Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155
audit (3)

 huquq va majburiyatlar - 
korxona moliyaviy qo’yilmalar uchun tegishli 
huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog’liq xavf-xatar uchun mas’uldir: 
*
buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qo’yilmalar (qimmatli 
qog’ozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir
*
buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog’ozlar korxonaga mulkiy 
huquq asosida tegishli bo’lib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga 
oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog’ozlar olinganligini 
tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega; 
*
buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik 
va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va 
dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan; 
*
moliyaviy qo’yilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka 
zid bo’lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi
*
moliyaviy qo’yilmalar bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish 
belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi; 
*
 baholashlar - 
moliviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar) buxgalteriya 


257 
hisobi va hisobotida me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan: 
*
chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni so’mda baholash amaldagi 
qonunchilik talablariga muvofiq o’tkazilgan; 
*
qimmatli qog’ozlarni sotib olish usuliga ko’ra ularning haqiqiy qiymati 
me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan
*
qimmatli qog’ozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun 
me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq va to’g’ri hisoblab chiqarilgan (bozor 
bahosi pasayishini hisobga olgan holda); 
*
qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida 
dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan
*
 aniqligi - 
moliyaviy qo’yilmalarga doir xarajatlar buxgalteriya hisobi 
qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari sintetik 
hisob registrlaridagi yozuvlarga mos keladi: 
*
dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, ma’lumotlarni 
buxgalteriya hisobotlariga o’tkazishda ko’rsatkichlarning arifmetik aniqligiga 
rioya qilingan; 
*
chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlarning so’mdagi 
qiymatini aniqlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 
belgilangan va muomala sodir bo’lgan kunda amalda bo’lgan chet el valyutasi 
kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy ma’lumotlar asosida 
aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi; 
*

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin