2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan
manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham
bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar,
kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari,
mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy
vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi
siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning
217
unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular
qatoriga quyidagilar kiradi:
*
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga
soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;
*
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va
sintetik hisob registrlari;
*
buxgalteriya hisobotlari;
*
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi
(naqladnoyi) (AV-1 shakl);
*
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
*
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7
shakl);
*
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
*
asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9
shakl).
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda
asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining
mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri
to’lg’azilganligini aniqlaydi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan -
asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda
xususan quyidagilarni aniqlash zarur:
*
ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qatoriga olib borish
uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;
218
*
qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar
ro’yxati;
*
asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari;
*
asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;
*
hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda
tutilganligi;
*
asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
*
asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish
uchun
ishchi schyotlar rejasi
da belgilangan schyotlar ro’yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda
qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va
analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan
shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik
hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedomostlari, saldo
vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning
unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa
korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan
tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan
foydalanadi:
*
buxgalteriya balansi (1-shakl);
*
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
*
asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl);
*
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl);
*
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
*
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor
boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq
muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich
219
qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar
balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan
tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan)
asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’yicha quyidagilar
to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi:
*
asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga
mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy
vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi;
*
barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruhlari: binolar va
inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;
*
butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha
ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;
*
konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va
oxiriga mavjudligi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi
qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi
(ochib beriladi):
*
asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining
o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman
tugatish hollari ham qo’shilib);
*
korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini
belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha);
*
qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar;
Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim.
Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi
(o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik
hollari ham ko’plab uchraydi.
|