Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
audit (3)

13-BOB. ASOSIY VOSITALAR AUDITI 
 
1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi 
 
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz-korxona faoliyati 
umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti 
asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va 
korxonada asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish hamda 
soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal 
qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
 
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim ob’ektlaridan biri 
bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini 
quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni 
ta’minlash (ob’ektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy 
vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy 
vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob 
hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi); 

asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki 
hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga 
doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi 
va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish; 

asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy 
vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); 
amortizatsiya hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; 
jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llashning qonuniyligi; amortizatsiya 
ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks 
ettirishning to’g’riligi); 


211 

asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylash-tirish va qayta 
jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; 
ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi; 
asosiy vosi-talarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni 
hisobga olish; 

asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining 
holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli 
(0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy 
lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy 
javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash; 

korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan 
asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisob-lanishining to’g’riligini tekshirish 
(0211-0299-schyotlar). Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot 
(ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) 
shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari 
(balans foydasi yoki zarari)ga va byudjetga to’lanadigan foyda (daromad) 
solig’ining miqdoriga ta’sir etadi; 

asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni 
yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha 
soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; 

asosiy vositalarni xo’jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) 
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini, 
korxonada bir yilga qabul qilingan 
hisob yuritish siyosati
dan kelib chiqqan holda 
baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ 
ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan); 

agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, korxonada 
asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig’i va quvvati bo’yicha korxonaning 
ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish; 

asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. 


212 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin