Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155
audit (3)

Tashkiliy xarajatlar
- korxona faoliyatini tashkil qilish chog’ida qilinadigan 
xarajatlardir. Unga bevosita taalluqli bo’lgan xarajatlar (masalan, yuridik, 
buxgalteriya, devonxona va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida 
kapitallashtirilishi mumkin. Mazkur holatda ushbu xarajatlarning kelgusi davrda 
foyda keltirishi kapitallashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Faoliyatning 
birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan 
muvofiq kelmasligiga olib keladi.
Ishlab chiqarish faoliyati muddati noaniq deb hisoblanishi bois ushbu 
xarajatlardan foyda olish davrini ham odatda aniqlash mumkin emas. Shu 
sababdan ham tashkiliy xarajatlarning aktiv sifatida tan olinishi biznesning aniq 
turiga bevosita bog’liq bo’ladi. Tashkiliy xarajatlar, ixtiyoriy tanlangan qisqa vaqt 
davri mobaynida amortizatsiya qilinadi.


238 
Franshizalar 
odatda hukumat organlari tomonidan davlat mol-mulkidan 
(masalan, kabel televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish 
uchun yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish (elektr energiyasi), shuningdek 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan 
foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Franshiza to’g’risidagi har bir shartnoma franshiza haqiqiy bo’lib 
hisoblanadigan davrni, shuningdek franchayzor (foydalanishga oid huquq 
imtiyozini beruvchi sub’ekt)ning va franchayzi (ushbu imtiyozni oluvchi 
sub’ekt)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Ko’pincha franshizani olish qiymati yuqori bo’ladi va odatda franchayzi 
franchayzorga uning boshlang’ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina 
xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Agar u ma’lum bir muddat 
asosida cheklab qo’yilgan bo’lsa, uning qiymati oqilona va muntazam tarzda 
mazkur davr uchun amortizatsiya qilinishi lozim. Agar ma’lum aniq bir muddat 
belgilanmagan bo’lsa, amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan 
birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanishi lozim. Mazkur 
baholashlar oldingi baholashlarning qayta ko’rib chiqilishi zaruratini aniqlash 
maqsadida o’tkaziladi. Biroq to’liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi 
mumkin emas.
Imtiyozdan foydalanuvchi sub’ekt tomonidan uni beruvchi sub’ektga 
xizmatlarga oid yillik va joriy to’lovlarni (masalan, rag’batlantirish tadbirlarida
tashkiliy masalalarni hal qilish borasida yordam ko’rsatganlik uchun) ularni 
kelgusida o’lchanadigan foyda keltirmasligi sababli, ilgari bo’lgan xarajatlar 
bo’yicha hisobdan chiqarilishi lozim. Agar franshiza o’z qiymatini yo’qotsa yoki 
qonun tomonidan bekor qilinadigan bo’lsa, amortizatsiya qilinmagan summa 
zudlik bilan zarar sifatida hisobdan chiqariladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin