298
*
ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini
yuritishni;
*
xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik
hisob yozuvlarining bosh
daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga
oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash
usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga
olib borilish xususiyatiga
ko’ra muayyan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib
boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linadi.
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi
buyruqda belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida
mahsulot turlari o’rtasida taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib
taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq xususiyatidan
kelib chiqib mustaqil
aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi sifatida
quyidagilar qo’llaniladi:
*
asosiy ish haqi;
*
qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ)
xarajatlar;
*
mahsulot massasi va hajmi;
*
ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar;
*
qurilmalarning mashina-soatlar soni.
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda
qo’llanilayotgan
bilvosita
sarflarni
taqsimlash
usulining
to’g’riligini
tasdiqlashdan iborat.
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har
xil mahsulot ishlab
chiqaruvchi) korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan
holatlar auditorlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil
299
mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari sodir bo’ladi,
haqiqiy
moliyaviy natijalar yashiriladi.
Dostları ilə paylaş: