Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   155
audit (3)

4. 
 
Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish 

№4-«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS ga muvofiq tugallanmagan 


ishlab chiqarish, ish va xizmat ko’rinishidagi korxona aktivlari ham tovar- 
moddiy zahiralar bo’lib hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarga ishlab chiqarish jarayonining barcha 
texnologik bosqichlaridan o’tmagan mahsulotlar hamda komplektlanmagan, 
sinovdan va texnik qabuldan o’tmagan buyumlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning turli usullari mavjud:haqiqiy 
o’lchov, donabay o’lchov, hajmini o’lchash, shartli qayta baholash. Ommaviy 
yoki seriyali ishlab chiqarishda hisobot davrining oxiriga tugallanmagan ishlab 
chiqarishlar qoldiqlari normativ yoki rejadagi ishlab chiqarish tannarxi (to’liq 
yoki to’liqmas) bo’yicha, bevosita xarajat moddalari bo’yicha, hamda xom-ashyo, 
materiallar va yarim fabrikatlar qiymati bo’yicha baholanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning ishonchliligi to’g’risida fikr 
shakllantirish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 
jarayonida quyidagi masalalarni o’rganish zarur: 
-
xarajatlar hisobini ahvoli; 
-
inventarizatsiya o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi; 
-
inventarizatsiya natijalarini aks ettirishning ishonchliligi; 
-
tugallanmagan ishlab chiqarishning texnologiyasi va belgilangan me’yorlariga 
(agar ular korxonda tasdiqlangan bo’lsa) rioya qilinishi va uni baholashning 
to’g’riligi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni inventarizatsiya qilish «Mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlar tarkibi hamda 


300 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va u asosida 
ishlab chiqilgan tarmoq yo’riqnomalarida belgilangan tartibga muvofiq ularning 
hajmi va haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadidan iborat.
Sanoat korxonalari qismida, masalan, quyidagilar zarur: 
-
mahsulotlar ishlab chiqarishi boshlangan (detallar, qismlar, agregatlar) va 
ishlab chiqarilishi va yig’ilishi tugatilmagan, ishlab chiqarishda bo’lgan 
haqiqatda borligini aniqlash; 
-
hisobga olinmagan yaroqsizini aniqlash; 
-
tugatilmagan ishlab chiqarishni haqiqiy jihozlanishi va qismlar bilan 
yig’ilishini ta’minlanganligini aniqlash; 
-
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldig’ini bekor qilingan buyurtmalar, 
shuningdek bajarilishi to’xtatib qo’yilgan buyurtmalar bo’yicha aniqlash; 
-
ishlab chiqarishda bo’lgan ishlab chiqarish boshlangan (detallar, qismlar, 
agregatlar) va mahsulotlar ishlab chiqarilishi va yig’ilishi tugatilmaganining 
haqiqiy qiymatini aniqlash.
Inventarizatsiyani boshlashdan oldin tsexlarga kerak bo’lmagan barcha 
materiallar, sotib olingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek 
mazkur bosqichda ishlov berilishi tugatilgan detallar, qismlar va agregatlar 
omborxonaga topshirilishi kerak.
Tsexlardagi boshlab qo’yilgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar va yarim 
tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to’g’ri aniqlash va qulay sanalishini 
ta’minlaydigan tartibga keltirilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlarni (detallar, qismlar, 
agregatlar) qoldigi haqiqatda sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan tekshirilib 
amalga oshiriladi.
Ro’yxatlar har bir tsex (uchastka, bo’linma) bo’yicha tugallanmagan ishlab 
chiqarishlar nomi, ularning tayyorlik darajasi, soni yoki hajmi, qurilish-montaj 
ishlari bo’yicha ish hajmi ko’rsatilib; tugallanmagan korxonalar, ularning 
navbatlari, ob’ektlar, ishga tushiriladigan majmualar, qaysiki ular bo’yicha hisob-
kitoblar ular to’liq tugatilgandan keyin oraliq to’lovlarsiz amalga oshiriladi; 


301 
konstruktiv elementlarning tugallanmagan qismlari va ishlarning turlari bo’yicha 
alohida tuziladi.
Ish joylarida qayta ishlanishi boshlanmagan xom ashyo, materiallar va sotib 
olingan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga 
kiritilmaydi, alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro’yxatlarda qayd 
qilinadi. To’liq yaroqsiz deb topilgan detallar ham tugallanmagan ishlab chiqarish 
tarkibiga kiritilmaydi.
Bir xil bo’lmagan massa yoki qorishmadan iborat bo’lgan tugallanmagan 
ishlab chiqarishlar bo’yicha (sanoatning tegishli tarmoqlarida) inventarizatsiya 
ro’yxatlarida, shuningdek, solishtirish vedomostlarida ikkita miqdoriy ko’rsatkich 
keltiriladi: ushbu massa yoki qorishma miqdori va uning tarkibiga kiruvchi xom 
ashyo miqdori yoki materiallar (alohida nomlari bo’yicha). Xom ashyo va 
materiallarning miqdori tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilangan tartibda texnik 
hisob-kitob bo’yicha aniqlanadi.
Tugallanmagan kapital qurilish soni va hajmi inventarizatsiya paytida uning 
haq to’langan qismini hamda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya 
dalolatnomalarida ob’ektning nomi va ushbu ob’ekt bo’yicha bajarilgan 
ishlarning, konstruktiv elementlarning, jihozlarning va h. k. har bir alohida turi 
bo’yicha ko’rsatiladi. Xususan, inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni 
tekshiradi.
-
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda 
montaji boshlanmagan uskunani hisobda turganligi yoki yo’qligi; 
-
qurilishi butkul to’xtatilgan yoki vaqtincha to’xtatilgan qurilish ob’ektlarining 
ahvoli.
Mazkur ob’ektlar bo’yicha, qisman, ularni butkul to’xtatilish sabablari va 
asoslarini aniqlash kerak.
Haqiqatda foydalanishga to’liq yoki qisman topshirilgan, qabul qilinishi va 
ishga tushirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi 
tugallanmagan 
ob’ektlarga 
alohida 
dalolatnomalar 
tuziladi. 
Alohida 
dalolatnomalar tugallangan, lekin nima uchundir foydalanishga topshirilmagan 


302 
ob’ektlarga ham tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda ko’rsatilgan ob’ektlar 
foydalanishga topshirilishini rasmiylashtirishning kechiktirilganlik sabablari 
ko’rsatiladi.
Balansdan chiqarilishi kerak bo’lgan qurilishi tugatilgan ob’ektlarga, 
shuningdek qurilishi amalga oshirilmagan ob’ektlar bo’yicha loyiha-izlanish 
ishlariga bajarilgan ishlar xususiyati va ularning qiymati to’g’risidagi 
ma’lumotlar qurilishning to’xtatilishi sabablari ko’rsatilib dalolatnomalar tuziladi.
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlar topshirilganligi 
to’g’risidagi dalolatnomalar, qurilish ob’ektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish 
jurnali va boshqa hujjatlardan foydalanish kerak bo’ladi.
Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik jihozlar va boshqa 
ob’ektlar qonunsiz kapital ta’mirlanganining inventarizatsiyasi bajarilgan ishlarni 
naturada tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tugallanmagan kapital ta’mirlash bo’yicha ta’mirlanayotgan ob’ektning 
nomi, bajarilgan ishlarning nomi va bajarilish foizi, bajarilgan ishlarning smeta 
bo’yicha va haqiqiy qiymati ko’rsatilgan dalolatnoma tuziladi.
Qishloq xo’jaligida tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshi-rish o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Amaliyot shuni ko’rsatmoqda-ki, ayrim hollarda qishloq 
xo’jalik korxonalarida mahsulotlar tan-narxini pasaytirib ko’rsatish maqsadida 
tugallangan ishlab chiqa-rishlarga taalluqli xarajatlarning bir qismi tannarxga olib 
bo-rilmasdan, tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga qo’shiladi. Bu 
birinchidan, mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda pasay-tirilishiga olib kelsa, 
ikkinchidan, moliyaviy hisobot ko’rsat-kichlarining buzib ko’rsatilishiga olib 
keladi. Shuning uchun audi-tor qishloq xo’jaligida tugallanmagan ishlab 
chiqarishni tekshi-rishda texnologik jarayonlarni, norma va normativlarni hamda 
haqiqiy xarajatlarni tasdiqlovchi barcha buxgalteriya hujjat-larini sinchiklab 
tekshirish lozim.
Auditorlik amaliyoti shuni ko’rsatmoqda-ki, tugallanmagan ishlab 
chiqarishni inventarizatsiya qilish ko’p hollarda o’lda-jo’lda, sifatsiz va 


303 
nomuntazam o’tkaziladi hamda uning natija-lari buxgalteriya hisobida to’liq, 
ayrim hollarda esa umuman aks ettirilmaydi.
Bunday holatlar mahsulotlar tannarxining asossiz oshib yoki sun’iy ravishda 
pasayib, moddiy boyliklar saqlanishi usti-dan nazoratning susayib ketishiga olib 
keladi.
Agar korxonaning xo’jalik faoliyati jarayonida oldin bosh-langan 
buyurtmalarni to’xtatib qo’yish hollari mavjud bo’lsa, audi-tor qolgan moddiy 
boyliklarning qanday ishlatilganligi, bekor qilingan buyurtmalarga doir 
yo’qotishlar qanday aniqlanganligi va buxgalteriya hisobida qanday aks 
ettirilganligini tekshirishi lozim. Ta’kidlash joizki, bekor qilingan ishlab chiqarish 
buyurt-malari bo’yicha xarajatlar realizatsiyadan tashqari sarflar qatoriga 
qo’shiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish yakunida aniq-langan xato-
kamchiliklarning jiddiyligi (katta-kichikligi) va ularning tegishli hisobot 
ko’rsatkichlari ishonchliligiga ta’siri haqida xulosa qilinadi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin