7. Ichki audit hisobotining tuzilishi O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, ichki audit rahbari tomonidan
imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi.
Yig’ma hisobot: tahliliy qismni; yakuniy qismni; tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak. Yig’ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xodimlari tomonidan
o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z
ichiga olishi kerak.
Hisobotning yakuniy qismi:
korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga,
shuningdek likvidligiga umumiy bahoni;
aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha
ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati
samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir
umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.
Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida
tugallanishi zarur.
Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib
chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar
nusxalari tasdiqlangandan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi
kerak.
209
Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart.
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini
bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati
samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarur
darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
Takrorlash uchun savollar: 1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni nima bilan belgilanadi?
2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish nima?
3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi qanday?
4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?
5. Ichki nazoratning turlari qanday?
6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish qanday amalga oshiriladi?
7. Ichki audit hisobotining tuzilishi qanday?