237
Dastur vositalari texnik (shu jumladan dastur va ishlatiladigan) hujjatlashtirish
bilan birgalikda ma’lumotlarni ifodalovchi vositada namoyish etadi. EHM uchun
dastur ta’minotlarini va ma’lumotlar bazasini muhofaza qilish mualliflik huquqi
vositalari orqali amalga oshiriladi.
Firmaning amaliy shuhrati -
Goodwill - buxgalterlik hisobi va auditga oid
adabiyotlarda har xil nomlanadi. Masalan, firmaning bahosi,
firmaning yaxshi
nomi, firmaning amaliy aloqalari va boshqalar. Firmaning amaliy shuhratiga har
xil omillar ta’sir etadi. Jumladan, xaridorlar, kreditorlar
va xizmatchilar bilan
munosabatlar, ishlab chiqarish va boshqaruv tuzulmasi, firmaning joylashgan
o’rni va boshqalar. Nomoddiy aktivlarning bu turi o’zining mazmuniga ko’ra
sotgan korxona balansida turgan mulklarning bahosi
bilan sotib olgan korxona
tomonidan to’langan haqiqiy baho o’rtasidagi farq sifatida ifodalanadi. Ko’rinib
turibdiki, nomoddiy aktivlarning bu turi odatda bir korxona tomonidan qandaydir
bir boshqa biron bir korxonani sotib olishda vujudga keladi.
Agar sotilayotgan korxona yoki xaridorlar firma obro’sining qiymatini
oldindan bilishni hohlasalar, u holda ular kompaniya oladigan o’rtacha
tarmoq
foydasidan oshadigan foyda normasidan kelib chiqib hisoblab chiqarishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: