263
(ashyoviy ro’yxat) qilish ularni varaqma-varaq sanash yo’li bilan amalga
oshiriladi. Bunda har bir qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati, haqiqiyligi va
to’g’ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. Tekshiruv alohida har bir emitent
bo’yicha dalolatnomada seriyasi, raqami va umumiy summasi ko’rsatilgan holda
o’tkaziladi. Har bir qimmatli qog’ozning rekvizitlari buxgalteriyada yuritiladigan
ro’yxatlar, reestrlar yoki daftarlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Qimmatli qog’ozlar maxsus tashkilotlarda saqlanganida (banklarda,
depozitariyalarda, maxsus joylarda) inventarizatsiya korxonaning tegishli
buxgalteriya hisobi schyotlaridagi qoldiqlar ko’chirmasi ma’lumotlari
bilan
solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Masalan, depozitariyda saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog’ozlar
inventarizatsiyasi 0610-«Qimmatli qog’ozlar» va 5810- «Qimmatli qog’ozlar»
schyotlaridagi qoldiq summalari depozitariylar ma’lumotlari bilan taqqoslash
orqali
amalga
oshiriladi.
Depozitariylar
ma’lumotlari
inventarizatsiya
o’tkazilayotgan paytda depozitariyga yuborilgan so’rov natijasida olinishi
mumkin. (№19-BHMS 3. 35 band)
Korxonaga tegishli qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya qilishda ular sotib
olish qiymatining xaqqoniyligini baholashga maxsus e’tibor berilishi lozim.
Buning uchun aktsiyadorlik jamiyatlarining chop
etiladigan buxgalterlik
hisobotlarini olish, shuningdek, boshqa qiziqtirgan hisob va hisobot ma’lumotlari
bilan tanishish huquqiga ega ekanligiga e’tibor berish zarur.
Inventarizatsiya ro’yxatida qimmatli qog’oz emitenti, nomi, seriyasi, nomeri,
nominal va haqiqiy qiymati, qaytarish muddatlari va umumiy summasi
ko’rsatiladi.
Qimmatli qog’ozlar auditining keyingi bosqichida haqiqatda mavjud qimmatli
qog’ozlar buxgalterlik hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Bunda auditor
qimmatli qog’ozlarning oshiq chiqqanlarini ham, kam chiqqanlarini ham o’zining
ishchi hujjatlarida aks ettirishi va bular haqida korxona
rahbariyatiga bildirishi
lozim. O’z navbatida korxona rahbariyati bunday kamomadlarning vujudga kelish
sabablari va bunga javobgar shaxslarni aniqlash, hamda kamomadlarni bartaraf
264
etish choralarini ko’rishi lozim; oshiqcha chiqqan qimmatli qog’ozlarni kirim
qilish, etishmagan qimmatli qog’ozlar qiymati
aybdor shaxslar tomonidan
qoplanishi yoki korxonaning moliyaviy natijalariga olib borilishi mumkin.
Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiyadan o’tkazishning xususiyati nafaqat
qimmatli qog’ozlarning haqiqatda mavjudligi, balki qimmatli qog’ozlarni
baholash ya’ni ularning qiymatini shakllantiruvchi haqiqiy xarajatlar to’g’riligini
aniqlashdan ham iboratdir. Auditor qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan
daromadlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini
tekshirishda inventarizatsiya ma’lumotlaridan ham foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: