307
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli
ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari
bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li
bilan
aniqlaydi.
Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash
ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi:
-
hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning
qoldig’i hisobot davrida ishlab chiqarilgani va jo’natilgani
(sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha
tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik
xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi;
-
hisobot davrining boshiga va
ohiriga tayyor mahsulotning
haqiqiy
tannarxi
yoki
hisob
narxlari
(rejali,
me’yoriy)
tannarxi
bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi bo’yicha
hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va
oxiriga
qoldiq
bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor
mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi
ishlab chik-arish
bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari
bilan tasdiqlanadi;
-
haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisob narxlari
bo’yicha jo’natish va farqlarning algebraik summasi sifatida
aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz
darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Farqlarning
o’rtacha
foizi,
o’z
navbatida,
amaldagi
tannarx
bilan hisob narx o’rtasidagi farq hisob narxi bo’yicha
davr boshiga
tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan summasi
nisbati bilan aniqlanadi.
Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar
to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.
308
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki
hujjatlar va hisob
registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar
natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor
o’z ish hujjatlarida qayd etadi.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya
hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha"
yuritilishi;
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi;
-
hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z
vaqtida yuritilmasligi;
-
mahsulot sotilishini hisobda
aks etishda hisobvaraqlar
noto’g’ri korrespondentlanishi.
Dostları ilə paylaş: