naltirilgan va importning o’rnini 
bosuvchi xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi qo’shma ishlab chiqarishlarni barpo 
etishga erishildi. Respublikamiz don va energetika mustaqilligini ta’minlashga 


56 
erishdi, bu mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining haqiqiy mustaqilligining 
asosi bo’ldi.
Bundan tashqari, respublikamiz uchun yangi bo’lgan tarmoqlarning asosi 
yaratildi - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asakadagi "UzDEUavto" zavodi, 
Qizilqum fosforit zavodi va boshqalar ishga tushirildi. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayonidagi yangi bosqich kechmoqda, uning asosiy mazmuni 
respublikada iqtisodiy va siyosiy hayotni har tomonlama erkinlashtirishdan 
iborat. Erkinlashtirishning ushbu jarayonlari asrlar chegarasida, yangi asr 
bo’sag’asida mamlakatimizdagi barcha o’zgarishlarning asosiy negizi, 
bog’lovchi bo’g’ini bo’ldi
21
.
Shu bilan birga O’zbekistonda iqtisodiy sohaning erkinlashuvi bevosita 
davlatning tartibga soluvchi rolining izchil qisqartirilishi va shunga mos 
ravishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va o’z ishlab chiqarish 
faoliyatining natijalari uchun javobgarligining kengaytirilishi bilan bog’lanadi. 
Shu bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning yuqorida 
ko’rsatilgan barcha qismlari bajarilishini ta’minlashning asosiy zamini bo’lib, 
bank tizimining faol va samarali faoliyati hisoblanadi va u hozirgi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida, birinchi navbatda, yuqori samarali bank menejmenti 
faoliyatini yo’lga qo’yish bilan belgilab beriladi. 
Bank menejmentiga qo’yiladigan talablarning xususiyatlari haqida 
to’xtalib, shuni ta’kidlash lozimki, islohotlar muammolari bank ishi rivojlanishi 
hozirgi bosqichida bir tomondan, bank ishida menejmentning xalqaro 
tajribasidan olingan ma’lumotlarni tezda o’zlashtirish zarur bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, bank ishining o’zi tub o’zgarishlarni boshdan kechirish jarayonidir. 
Respublika tijorat banklarida yangi menejmentning vujudga kelishi omillarning 
ikkita guruhi bilan belgilanadi. Birinchi guruh bank tizimini icloh qilishning 
umumiy jarayoni bilan, ikkinchi guruh esa, banklarni o’zlarining ichki sa’y-
21
Karimov I.A. «Bizning oliy maqsadimiz - Vatan mustaqilligi va ravnaqi, xalqimiz erkinligi va farovonligi: 
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiI sessiyasida so’zlagan nutqi. //Xalq so’zi, 2000 yil 22 
yanvar. 


57 
harakatlari bilan bog’liq. Buning uchun bank tizimida islohotlar jarayonini izchil 
amalga oshirish lozim. 
Chunki iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda bank tizimining roli 
kuchayayotgan bir sharoitda, ushbu sohaning yanada erkinlashtirilishi va isloh 
qilinishi muhim ahamiyatga ega. Bank sohasida amalga oshiriladigan 
islohotlarning asosiy mohiyati va mazmuni sifatida iqtisodiyotning tarkibiy 
o’zgarishiga samarali ta’sir ko’rsatish, inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish, 
bank tizimiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, banklarning investitsion 
jarayonlarni faol ishtirokchilari sifatida vujudga kelishiga ko’maklashish, moliya 
bozorida sog’lom va erkin raqobatni shakllantirish, izchil va oqilona pul-kredit 
siyosatini olib borish bilan belgilanadi
22

O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2000 
yil 
21 martdagi "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi Farmonida va Vazirlar Mahkamasining qator maxsus qarorlarida 
asosiy e’tibor banklar tomonidan aktsiyadorlar va aholining bo’sh turgan 
mablag’larini qo’shimcha ravishda jalb qilish hicobiga sarmoya bazasini 
mustahkamlash va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ularni investitsiya 
jarayonlarining asosiy bo’g’iniga va korxonalarning haqiqiy sherigiga 
aylantirish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi. Shundan kelib 
chiqqan holda, bank tizimini isloh qilish dasturining asosiy yo’nalishlari 
quyidagilardan iborat bo’ldi: 
-
xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aktsiyalashtirish 
jarayonlarini chuqurlashtirish; 
-
xususiy banklarning rivojlanishini yanada rag’batlantirish va ishlab 
turgan aktsiyadorlik banklarining ustav sarmoyalariga xususiy sarmoyani jalb 
qilish; 
-
korporativ boshqaruv va ichki nazorat tizimini takomillashtirish; 
-
ustav sarmoyalarini oshirish va bozor moliyaviy vositalari yordamida 
resurslarni jalb etish yo’li bilan banklarning moliyaviy bazasini mustahkamlash; 
22
Муллажанов Ф. Банковская система Узбекистана на рубеже тисячелетий. // Pынок, денги и кредит. 


58 
-
aktivlar sifatini yaxshilash. 
Bir vaqtning o’zida kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik va 
iqtisodiyotning butun mavjud sektorini moliyalash tizimi yanada amaliy va 
samarali bo’lishi lozim. Pirovardida, aynan u butun bank tizimining keyingi 
faoliyatini belgilab beradi. Sog’lom raqobat myhitining yaratilishi samarali bank 
menejmentining vujudga kelishiga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. 
Moliyaviy yangiliklar agentligi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar 
jarayonida tijorat banklari rahbar xodimlarining e’tibori aynan mana shunga 
qaratildi
23
. Bankirlarning aksariyat ko’pchiligi (92%) raqobatni bank faoliyatiga 
ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil deb hisoblaydi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, bunda bank xodimlarining ancha kam qismi 
(faqat 60 foizi) o’zini raqobat kurashining bevosita ishtirokchisi sifatida his 
qildi. Bu hol, ayniqsa, mijozlar sonini oshirish, yangi bank xizmatlarini ishlab 
chiqish va taklif qilish masalalarida banklarning to’liq mustaqil emasligidan 
dalolat beradi. Etakchi mavqeni egallab turgan banklarning deyarli uchdan ikki 
qismi (o’z xodimlari timsolida) raqobatga hal qiluvchi ahamiyat bermadi. 
Shu bilan birga, bankirlarning yarmidan ko’pi nosog’lom raqobatdan 
himoyalash uchun qo’shimcha huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur deb 
hisoblaydi. 
Ayni paytda raqobat muhitini shakllantirish bank xizmatlari bozorining 
alohida segmentlari bo’yicha bir maromda amalga oshirilmadi. Xususan, so’nggi 
yillarda aholi mablag’larini omonatlarga jalb qilish davomida olib borilgan 
ishlar o’z natijasini berdi va raqobat muhiti shakllanishi sezildi. Bank sektorida 
raqobat muhitini shakllantirish ishida tijorat banklarini xususiylashtirish va 
davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni katta rol o’ynaydi.
Ushbu yo’nalishda banklar aktsiyalarining mamlakatimiz va chet el fond 
bozorlarida muvaffaqiyatli sotilishini ta’minlovchi qulay shart-sharoitlarni 
yaratish, xorijiy sarmoyadorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish chora-
tadbirlari qo’rilmoqda.
23
Банкири о банках. Итоги годового исследования. T. // Рынок, денги и кредит, 1/2001г.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin