*
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati
ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet
oborotlari bilan taqqoslash;
229
*
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi
va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
*
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
*
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;
*
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Korxonadagi asosiy vositalar o’ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan
bo’lishi mumkin. O’z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo’lib, lizinga
olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli)
lizing sharti bilan olingan bo’ladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, Lizing to’g’risidagi qonun va boshqa
tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma
ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi.
4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish
Auditor asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirishda
o’rnatilgan har oylik eskirish hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya
qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga
eskirish hisoblashda to’ldiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo’lib
xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o’tib, amortizatsiya hisoblash
to’xtatilgan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxati taqdim etilishi lozim. Agar
korxonada tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo’llanilsa, ushbu
holat uning hisob yuritish siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
230
*
korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan - asosiy vositalarga amortizatsiya
hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;
*
amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib
borishning to’g’riligini tekshirish;
*
har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo’yicha hisob-kitoblarni
tekshirish;
*
amortizatsiya ajratmalarining hisobda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirilishini
tekshirish.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks
ettirishning to’g’riligini aniqlash № 5 BHMS, 21-BHMS va mijoz-korxona hisob
siyosati to’g’risidagi buyrug’ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi.
Buning uchun korxona hisob siyosati bo’yicha buyrug’ining qoidalari; asosiy
vositalar
amortizatsiya
hisob-kitobi
bo’yicha
ishlanma
jadvallar
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy
vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar
kiradi:
*
xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalar;
*
amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar;
*
konservatsiyadagi asosiy vositalar;
*
amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar;
*
jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo’llanilayotgan asosiy vositalar;
*
noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;
*
moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar.
Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish chog’ida auditor
amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli,
foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yigindisi bo’yicha qiymatini
hisobdan o’chirish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda
hisobdan o’chirish usuli)ga e’tibor berishi zarur.
231
Asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari bo’yicha amortizatsiya
hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo’llash butun foydali xizmat qilish
muddati davomida boshqasiga o’zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim.
Ammo, soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash O’zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki
qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin.
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali xizmat qilish
muddati to’g’ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi
amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini
belgilash shunga bog’liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto’g’ri
belgilangan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot(ish,
xizmat)lar tannarxi qanchalik oshgan(pasaygan) ligini aniqlaydi.
Shuningdek, amortizatsiya hisoblash muddatlarining boshlanish va to’xtatilish
muddatlari, amortizatsiya hisoblashning muntazamligi, amortizatsiya hisoblashda
pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo’llashning to’g’riligini tekshirish
zarur.
Amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi tanlab tekshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib
borishning to’g’riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Auditor
amortizatsiya hisoblanadigan ob’ektlar asosiy vositalarning qaysi guruhiga
(ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) da ishlatilayotganligi yoki
operativ (qisqa muddatli) lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi
lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan
amortizatsiya ajratmalari o’z mablag’lari manbalari hisobiga, operativ lizing
asosida topshirilganlari bo’yicha esa foyda va zararlar schyotiga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni hisobga olishda eng ko’p uchraydigan
qoida buzilish hollari: ayrim korxonalarda asosiy vositalarga eskirish hisoblash
har choraklikda amalga oshiriladi; soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish
232
maqsadida ataylab xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalarga ham
eskirish hisoblash davom ettiriladi; asosiy vositalarga asossiz tarzda
tezlashtirilgan eskirish hisoblanadi va h. k.
Dostları ilə paylaş: |