Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


  Bo’sh joylarni potentsial faoliyatini ta’minlash



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155
audit (3)

 
10.
 
Bo’sh joylarni potentsial faoliyatini ta’minlash.
 
Alohida sub’ektlarning 
vaqtinchalik bo’lmasligi, ichki nazorat jarayonining buzilishiga olib kelmasligi 
kerak. Buning uchun har bir xodim, o’zidan yuqorida yoki past o’rindagi hamda 
bir yoki bir necha xodimning nazorat faoliyatini amalga oshira bilishi kerak. Bu 
esa har qanday holatda ish faoliyatining to’xtab qolmasligini ta’minlaydi.
 
11.
 
Qat’iy belgilanganlik. 
Ichki nazorat tizimining foydalilik funktsiyasi 
tashkilotda nazorat tizimining qat’iy belgilangan qoida qay darajada 


195 
bo’ysunishiga bog’liq. Albatta hamma narsani nazoratga olish qiyindir, bu 
vaziyatda nazoratni o’rnatish uchun qat’iy qoida belgilash lozim.
 
12.
 
 O’zaro hamkorlik va muvofiqlik.
 
Nazorat tashkil etilish jarayonida, 
tashkilotning har bir bo’g’inining aniq hamkorligi ostida bo’lishi lozim.
 
13.
 
Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yilmaslik.
 
Ma’lumotlarga 
ruxsatsiz kirishga to’sqinlik qilish va nazoratni o’rnatish uchun quyidagi 
choralarni ko’rish lozim:
 
-binoga ruxsatsiz kirmaslik (qo’riqlash, ruxsat berish rejimi, signalizatsiya, 
kuzatuv tizimini yo’lga qo’yish); 
-kompyuter va boshqa ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga (kompyuter 
tizimini parollash) hamda texnik vositalar orqali ma’lumotlarning chetga 
chiqishiga yo’l qo’ymaslik (eshitish va kuzatuv moslamalarini hamda 
fotoaparatning ruxsatsiz olib kirilishi); 
-korxonaning xo’jalik sirlarini xodimlar tomonidan olinishida belgilangan 
tartibda ruxsatnoma olish orqali berilishini yo’lga qo’yish. Bunda korxonaning 
xo’jalik sirlarini chetga chiqishini oldi olinadi. 
14. Fayl va aktivlarning xavfsizligi.
Kutilmagan hodisalarni oldini olish 
maqsadida, kerakli fayl va hujjatlarni yonmaydigan seyflarda saqlash, o’t 
o’chirish moslamalariga ega bo’lishi va kerakli qo’llanmalar bo’lishi kerak. 
Elektr tizimining uzilishi yoki texnika tizimining ishdan chiqishi hisobga olgan 
holatda, kerakli ma’lumotlar va fayllarni qo’shimcha xotirada saqlab borish va 
zaxira elektr ta’minoti bilan ta’minlash. 
15. Vazifalarni bajarilish bosqichlarini belgilovchi maxsus sxemalar bilan 
faoliyatni qat’iy belgilab berish. 
Bu kabi sxemalar bo’limlarning javobgarligi, 
ruxsat etilgan faoliyatlar bo’yicha, nazorat jarayonini hamda har bir faoliyatning 
qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi 
ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holat ma’lumotning 
xodimlarga o’z vaqtida etib borishida muhimdir. 
16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi informatsion 
texnologiyalarni jalb qilish.
Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega 


196 
bo’lgan yirik korxonalarga, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan 
texnologiyalar bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat 
quyidagiga yordam beradi: 
-mijozlar talablarini bajarish quvvatidagi muammolarni hal etish; 
-xodimlarning faoliyat tizimidagi salohiyatini oshiradi; 
-korxonaning boshqarish rejimini real masshtabdagi vaqtgda amalga 
oshirishini ta’minlaydi; 
-tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro aloqadagi faoliyatni amalga oshirilish samarasini 
oshiradi; 
-ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan 
kamchiliklarni bartaraf etadi. 
17. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi.
Muhim 
nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga 
oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda 
imzo bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot 
belgilangan koordinatsion markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan 
shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo 
qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasini 
nazoratini tekshirib borish imkonini beradi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin