Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

 


59 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston tijorat banklari o’z faoliyatlari 
davomida qator muammolarga duch keladilar, ularni xal qilish esa 
iqtisodiyotimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim hayotiy masaladir. Bu 
muammoni birinchi navbatda, ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz 
moliyaviy ahvoli keltirib chiqaradi. Sir emaski, qachonlardir o’z bank tizimlarini 
isloh qilgan mamlakatlarning qariyb barchasi u yoki bu darajada shu muammoni 
xal qilish zarurati bilan to’qnashganlar.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 
banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat 
banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i 
oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil 
qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari 
kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi. 
Tijorat banklari eng avvalo har bir kredit talabi bilan murojaat qilgan 
mijozlar bilan ishlash uchun o`zining kredit siyosatiga ega bo`lishi kerak.
Bankning kredit siyosati avvalo bank bank tomonidan sifatli kreditlar berishga 
hamda daromad olishga qaratilgan bo`lib kredit inspektorlari va bank 
boshliqlari uchun kredit berishda qaror qabul qilish vaqtida asosiy e'tiborni 
qaysi sohalarga va yo`nalishlarga qaratishlari kerakligi haqidagi hamda 
bankning kredit portfeli strukturasini tashkil etish haqidagi tavsiyanomadir. 
Bankning kredit siyosati bir vaqtning o`zida rasmiy nazorat tashkilotlari 
tomonidan tijorat banklarning kredit berish jarayonlarida yetarli extiyotkorlikka 
amal qilishlari bo`yicha belgilangan cheklovlarni ham o`z ichiga oladi.
“Asaka” Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining aktiv va passiv operatsiyalar 
siyosatini tashkil etuvchi elementlarni yanada yaxshi samara berishida 
quyidagilar yanada rivojlantirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi: 
-
Maqsad hamda undan kelib chiqqan holda kredit portfelini tashkil qilish. 
Bu kredit turlari, berilish muddatlari, xajmlari va sifati kabilardan iboratdir.


60 
-
Har bir kredit inspektori hamda kredit qo`mitasi tomonidan kredit berish 
bo`yicha qaror qabul qilishda ularga yuklatilgan vakolatlar chegaralarini 
sinchkovlik bilan ishlab chiqish hamda belgilash.
-
Kreditlarni boshqarish doirasida vakolatlarni va axborotlarni berish 
bo`yicha majburiyatlarni nazorat qilib borish hamda rag’batlantirish.
-
Kredit talabnomalarini tekshirish, baholash hamda qaror qabul qilish 
amaliyoti va tartibini yo’lga qo’yish.
-
Har bir kredit talabnomasiga nisbatan qo`shimcha talab etiladigan 
zaruriy xujjatlar va kredit yig`ma jildida saqlanishi zarur bo`lgan xujjatlar 
bilan ishlashda xodimlarning rolini oshirish. Bular: moliyaviy xujjatlar, aktiv va 
passiv operatsiyalar bo’yicha xujjatlar, kafolat xatlari va garov shartnomalari 
kabilar. 
Miqdoriy ko’rsatkichlar bank boshqaruvining barcha sohalariga 
tegishlidir. Miqdoriy ko’rsatkichlarga: bank mijozlari va raqamlari soni, depozit 
hajmi, innovatsion xizmatlar, kredit qo’yilmalari, operatsiya va xizmatlar hajmi 
va boshqalar misol bo’la oladi.
Sifat ko’rsatkichlariga esa bankning daromad va harajat ko’rsatkichlari 
mablag’larning aylanish tezligi, operatsiyalarni amalga oshirish harajatlari va 
mehnat xajmi, xujjatlarni qayta ishlash kabilar kiradi. Hozirgi kunda bu 
masalalar kundan kunga xal qilib borilmoqda. Axborot tizimi, elektron to’lov 
tizimi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bank boshqaruvining ijtimoiy 
ko’rsatkichlarini uch guruxga ajratib ko’rish mumkin.
Bular: 
-
jamoa a'zolarining kasbiy tayyorgarligi; 
-
ularning mehnatga munosabati; 
-
ijtimoiy muammolarni farq qilish darajasi.
Banklarni innovatsion boishqarishning asosiy xususiyatlaridan yana biri, bu 
ma'sul masalarni xal qilishda jamoaviy usulning mavjudligidir. Hozirgi davrda 
bank boshqaruvining aniq yo’nalishi qanday. Moliyaviy taxlil kredit 
operatsiyalarining riskini kamaytirishning eng asosiy usullaridan biri mijoz


61 
hisobotlari asosida uning moliyaviy holatini to`g`ri va yetarli darajada taxlil 
qilishdir. Bunda biz eng avvalo mijozdan qaysi hujjatlarni talab qilish 
mumkinligini 
va 
ularda 
ko`rsatilgan 
raqamlarning 
to`g`riligini 
tasdiqlanganligiga e'tibor berishimiz kerak. Hozirgi kunda korxonalar
moliyaviy holatiga berilayotgan xulosalar o`z navbatida bank uchun bu ishda
katta yordam bermoqda. 
Tijorat bankining to’lov qobiliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillardan 
biri - bu uning o’z sarmoyasi bilan ta’minlanganligidir. Bankning o’z sarmoyasi 
- uni moliyaviy resurslarining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi.
Bankni o’z sarmoyasining uning mablag’lari tarkibidagi roli bankning 
barqarorligi va faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun g’oyat
muhimdir. Bankning o’z sarmoyasi - bu birinchidan moliyaviy resurslarning
manbasidir va bu ayniqsa, bank faoliyatining boshlanish bosqichida yaqqol 
namoyon bo’ladi. 
Bankni o’z sarmoyasining yana bir muxim vazifasi - himoya kafolatlash 
vazifasidir. Bu xuddi mashina buferi singari barcha og’irlikni o’z zimmasiga 
oladi. Har kanday vaqtda bank o’z kapitali bilan omonatlarni qaytara oladi. 
So’nggi vaqtlarda pul-kredit orqali tartibga solishga O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozorda davlatning qimmatbaxo 
qog’ozlari bilan amalga oshiradigan operatsiyalari kuchli ta’sir ko’rsata 
boshladi. 
Bundan tashqari, tijorat banklarining likvidligi va to’lov qobiliyatiga ta’sir 
etuvchi mikroiqtisodiy omillar ham mavjud bo’lib, ular sirasiga quyidagi 
asosiylarini kiritish mumkin: tijorat bankining resurs bazasi, qo’yilmalar sifati, 
menejment darajasi, shuningdek, bank faoliyatining funktsional tizimi va ushbu 
faoliyatning rag’batlantirilishi. 


62 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin