Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155
audit (3)

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1.
Tovar-moddiy zahiralar auditi auditining maqsadi, vazifalari,
2.
Material qiymatliklarni tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan 
foydalaniladi? 
3.
To’g’ri baholash qanday belgilanadi? 
4.
Inventar va xo’jalik buyumlarining kirimga olinishi va hisobdan chiqarilishini 
to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
5.
Material resurslarni mavjudligi va saqlanishini to’g’riligini qanday 
tekshiriladi? 
6.
Material ishlab chiqarish zahiralarining harakati bo’yicha muomalalarni 
hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
7.
Moddiy qiymatliklardan kelgan kamomad va nobudgarchiliklarni hisobdan 
chiqarilishi bo’yicha muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish qanday 
amalga oshiriladi? 


289 
1
1
7
7
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
 
 MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNING AUDITI 
 
1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va 
xususiyatlari
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini hisobga 
olish va soliqqa tortishda qo’llanilayotgan tartibning O’zbekiston Respublikasi 
me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga 
soluvchi asosiy hujjat-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 
yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ish, xizmat)larni 
ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» keyingi o’zgarishlar bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to’g’riligini va mahsulot, ish hamda 
xizmatlar tannarxi to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish 
uchun quyidagilarni tekshirish lozim:hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning 
ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o’z vaqtida, to’liq va ishonarli aks 
ettirilishi;ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, 
yoqilg’ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg’i-moylash materiallarini baholashning 
to’g’riligi;belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab 
chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to’lash va mukofatlash haqidagi Nizomga 
rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va 
yo’qotishlarning paydo bo’lish sabablari hamda hisobdan o’chirilishning 
asoslanganligi; ularni kamaytirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar;asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to’g’riligi; tovar-moddiy 
boyliklarning hisob bahosidan chetga chiqqan summalar (transport tayyorlov 
xarajatlari)ni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; tovarlar, YoMM va boshqa 
qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o’chirishning to’g’riligi, shu bilan birga 
quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shishning to’g’riligi 
va asoslanganligi; ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shma korxonada ishlab 


290 
chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va 
kommunal xizmatlar uchun to’lovlar; xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt, 
turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo’l xarajatlari uchun 
tasdiqlangan me’yorlar doirasida, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq chet el 
xizmat safari xarajatlari.
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining 
to’g’ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot 
(ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini xarajat 
moddalari bo’yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi 
tafovutlarni moddalar bo’yicha tahlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xom 
ashyo va materiallarni sarflashning to’g’riligi, baholar to’g’riligini tekshirish 
metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan sarf me’yoriga rioya 
qilinishi tekshiriladi. Brak(yaroqsizlik)dan ko’rilgan yo’qotishlar va ishlab 
chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tekshirish.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi 
buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo’yicha hisobot davrida mahsulot 
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya bilan bog’liq 
sarflar yig’indisi kabi aniqlanadi.
Tannarx soliqqa tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida esa soliqqa 
tortiladigan bazani kamaytiradigan miqdor bo’lib hisoblanadi. Ushbu ta’rifdagi 
tafovut faqat shaklan ya’ni atamashunoslik nuqtai nazaridan emas, balki miqdor 
jihatidan hamdir. Chunki, soliqqa tortish maqsadida hisoblanadigan tannarxga 
odatdagi faoliyat turlariga doir sarflar belgilangan me’yor(limit)lar va 
cheklashlarni hisobga olgan holda qo’shiladi. Mahsulot ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari to’langan vaqtidan qat’iy nazar (oldin yoki 
keyinchalik to’langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo’lsa, shu davr tannarxiga 
qo’shiladi. Xo’jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoili 
tannarxni to’g’ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zahira (ish, xizmat)lar 
qiymatining to’langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish(sarflash) fakti 
ahamiyatli ekanini bildiradi. Masalan, auditorga tekshiruv o’tkazish uchun taqdim 


291 
qilingan hujjatlar mazmunidan ma’lum bo’lishicha, tekshirilayotgan korxona 
tomonidan o’tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish 
binolarining ijara haqi to’langan. Ushbu sarf shu vaqtning o’zida ya’ni o’tgan yili 
dekabr oyida mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu 
xo’jalik muomalasini asossiz, ya’ni o’tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar 
tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig’ini 
pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to’langan 
ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har 
oyda xarajatga hisobdan o’chirishi lozimligini tushuntirdi. O’zbekiston 
Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 9-moddasiga 
muvofiq korxonada sodir etilgan barcha xo’jalik muomalalari amalga 
oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo’lingandan so’ng tegishli dastlabki 
hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili 
auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, 
hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini 
tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan, «Xarajatlar tarkibi. . . . to’g’risidagi Nizom»ga 
muvofiq barcha xarajatlar ko’rib chiqiladi 
Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir xarajat 
guruhidagi iqtisodiy elementlarni tekshirib chiqishi lozim.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin