304
holatini tekshirish bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadm:
tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar, preyskurantlar,
maheulotni etkazib berish to’g’risida shartnomalar,
hisobvaraq-fakturalar, sotish
bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida yuk xatlari, xaridorlar
ishonchnomalari, tushum kelib tushganligi to’g’risida
dastlabki bank va kassa
hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa orderlari
va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 4010, 6310-sonli va
boshqa hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-orderlar,
mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli
shakl) va boshqalar.
Daromadlar olish tsikliga taalluqli bo’lgan operatsiyalar quyidagi
faoliyat ko’rsatish vaqtida amalga oshiriladi:
-
buyurtmalarni qabul qilish;
-
kreditlarni berish;
-
mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berish;
-
xaridorlarga hisobvaraqlarni yozib berish;
-
qarzlarni undirish (muddati o’tgan hisobvaraqlar);
-
pul tushumlarini olish.
Nazorat samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: a)
na-zorat
tizimini o’rganish; b) nazorat samaradorligini baholash; v) na-zorat muolajalarini
tekshirish (testlashni o’tkazish).
Ko’zdan kechirish bosqichida hujjatlashtirishni uch turdagi usulda amalga
oshirish mumkin: og’zaki yoritish, ichki nazorat bo’yicha savolnoma va blok-
chizma. Ushbu bosqichda hujjatlarni tayyorlash uni yakunlanlash degani emas.
Hujjatlarni tayyorlashda auditorlar tomonidan sharhlarni tayyorlashdan maqsad
-
nazorat tizimini o’rganish ekanligini unutmaslik lozim.
Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish tsikli bo’yicha, sotish,
pul olish va debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq
elementlaridir.
305
Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
bo’yicha operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib
maxsus savolnoma bo’yicha test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi.
Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va
sotish jarayonini nazorat qilish
yo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish
bo’yicha eng ma’qul bo’lgan
muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish operatsiyalar tsikllari bo’yicha auditorlik tekshiruvining
dasturini tayyorlashi lozim.
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini
aniqlashi kerak. Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
- amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;
- ulgurji narxlar qat’tiy hisob
narxlari sifatida qabul
qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar
alohida hisobvaravda hisobga olinadi;
- rejali
(me’yoriy)
ishlab
chiqarish
tannarxi
bo’yicha.
Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki
me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:
\
-QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha;
- erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha.
Tayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab
olingan usul korxona hisob
siyosatining elementi sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa
uning hisobga olish uchun tegishli hisobvaraqlar belgilanishi lozim.
Tayyor
mahsulotning
to’liq
kirim qilinganligi xom ashyo va
materiallarning xarajati bo’yicha muqobil balans tuzish,
tayyor mahsulotlarning
chiqarilishini me’yoriy sarf-xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilash yo’llari
bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini tekshirish uchun
dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish
bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari
ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot"
306
hisobvarag’ining debetida hisobga olingan tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab
chiqarilishi va omborga topshirilishi
Dostları ilə paylaş: