3.Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Ombor xo’jaligining ahvoli va tovar-moddiy zahiralar saqlanishini tekshirish
eng muhim auditorlik amallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Korxona faoliyatining
ushbu sohasini har tomonlama o’rganish uchun auditor omborlar, tsexlar va
ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab
chiqarish zahiralarini saqlash sharoitlari, yong’in xavfining oldini olish,
273
omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning
to’g’ri ishlatilishi, ombor binolarini qo’riqlash holati ham o’rganiladi. Ombor
xo’jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zahiralar saqlanishi
ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.
O’rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga
aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e’tibor
qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni
qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural
o’lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari
ko’rsatilgan standartlar yoki yo’riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar
shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta’minlashning muhim
shartlaridan biri hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni saqlash joylarini ko’zdan kechirish chog’ida
moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo’yicha ular qiymatliklarni qabul qilish
va berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki
kartochkalariga yozishni o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo’llar
bilan vujudga kelishi mumkin:
*
tayyor mahsulotlarni tayyorlash chog’ida xom ashyolarni almashtirish;
xom ashyo va materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini
oshirib ko’rsatish va ularning navlarini pasaytirish; tayyor mahsulotlarni
xaridorlarga jo’natish chog’ida o’lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar;
*
moddiy qiymatliklarni yuklash-tashish-tushirish yoki saqlash chog’ida
yo’qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o’xshash.
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni
aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma’lumotlaridan
foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo’lsa, alohida
turdagi materiallarning ma’lum davrlardagi chiqimi, qoidagi ko’ra, ularning
kirimidan oshib ketadi (qizil bilan chiqish). Bunday oshiqcha sarflashlar shu
nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi.
274
Ombor xo’jaligini ko’zdan kechirish va moddiy qiymatliklar saqlanishining
nazoratini hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy
zahiralarning saqlanishi to’g’risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik
tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazish jarayonini ikki
qismga bo’lish mumkin:
1. Inventarizatsiya o’tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
2. Moddiy qiymatliklarni hisob va hisobotda to’g’ri baholashni hamda aks
ettirishni tekshirish.
Auditorlik amallari inventarizatsiyagacha, inventarizatsiya vaqtida va undan
so’ng bajariladigan amallarga bo’linadi. Inventarizatsiyani boshlagunga qadar
auditor oldingi o’tkazilgan inventarizatsiya natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni
so’rab olib, zahiralarning tarkibiy va miqdoriy o’zgarishlarini tahlil qiladi,
zahiralarni saqlash joylari haqida, hamda inventarizatsiya ishlarining tashkil
etilishi to’g’risida ma’lumotlar to’playdi.
Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini
tekshirish ularni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshirishni boshlashdan
oldin auditor moddiy boyliklar saqlanadigan barcha joylarni aniqlash va tanlab
inventarizatsiya o’tkaziladigan boyliklar ro’yxatini alohida tuzishi lozim.
Ish boshlanishidan oldin auditor korxona rahbari bilan inventarizatsiya
komissiyasini tuzish to’g’risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq
chiqaradi. Uning bir nusxasi inventarizatsiya o’tkazish komissiyasi a’zoliriga
beriladi, komissiya raisiga nazorat so’rg’ich (plomba)lagichi topshiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga, odatda, moddiy javobgar shaxslardan
tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi.
Agar moddiy javobgar shaxs mehnat ta’tilida yoki uzoq vaqtdan beri kasal
bo’lsa, ayrim auditorlar inventarizatsiya o’tkazishni o’sha shaxssiz bajarishga
qaror qilib katta xatoga yo’l qo’yishadi. Vaholanki, moddiy boyliklar
etishmovchiligi aniqlangan taqdirda moddiy javobgar shaxs keyinchalik uni tan
olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin.
275
Agar moddiy javobgar shaxs uzrli sabab bilan ishda bo’lmasa, auditor
omborxonani muhrlab qo’yib, inventarizatsiya o’tkazishni u ishga tushgandan
so’ng bajarishi lozim.
Auditor
inventarizatsiya
qilishni
boshlashdan
oldin
omborchidan
inventarizatsiya boshlanadigan sana uchun moddiy boyliklarning kirimi va
chiqimi bo’yicha hisobot tuzib, uning bir nusxasini tashkilot buxgalteriyasiga
topshirtiradi va ikkinchi nusxasini auditor o’ziga oladi. Bundan tashqari, auditor
moddiy javobgar shaxsdan boyliklarning kirimi va chiqimiga doir barcha hujjatlar
buxgalteriyaga topshirilganligi va ularda kirim qilinmay qolgan yoki chiqimga
hisobdan o’chirilmagan hech qanday moddiy boyliklar yo’qligi haqida tilxat
oladi. Moddiy boyliklarni sotib olish uchun hisobdorlik summasi yoki ularni olish
uchun ishonchnomaga ega shaxslardan ham shu mazmunda tilxat olinadi.
Shundan so’ng komissiya a’zolari moddiy boyliklarni tekshirishga kirishadi,
ya’ni ularni tarozida tortish, qayta sanash yoki o’lchab ko’rish yo’li bilan haqiqiy
qoldiqlarini aniqlaydi. Auditorlar inventarizatsiyani boshlashdan oldin tarozilar
va boshqa o’lchash asboblarining aniq ishlashiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Ayrim auditorlar tortish, o’lchash, sanash ishlarini o’zlari bajarishga harakat
qilishadi, hisobchi xodim yoki moddiy javobgar shaxs bu vaqtda o’lchash
natijalarini qayd qilib turadi. Biroq, bunday qilish noto’g’ri. Auditor tortish,
sanash, o’lchash ishlarini to’g’ri bajarilayotganligini kuzatib turishi va natijalarini
o’zi yozib borishi lozim. Shuningdek, tushunmovchiliklar ro’y bermasligi uchun
moddiy javobgar shaxs ham tekshiruv natijalarini yozib borishi kerak. Vaqti-vaqti
bilan bu yozuvlar solishtirilishi zarur.
Moddiy boyliklarning har qaysi turi bo’yicha inventarizatsiya qilish natijalari
inventarizatsiya ro’yxatida qayd qilinadi; bunday ro’yxat moddiy boyliklar turgan
yoki saqlanadigan joylar yoki ularning but saqlanishi uchun javobgar shaxslar
bo’yicha alohida-alohida tuziladi.
Ular ro’yxatlarda nomenklatura bo’yicha va hisobga olishda qabul qilingan
o’lchov birliklarida (!) aks ettiriladi. Agar moddiy boyliklarni inventarizatsiya
qilish vaqtida moddiy javobgar shaxs ba’zi narsalar bu korxonaga tegishli
276
emasligini, ular bu erda vaqtinchalik saqlanayotganligini aytsa, auditor baribir
ularni ro’yxatga kiritishi lozim. Auditor bunday moddiy boyliklarning alohida
ro’yxatini tuzib, keyin qarama-qarshi tekshiruvda ular kimga tegishli ekanligini,
shuningdek, 002 balansdan tashqari schyotda hisobga olinishini aniqlashi lozim.
Auditor tekshirish chog’ida moddiy boyliklarning raqami, rusumi, nomiga
alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, amaliyotda mavjud boyliklarning raqami va
rusumlarini kirim hujjatlari hamda pasportlariga solishtirib, bir yangi avtomobil
dvigatelini boshqa eskisiga yoki kamyob avtomashinani boshqa arzoniga
almashtirib qo’yish hollari ham uchraydi.
Ba’zi moddiy boyliklar bo’yicha namuna olish usulini qo’llash tavsiya etiladi.
Namunalar ikki nusxada olinadi va muhr bilan surg’uchlanadi. Namunaning bir
nusxasi tegishli idishga solinib laboratoriyaga tahlil uchun topshiriladi. Ikkinchisi
tilxat bo’yicha korxonada qoldiriladi. Tilxat esa tekshiruvchiga beriladi. Tahlil
uchun olingan namunalarga dalolatnoma tuzilib, unda korxonaning nomi,
namunaning og’irligi, hajmi, olingan joyi, saqlanayotgan joyning harorati
ko’rsatiladi. Namuna olish dalolatnomasini tekshiruvchilar va moddiy javobgar
shaxslar imzolaydi.
Inventarizatsiya ma’lumotlari bo’yicha ro’yxatlar tuziladi, ularni barcha
komissiya a’zolari imzolaydi, moddiy javobgar shaxs esa har qaysi ro’yxat
bo’yicha quyidagi mazmunda tilxat yozib beradi:
«
Dostları ilə paylaş: |