Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155
audit (3)

nomoddiy aktivlarga doir hisobot shakllarining ko’rsatkichlari; 
hisobot ma’lumotlari va bosh daftar; 
hisob registrlarining ko’rsatkichlari.
Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), 
nomoddiy aktivlar schyotlari (0410-0490) va nomoddiy aktivlar eskirishi 
schyotlari (0510-0590) bo’yicha sintetik hisob registrlari, nomoddiy aktivlarni 
hisobga oladigan kartochkalar (NMA-1 shakl) dan foydalaniladi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida nomoddiy aktivlarni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy chizmasini quyidagicha aks ettirish mumkin.
3.Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 
 
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq 
muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga 
doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi 
ularning olinish manbalariga bog’liq.


248 
Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki 
korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik 
faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar 
inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni 
yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning 
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval 
ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni 
hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 
bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar 
(sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning 
chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa 
- 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining 
debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning 
chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish 
bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test 
yordamida tekshiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin