239
Muallifning hayotligida yoki o’limidan so’ng begona qilinmaydigan yoki boshqa
birovga o’tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi.
Mualliflik mulkiy huquqi asarlardan foydalanish va boshqa shaxslarga
o’tkazish,
shuningdek, avloddan-avlodga o’tkazishda unga tegishli maxsus
huquqqa asoslanadi.
Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki san’at asarlarining
yaratilishi bilan
vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar
auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari ob’ektlarni ekspertiza qilish va
ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. Shuning uchun
ushbu ob’ektlar auditida bu ob’ektlarga egalik huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarni
texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk ob’ektlaridan
foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida
ishlaydigan, patent bilan ishonch bildirilgan mutaxassislarni konsul’tant sifatida
jalb etish kerak.
Avval aytib o’tilganidek,
bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga er
uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba -
konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning
amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Er uchastkalari va
boshqa tabiiy resurslardan
foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo’jalik faoliyati uchun
yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, erdan foydalanish
huquqiga egalik mazkur er
uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu erdan sotish
huquqiga ega bo’lmasdan foydalanishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan
amaliy maqsad yoki qo’llash sohasiga tegishli bo’lmasdan
butkul bilimlarni
oshirishga ko’maklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan
bilimlardan foydalanish uchun yo’naltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan
buyumlar yoki
jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun o’tkaziladigan
tajriba - konstruktorlik ishlari.
240
Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish borasida har
xil mamlakatlarda turlicha yondoshuvlar mavjud, shuningdek bir xil
iqtisodchilarning o’zlarida bu mablag’larga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar
uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda ko’rsatilishicha,
u yoki bu birliklarni
balans aktiviga qo’shish shunday hollarda bo’lish mumkinki, agar u to’g’risidagi
ma’lumotlar ishonchli va uning pulda baholanishi asoslangan bo’lsa, agar shu
birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo’lsa.
Dostları ilə paylaş: