200
b)
Bevosita rahbar buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida
c)
Nazorat guruxi shaklida
d)
Inventarizatsiya bo’limi shaklida;
e)
Ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun audit
tashkiloti bilan shartnoma
shaklida bo’lishi mumkin.
Taftish.
Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va
uzoq vaqtni oladi hamda korxonada alohida bo’lim nazorat taftish bo’limi tashkil
etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki
lavozimni suiste’mol qilininshi yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash
joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki
audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi
mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda taftish ishlari
bo’lib o’tgan kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi,
ichki audit esa imkoniyatni
baholaydi hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda
salbiy oqibatlarga olib kelmasligini oldini olish bo’yicha takliflar beradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi bu
ichki auditning keragi yo’q degani emas.
Shtat bo’yicha ichki audit xizmati.
Korxonada ichki audit xizmatining korxona
rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l
ichki audit
xizmati boshlig’ining korxona boshliqlari kengashiga bo’ysunishidir. Aynan
shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi.
Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi.
Bu holatda ichki audit xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish
imkonini beradi. Har xil sabablarga ko’ra bu variantni
amalga oshirish imkoni
bo’lmasa, ichki audit xizmati bosh direktorga bo’ysunadi.
Ichki audit xizmatning tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov
berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu
korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit
xizmatining strukturasiga ta’sir etuvchi omillar
korxonaning xar xil turdagi
risklarga duch kelganligi. Uchunchi omil korxonada nazorat tizimining etukligi.
201
Oxiri korxonaning shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi.
Ichki audit xizmatining tizimining ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit
xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p
va har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki
audit xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh
ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda
ham ular funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi.
Ichki audit
xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki
sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki
korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish
ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida
yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Autsorsing va kosorsing.
Ichki audit tekshiruvidan tashqari,
chetdan audit
tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi tashkilotning jalb qilgan holda yoki tashqi
maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing
varianti, ammo tashkilotning ichki audit masalalarini
tashqi audit hal etishi
tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bunda korxona ichki audit
xizmati tizimni tashkil etishdir va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki
tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsing
foydalanishning afzalligi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: