2.Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar
tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
1.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati
chegirilib tashlangan holda);
2.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
3.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
292
4.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
eskirishi;
5.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan
mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish
va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib
olingan xom-ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor
mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar
kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar)
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash
materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin
bo’lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar
xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1. 1. 11-band).
Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati
ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo’shimcha
narx(ustama)dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan
brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda
tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham
nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan
moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob
yuritish siyosatida aks ettiradi.
293
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element
bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil
berilgan.
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda
aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga
rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish
vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov
vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-
maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash
xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish
faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan
hisob-kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti
bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma
mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari
bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami
ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti
bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga
byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan
me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi
fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga,
ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik
xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish,
xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga
to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining
o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish
zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash
manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o’z
xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor
asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy
294
rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan
tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 37, 3%- 7460
so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib
borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt
6520 - 300 so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan
schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot
tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga
kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha
ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z
mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan
qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar eskirishi. Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab
chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham
qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda
tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib,
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joiz-ki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy
vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |