Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155
audit (3)

 
3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari 
 
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini 
ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab 
qo’yilgan chegaradan past bo’lgan ob’ektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat 
muddati 12 oydan kam bo’lgan ob’ektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib 
qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga 
va aksincha o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, ob’ekt 
qiymatining chegarasi ob’ektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga 
aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz 
o’tkazish auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’p 
hollarda bunday o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash 
ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida korxonaning asosiy vositalar ob’ektlariga 
mulkiy huquqi
ning talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish, sotib olish, berish 
shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini ro’yxatga 
olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar 
mavjudligi va harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri 
hisoblanadi. Chunki, mulk solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar, 
shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot 
tuzish shunga bog’liq.
Auditor tekshiruv o’tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun 
asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish yoppasiga (ob’ektlar 
soni unchalik katta bo’lmaganda) yoki tanlab o’tkaziladi.


221 
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi 
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib 
olish usuliga bog’liq.
Auditor O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy 
vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim 
xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini; tugallangan 
qurilish ob’ektlari inventar qiymatining to’g’ri aniqlanganligi; qo’shimcha 
qurilganidan 
va qo’shimcha 
jihozlanganidan, qayta 
jihozlanganidan, 
zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati 
to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi.
Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida 
e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan 
bog’liq, ammo belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 
qo’shilmaydigan xarajatlar 01. 01. 2002 dan ob’ektlarning dastlabki qiymatiga 
qo’shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak.
Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar 
baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki 
qiymatiga qo’shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo’llashning ishonchliligini 
tekshiradi.
Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o’xshash 
mahsulotlar baholari to’g’risida tayyorlovchi - tashkilotlarning yozma ravishda 
bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda 
e’lon qilingan baholar to’g’risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar 
ob’ektlarining qiymati to’g’risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. 
Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo’yicha korxona tomonidan qilingan 
xarajatlar ham ob’ekt qiymatiga qo’shiladi.
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el 
valyutasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, 
asosiy vositalar ob’ektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valyuta kursi 
bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.


222 
Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o’tish vaqti 
to’g’ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bojxona 
to’lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga 
qo’shilganligini tekshirishi lozim.
Auditor asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish chog’ida 
asosiy vositalar dastlabki qiymatining o’zgarish hollari bo’lganligiga, qanday 
sabablar (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman 
tugatish) o’zgarishga olib kelganligiga, kapital qo’yilmalarga doir xarajatlar 0810, 
0820, 0840, 0850, 0860 va 0890 schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi 
lozim.
So’ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar ob’ektlarini 
qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 
schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv 
qayta baholash natijalari 
rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar 
to’lig’iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida 
hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish ob’ektlari qayta 
baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o’tkazilganligi 
(indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo’yicha 
to’g’ridan-to’g’ri hisoblab o’tkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan 
hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to’g’riligini tanlab tekshirish; qayta 
baholashdan so’ng eskirganlik darajasi o’zgarganligi, qayta baholash 
natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash 
natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi, qayta 
baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga 
o’xshashlar.
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish 
o’rganiladi. (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, 


223 
auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya 
qilish natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki 
hujjatlar - iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar), 
inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari 
bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va 
auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish 
mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish 
va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya 
qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida 
oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks 
ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor 
O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-
raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi 
va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish 
to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi 
ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: 
*
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari; 
*
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari; 
*
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini 
o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar 
bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin