235
Xalqaro amaliyotda
«nou–xou»
tushunchasi bozor
oborotida tijorat qadr -
qimmatga ega bo’lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil
etish
va boshqaruv tizimini qo’shgan holda) axborotlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chiqarish
sirlari ham sanoat mulki ob’ektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda,
yuridik kuchga ega bo’lgan qandaydir
hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi, lekin ular
tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.
Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga kelishiga
asos bo’lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan
iborat.
Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo’lmasligi uning
tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirishlari uchun yopiq bo’lishi
kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza
qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo’llashi lozim.
Ushbu maxfiylik
shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan
mahrum etadi. «Nou-xou» egasi huquqlarini himoya qilish O’zbekiston
Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: